Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

Dars bo’yicha yakun: 
–darsning samaradorligi; 
–darsning qimmatli tomonlari va kamchiliklari; 
–o’qituvchiga takliflar. 
Bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat qilish darslari. 
O’quvchilarning 
olayotgan bilimlarini qanday o’zlashtirayotganini nazorat qilish bilan ular bu 
bilimlarni xotirasida qanchalik saqlab qolayotgani ustidan olib boriladigan, ya’ni 
joriy va kechiktiriladigan nazoratni farqlay bilish kerak. Unisi ham, bunisi ham 
yozma yoki og’zaki tarzda so’rov shaklida olib boriladi. Har qanday so’rovlardan 
esa umumiylik talab etiladi. Bizning maktablarimizda o’qitishning umumiy 
bo’lganligi uchun ham so’rovlar umumiy bo’lishi kerak. Shunisi ham borki, so’rov 
o’quvchini hamma narsani hamisha ham bilaverish zarurligi tushunchasidan xalos 
etadi.
Masalan, agar matematika o’qituvchisi atigi bir necha o’quvchidan 
uchburchaklar tengligining birinchi alomatlari isboti haqida so’rasa, ushbu savol 
bilan murojaat etgan o’quvchilar bemalol keyingi ikkinchi va uchinchi alomatlar
haqidagi savollarga javob berish uchun tayyorlanmasliklari mumkin. Buni shunday 
tushunish kerak: qayerda ehtimollik qonuni buzilsa, o’sha yerda qulaylik buziladi. 
Ya’ni, bola bugun undan kecha o’tilgan darsni so’rashadimi yoki yo’qmi, 
bilmaydi. Shu o’rinda bitta misol keltirib o’tsak, o’rinli bo’ladi. Shunday bir 
nuqtayi nazar bor – bola yashashga tayyorgarlik ko’radi. Boshqa tushuncha ham 
bor – bola yashayapti. Nima uchun uning hayoti kattalarga nisbatan noqulayroq 
bo’lishi kerakligi tushunarsiz bir holdir. Axir, katta yoshli odam ertalab ishga bora 
turib, bugun uni oldinda nima kutayotganini yaxshi biladi-ku. Bola esa o’zi uchun 
muhim bo’lgan narsani – bugun undan darsda o’tilganlarni so’rashadimi, yo’qmi, 
bilmaydi. Shuning uchun ham bunday so’rovlarda tizimli bilimlar haqida gap 
bo’lishi mumkin emas. 


79 
Bolaning yoshi qancha katta bo’lsa, shuncha ko’p nazariy materiallar 
uchraydiki, ularni yozma ravishda bayon etishning iloji yo’q, ularga faqat og’zaki 
ravishda atroflicha javob berish mumkin. Bunga 7-sinfdagi uchburchaklar tengligi 
belgilari misol bo’la oladi. Bunday holatda og’zaki so’rov o’tkazish kerak. Lekin 
bu so’rov umumiylashgan bo’lishi kerak. Bu ishni amalga oshirish uchun bir 
o’quvchi ikkinchi o’quvchi bilan so’rov o’tkazishini tashkil etish kerak. Joriy 
nazorat (yozma yoki og’zaki) kundalik ish jarayoniga tabiiy ravishda singdirilishi 
kerak. Chunki matematika kursi mantiqan juda to’g’ri tuzilgan, demak, ana shu 
mantiqqa asosan joriy nazorat tabiiy, uzluksiz xususiyatga ega.
Keyinga qoldirilgan nazorat, bu – boshqa masala. Uning maqsadi – butun 
kurs bo’yicha bilimni mustahkamlash. Buning uchun maxsus tashkil etilgan 
uzluksiz takrorlash talab etiladi.
Kursning katta mavzulari bo’yicha bilimlarni nazorat qilish yozma nazorat 
ishlari orqali amalga oshiriladi. Nazorat ishi matniga nafaqat amaliy masalalarni 
yyechishni, balki nazariy ahamiyatga ega savollarni ham kiritib to’g’ri qilishadi. 
Masalan, “Kvadrat ildizlar” mavzusidagi birinchi nazorat ishi topshiriqlari 
quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1) kvadrat ildiz aniqlovchisini kiriting. 
2) ikki son chiqarish orqali kvadrat ildizini isbotlab bering. 
Bu ikki topshiriqdan birinchisini boshqa variantlarda kvadrat ildizni kvadrat 
tenglamalari, kvadratni esa kvadrat ildizi teoremalari bilan almashtirish mumkin. 
Ikkinchi topshiriqni esa ildiz teoremasi bilan almashtirsa bo’ladi. 
Ko’plab o’qituvchilar matematika kursining katta mavzulari bo’yicha sinovlar
o’tkazishadi. Bunday sinovlarning metodikasi nazariy jihatdan ishlab chiqilmagan, 
shuning uchun ham har bir o’qituvchi bu ishni o’z bilganicha amalga oshiradi.
Matematika bo’yicha bilimni nazorat qilishning keng tarqalgan va zaruriy 
shakllaridan biri – nazorat ishi.
Nazorat ishi an’anaviy tarzda ikki variantda o’tkaziladi. Bu variantlar doskaga 
(xattaxtaga) yozib qo’yiladi. Ishlash paytida o’qituvchi u mustaqil yozilishini 


80 
nazorat qilib turadi. Har qanday muloqotning oldi olinadi. Shuni ham eslatib o’tish 
lozimki, bunday ishlashda xuddi futbol hakamlari kabi sariq va qizil 
kartochkalardan foydalanish qulaylik tug’diradi. O’quvchi tomonidan tartib 
birinchi bor buzilganda uning ismi doskaga (xattaxtaga) yozib qo’yiladi, ikkinchi 
bor shunday qilsa, nomi doskadan o’chiriladi, uchinchi bor tartibni buzsa, nazorat 
ishi uning qo’lidan olib qo’yiladi. 
Nazorat ishi bir necha variantda o’tkazilsa, yaxshi bo’ladi. Buning uchun esa 
o’quvchining nafaqat yonida, balki oldi va orqasida ham shu variantni 
ishlayotganda hech kim bo’lmasligi kerak. (Bu yerda gap to’liq sinf haqida 
borayapti, agar sinfda bor-yo’g’i yetti kishi bo’lsa, xona kengligi yetarlicha hajmda 
bo’lsa, bitta variantli nazorat ishini qo’llasa ham bo’ladi). Agar variantlar soni 
to’rtta bo’lsa, yanayam yaxshi. Lekin shunday o’qituvchilar ham borki, ular 
variantlar soni yanada ko’proq – o’nta, hatto, sinfdagi bolalar soniga teng 
bo’lishini istashadi. Lekin bunday xilma-xillik ishni tekshirish va natijalarni tahlil 
qilishni qiyinlatirib qo’yadi. 
Yozib bo’lingan ishni o’qituvchi yig’ib olishi va sinchkovlik bilan tekshirib 
chiqishi kerak. Bu ishni qanday amalga oshirish to’g’risida turlicha fikrlar mavjud. 
Ba’zilar tekshirilayotgan ishdagi barcha xatolarni qizil qalam bilan tuzatib chiqish 
kerak deb hisoblashadi. Boshqalar esa xatolarni tuzatish emas, tagiga chizib 
chiqish kerak, deb hisoblaydi. Bunday fikrlovchilarning ta’kidlshicha, kam 
hisoblash va noto’g’ri yozuvlar tagiga – to’lqinli, oddiy xatolar tagiga – to’g’ri, 
qo’pol xatolar tagiga esa – ikki chiziq tortish lozim. Fikr bildiruvchilarning 
uchinchi toifasi esa, umuman, hech qanday chiziq tortmaslikni, xatolarni 
tuzatmaslikni, buning o’rniga daftar hoshiyasiga masalaning har biri to’g’risida 
yechilgan yoki yechilmaganligini (chunki o’quvchi xatolarni o’zi to’g’rilashi 
lozim, agar uddalay olmasa o’qituvchiga murojaat qilishi kerak) qayd etish kifoya 
deb hisoblashadi.
Shunday qilib, nazorat ishi yozildi va tekshirib chiqildi. Ishni eplolmaganlarni 
nima qilish kerak? Bunday holatda hammasi “omadsizlar” soni nechta ekanligiga 


81 
bog’liq. Agar kam sonli bo’lsa, ular bilan qo’shimcha (qo’shimcha mashg’ulot 
o’tkazish yoki qo’shimcha uy vazifasi berish) ish olib borish kerak. Agar ular 
ko’pchilik bo’lsa, unda keyingi darsda barcha o’quvchilarni variantlariga qarab 
guruhlarga bo’lgan holda (buning uchun stollarni surib qo’yish mumkin) o’tqizib 
chiqing. Har bir guruhda bittadan topshiriqni yaxshi bajargan (agar bunday 
o’quvchilar bo’lmasa, nazorat ishi boy berilgan deb hisoblanadi, sinfda avval 
o’rganilgan butun materialni o’rganishni qayta takrorlashga to’g’ri keladi) 
o’quvchi bo’lishi kerak. Ana shu kuchli o’quvchi ishni o’z guruhidagi barcha 
bolalar boshqatdan oqqa ko’chirishini ta’minlaydi. Ish bajarilgach, yig’ib olinadi 
va kuchli o’quvchilar (bu o’quvchilar “begona” guruhlardagi o’quvchilar ishini 
tekshirishga jalb etilishi ham mumkin) yoki o’qituvchi tomonidan tekshirib 
chiqiladi. Agar tekshirish natijasi hamma o’quvchilar hamma narsani tushunganini 
ko’rsatsa, almashtirilgan variantdagi ishlar qayta ko’chirib chiqiladi. Nazorat 
ishlari topshiriqlarini tuzishdagi muhim muammo, bu – variantlardagi qiyinlik 
darajasini solishtirib ko’rishdir. Bu borada ham har xil fikrlar mavjud. Variantlar 
har xil qiyinchiliklarda bo’lishi kerak deguvchi mutaxassislar ham bor. Ularning 
ba’zilari bajarilgan ishga qiyinchiliklarni inobatga olmagan holda “besh” baho 
qo’yish kerak, deguvchilar ham bor. Yana boshqalari esa, o’quvchi oson yoki qiyin 
variantni yozib olganiga qarab, baholash ishlari olib borilishi kerak, deb 
hisoblaydilar. Bundan tashqari qanday baho olishni istagan holda o’quvchining 
o’zi qaysi variantni tanlaganiga qarab baholash lozim, deb hisoblovchi 
mutaxassislar ham bor. Biz esa har qanday holatda ham o’quvchi ishdan bo’yin 
tovlamay, o’zini namoyon etishi uchun imkon berish kerak, deb hisoblaymiz. 
Shuning uchun ham biz barcha variantlarda o’sib boruvchi (“qiyinlik zinachasi”) 
qiyinchilik bir xil bo’lishini tavsiya etamiz. Mayli, kim nimaga qodir bo’lsa, ya’ni 
har bir o’quvchi bugungi kundagi bilimi imkon beradigan darajagacha topshiriqni 
yechsin, nimaga qodirligini ko’rsatsin. 
Ba’zi bir mavzular borki, ular bo’yicha (ayniqsa, geometriyada ko’p) 
qiyinchiligi bir xil bo’lgan variantlar tuzish og’ir, chunki bunday mavzulardagi 


82 
masalalarning har biri o’z qiyofasiga ega, shuning uchun ham ular qanday 
yechilishini tekshirib ko’rging keladi. Bu boradagi nazorat ishlari alohida metod 
asosida tuzib chiqish lozimligini maslahat beramiz. O’qituvchi kartochkalarga 
topshiriqlarni (topshiriq matni yoki uning darslik bo’yicha raqamini) yozadi va 
o’quvchilarga taxlam ichidan bittasini tanlab olishni taklif etadi. Olingan har bir 
topshiriq shu o’quvchi nomiga yozib qo’yiladi. O’quvchi bu topshiriqni yo 
bajaradi, yoki uni ishlashni rad etadi, har ikkala sharoitda ham bola keyingi 
kartochkani oladi v.h. Ish tugagandan so’ng o’qituvchi qo’lida o’quvchilarning har 
biri olgan topshiriqlar ro’yxati, shuningdek, barcha topshiriqlar bajarilgan yoki 
hammasi bajarilmagan nazorat ishlari jamlanadi. Bu topshiriqlarni qo’shimcha 
ravishda qayta saralab chiqish mumkin. Masalan, masalalarning bir qismi avval 
sinfda yechilgan bo’lsa, bu masalalarni alohida rangli yoki alohida o’lchamli 
kartochkalarga kiritiladi hamda har bir o’quvchiga navbati bilan u yoki bu 
ko’rinishdagi kartochka beriladi. Bunday usulda ishlash bolalarga juda yoqadi, 
lekin u tekshirishda qiyinchilik tug’diradi. 
Ta’kidlash zarurki, intensiv o’qitish usulida nazorat ishlarini tez-tez 
o’tkazmaslik kerak. Ularni faqat yirik bo’limlar bo’yicha yiliga 5 marta 
o’tkazishning o’zi yetarli bo’ladi. Har bir nazorat ishi uchun 2-3 soat ajratilsa, 
foydali bo’ldi. Chunki nazorat ishini bajarish uchun 1-2 soat sarflansa, yana 1-2 
soat (nazorat ishi arafasida va undan keyingi kun) – uni tayyorlash va natijalarni 
tekshirishga sarflanadi. 

Download 3,86 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish