• Qisqa tahlil
  • O’z-o’zini tahlil
  • Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/120
    Sana04.06.2024
    Hajmi3,86 Mb.
    #259909
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

    Kompleks tahlil
    – bu har tomonlama, ya’ni darsni maqsad, o’qitish 
    mazmuni, o’qitish vositalari usullari, dars paytidagi foliyatni tashkil etish va 
    darsning tuzlimaviy elementlarini qamrab olish imkonini beradigan tahlil.
    Tizimli tahlil
    – bu dars tuzilishini qurishda, dars maqsadini amalga 
    oshirishda darsning ma’lum bir bosqichi asoslanganligi zarurligi nuqtayi nazaridan 
    qaragan holda amalga oshiriladigan tahlil. Chunki bu holatda darsning har bir 
    bosqichi alohida tahlil qilinadi, bu bosqich umumiy o’quv mashg’ulotida nechog’li 
    foydali va ahamiyatli ekanligi ko’rib chiqiladi.
    Qisqa tahlil
    – bu darsning asosiy maqsadini amalga oshirishda ishtirok 
    etadigan barcha komponentlari ishini, ya’ni shaklning mosligi, vositalar, dars 
    mazmuni, dars maqsadini aniqlab beradigan tahlil.
    Aspektli tahlil
    – bu darsni chuqur tarzda bitta yo’nalishda, asosda, aspektda 
    chuqur tahlil qilishdir. Ulardan ba’zi birlarini alohida ko’rsatib o’tamiz:
    –darsning maqsadini amalga oshirish (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi 
    maqsad); 
    –dars matematik mazmunining ilmiylik darajasi; 
    –darsning umumiy tuzilishi tahlili; 
    –dars paytida qo’llaniladigan o’qitish usullari; 
    –o’quvchilarning o’qish uquvi hamda ko’nikmalarini shakllantirish; 
    –O’quv materialini taqdim etishning hissiyotliligi; 
    –o’quv materialining mazmun va dastur talablariga mosligi v. b. 
    Shuningdek, darsning psixologik, etik, gigiyenik va boshqa aspektlarini ham 
    alohida ajratib ko’rsatish mumkin. 
    O’z-o’zini tahlil 
    – o’qituvchi tomonidan o’qitishning butun tizimini qurish 
    maqsadida darsni bo’laklarga bo’lib chiqishi va shu asosda optimal sharoitlarda 
    optimal natijalarga erishuvi. 
    Darsni o’z-o’zini tahlil qilish usuli asosida ko’rib chiqar ekan, har bir 
    o’qituvchi quyidagi savollarga javob topishi kerak: 
    1.Darsning o’quv kursidagi o’rni izohi. 


    76 
    2.Dars qaysi turga kiradi?
    3.Darsda qanday maqsad va vazifalar yechildi? 
    4.Dars tuzilishiga asos bo’lgan motivlar. 
    5.Dars paytida vaqt qanday taqsimlandi? 
    6.O’quv materialining bazaviy mazmuni. 
    7.Dars maqsadi bilan o’qitish shakli o’rtasida qanday bog’lanish bor? 
    8.Nima uchun o’qitishning aynan shu usullari tanlandi? 
    9.O’quvchilarga differensial yondashuv qanday amalga oshirildi? 
    10.Bilim nazorati qanday usul va shakllarda amalga oshirildi? 
    11.O’qitishning qanday vositalaridan foydalanildi? 
    12.O’quvchilarning yuqori darajada ishchanligiga nimaning evaziga erishildi? 
    13.Darsda qo’yilgan barcha vazifalar amalga oshirildimi? 
    14.Darsning intensivligi va samaradorligi qanday bo’ldi? 
    Darslarni tahlil qilishni bilishga o’rgatish matematika o’qituvchisini uslubiy 
    jihatdan tayyorlashning muhim tarkibiy qismi sanaladi. O’quv adabiyotlarida, 
    didaktikada, matematikaga o’qitish metodikasida darsni tahlil qilishning har xil 
    variantlari mavjud. 
    Dars tahlilining har qanday turi uning matematik tahlili bilan yaqin 
    bog’liqlikda bo’lishi kerak. 
    Dars tahlili bo’yicha yana bitta tizimni misol tariqasida keltirib o’tamiz. 
    1.

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish