Masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

Masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar.
Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon yoki hodisalarning holati haqidagi 
yangi ma’lumotlarni olishda ma’lumotlarni yig‘ish usullari, ma’lumotlarni 
yetkazib berishdan va vositalar majmuyidan foydalanish jarayonidir. Axborot 
texnologiyalari ta’limiy mahsulot va xizmatlarini tashkil etishda dastgoh 
hisoblanadi. 
Ta’limiy mahsulot – ta’lim jarayoniga tatbiq qilish uchun ifodalangan 
ma’lumotlar majmuidir. 
Zamonaviy 
axborot 
texnologiyasi 
– 
shaxsiy 
kompyuter 
va 
telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi axborot texnologiyasidir. 
Jamiyatni axborotlashtirish – fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini va 
ularning huquqlarini amalga oshirishni qanoatlantirishdagi maqbul shartlarni
davlat va hokimiyat, mahalliy va o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, axborot 
resurslaridan foydalanish va ularni shakllantirish asosida jamoat birlashmalarini 
tashkil etishni yaratishning tashkillashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik 
jarayonidir. 
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish - jamiyatni axborotlashtirishning muhim 
elementlaridan biri hisoblanadi. Ta’limni axborotlashtirish quyidagi qulayliklarga 
ega: 
– jamiyatning har bir a’zosi haqidagi ma’lumot va bilimlarni olishga yo‘l 
ochib beradi; 
– shaxsning intellektual va ijodiy qulayliklarini rivojlantiradi; 
–jamiyatning har bir a’zosi faollik bilan malakasini oshirib, faoliyat fazasini 
tezkor o‘zgartiradi; 
– matematika darslarida masofaviy o‘qitish yordamida ta’lim samarasini 
oshirishni ta’minlaydi. 


97 
Ta’lim mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish uchun quyidagi axborot 
texnologiyalari qo‘llaniladi: 
guruhlash, turlash, hisoblash, ma’lumotlarni agregatlash uchun ularni 
qayta ishlash axborot texnologiyalari ; 
– matematika darslarida masofaviy o‘qitish qatnashchilarining axborot 
talablarini qondirish uchun boshqaruv axborot texnologiyalari; 
– fanlar bo‘yicha ekspertlar mahsulotlarini matematika darslarida masofaviy 
o‘qitishning foydalanuvchilar tomonidan olish imkoniyatini beruvchi ekspert 
tizimlarining axborot texnologiyalari. 
Matematika darslarida masofaviy o‘qitish usulidan foydalanishning 
kamchiligi o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi bevosita muloqot va psixologik 
birlikning chegaralanganligidir. 

Download 3,86 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar

Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish