Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

Elektron darsliklar. 
Zamonamiz jamiyatni axborotlashtirishning yuqori 
darajasi bilan ham o‘ziga xosdir. Axborot texnologiyalari hayotimizning barcha 
sohalari qatorida ta’lim jarayoniga ham keng joriy etilib borilmoqda. Oliy ta’lim 
jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi yangi innovatsion vositalardan 
foydalanish imkonini beradi. Bu esa yangi imkoniyat hamda jarayonlarning yuzaga 
kelishiga sabab bo‘ladi. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish — bu ta’lim 
jarayonlarini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim sifatining 
oshishida namoyon bo‘ladi hamda talabalarda ta’lim olishga intilishlarining 
kuchayishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Axborot texnologiyalari tushunchasi 
mazmun-mohiyati bilan: «Turli predmet, obyektlar va hodisalar haqida axborot 
to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, saqlash, tarqatish hamda foydalanish uchun 
yangi zamonaviy usul va mexanizmdir». 
Zamonaviy ta’lim yuqori darajada axborotga boyligi bilan ajralib turadi. Oliy 
ta’lim 
muassasalaridagi 
ta’lim 
jarayonida 
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanishning dolzarbligi aynan shu jihatga asoslangan. Ta’limda yangi o‘qitish 
usullaridan foydalanish zarurati ajoyib imkoniyatlarni taqdim etuvchi elektron 
nashrlar yaratilishiga sabab bo‘ldi. Elektron darslik o‘zida nazariy axborot va 


98 
amaliy topshiriqlarni, foto va audiomateriallarini jamlaydi. Elektron darslik — bu 
talabalarda o‘zlashtirishi uchun hamda ko‘nikma va malakalar orttirishida zarur 
bo‘lgan bilimlar bayon etilgan o‘quv nashrini elektron shaklda taqdim etuvchi, 
tuzilmaviy hamda tizimli materialga ega bo‘lgan vositadir. Unda o‘quv materiali 
mantiqiy bayon etilishi, yuqori darajada texnik jihozlanishi hamda badiiy jihatdan 
bezatilganligi bilan o‘ziga xosdir. Elektron darslik qog‘ozli darslikka nisbatan 
quyidagi qator afzalliklarga ega: 
– foydalanishda oddiyligi va qulayligi; 
– elektron darslik resurslarini yangilab borish imkoniyatining mavjudligi; 
– ta’lim jarayonini avtomatlashtirish va ta’lim xizmatlarini taqdim etish 
tezligini oshirish; 
– axborotlarning to‘liqligidan iborat. 
Ta’limda elektron darslik kabi innovatsion texnologiyadan foydalanish, 
elektron darslikning ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, elektron darslik yangi axborot 
texnologiyalari vositasi sifatidagi mavzularda quyidagi olimlar: A. A. Kuznetsov, 
A. A. Grechixin, T. M. Lepsova, E. S. Polat, V. A. Vul, V. M. Gasov, A. M. 
Siganenko, V. N. Ageyev, M. M. Subbotin, Yu. M. Sivenkov, E. Yu. Semenov va 
boshqalar (Chervyakova Ya. I., Chibisova O. V. Elektron darslik yangi axborot 
texnologiyalari vositasi sifatida//Eksperimental ta’lim xalqaro jurnali — 2010. 4-
son) ilmiy izlanishlar olib borganlar. 
Elektron darslik yaratish o‘quv materialini yanada chuqurlashtirib o‘rganish 
va uni kelgusida amaliy faoliyatda qo‘llash zarurati bilan bog‘liq. Elektron darslik 
ustida o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlash talabalarga mustaqil ishlash va o‘zini 
namoyon etish, tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi, talabaga 
bo‘lajak mutaxassislik bo‘yicha salohiyatli shaxs bo‘lishiga imkon beradi. Bu 
talabalar shaxsini takomillashtirish, ijodiy tafakkuri va qobiliyatini shakllantirishni 


99 
ta’minlovchi optimal sharoit yaratadi. Axborot jamiyati sharoitlarida ta’lim 
sohasida rivojlanishning zamonaviy odimlari, masalan, talabalar mustaqil ishlari 
sonining o‘sib borishi, innovatsion texnologiyalardan foydalanish talabalardan 
muntazam ravishda, bilimlari sifati va darajasini oshirishni talab etadi. Ta’lim 
jarayoni uchun o‘quv materialini talabalar ishtirokida tayyorlash — talabalarning 
ilmiy faoliyatining boshlang‘ich bosqichida ularning tashabbuskorligi va 
mustaqilligini, o‘z bilimi doirasini kengaytirishda mas’uliyatliligini oshirish, ilmiy 
izlanish ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirish yo‘lidagi yordam beruvchi 
muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘z oldimizga 
talabalar ishtirokida namunaviy elektron darslik yaratish loyihasini amalga oshirish 
vazifasini qo‘ydik. 
Elektron darslik ustida olib boriladigan ishlar bir necha bosqichdan iborat. 
Birinchi navbatda, uning rejasini tuzish masalasi turadi, unda talabalar 
mutaxassisligining o‘ziga xosligi nazarda tutiladi. Reja quyidagilardan iborat 
bo‘lishi shart: 
– loyiha asosida maqsad va vazifalarni belgilash; 
– axborot manbalarini aniqlash; 
– amalga oshirish muddatlarini belgilash. 
Loyihani amalga oshirishdan maqsad — talabalar seminar, sinov va 
imtihonlarga tayyorlanishida foydalanadigan qulay elektron ko‘rinishda o‘quv 
qo‘llanmasini yaratishdan iborat. Maqsad quyidagi vazifalar bilan yanada 
aniqlashtiriladi: talabalar lug‘at boyligini oshirish; dunyoqarashni kengaytirish; 
kommunikatsion 
malakalarni 
rivojlantirish; 
kasbiy-mutaxassislik 
bilimlari 
darajasini oshirish va boshqalar. Elektron darslikni ishlab chiqish va nashr etishda 
asosiy bosqich turli manbalardan axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish hisoblanadi. 
Darslikni yaratishda uning bo‘limlariga chet el mualliflarining maqolalari, davriy 


100 
matbuot va elektron resurslar materiallari ham kiritilishi zarur. Elektron 
darslikning asosiy tarkibiy qismi maxsus kompyuter dasturi yordamida talabalar 
tomonidan yaratilgan audioyozuvlar bo‘lib hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, elektron darslik shunchaki yozma materiallar 
jamlanmasigina emas, balki audio-qo‘llanma bo‘lib ham hisoblanadi, eshitish va 
vizual foydalanish uchun taqdim etishga mo‘ljallangan axborot majmuasidir. 
Elektron darslikdan mustaqil foydalanish yoki ta’lim jarayonida talabalarga 
axborot muhitida yo‘nalishni, qandaydir muammolar yechimini aniq topish 
imkonini beradi. Talabalarni zamonaviy ta’lim metodlaridan, aynan — elektron 
darslikdan foydalanib o‘qitish, ta’lim sifatini oshiradi, axborot olish jarayonini 
qisqartiradi hamda ularni ijodiy kamolotga yetaklaydi. 

Download 3,86 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish