O‘qituvchilarning yangi vazifalari




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

O‘qituvchilarning yangi vazifalari
. Matematika darslarida masofaviy 
o‘qitish o‘qituvchining vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi. O‘qitilayotgan 
kurslarni doimo takomillashtirish, ijodiy faolligini va malakasini oshirish, 
kiritilgan yangilik va innovatsiyalarga mos bilim jarayonini muvofiqlashtirishi 
zarur. 
Matematika darslarida masofaviy o‘qitish talabaga ijobiy ta’sir etadi. O‘zini 
o‘zi tashkil etishda, bilim olishga intilishda, kompyuter texnikasi bilan o‘zaro 
ishlash va mustaqil mas’uliyatli vazifalarni hal qilishda uni ijodiy va tafakkur 
salohiyatini o‘stiradi. Matematika darslarida masofaviy o‘qitish sifati kunduzgi 
ta’lim olish tartibidan sifat jihatidan qolishmaydi. Matematika darslarida
masofaviy o‘qitish quyidagi ijtimoiy ahamiyatli masalalarni yyechishga ta’sir 
etishi lozim; 
–ta’lim xizmatlarida aholining ehtiyojini amalga oshirish; 
– sifatli tayyorlangan mutaxassislar bilan davlat ehtiyojlarini qondirish; 
– aholining ijtimoiy va kasbiy mahoratini oshirish; 
– tadbirkorlik va ijtimoiy faolligi, o‘zligini anglashi, tevarak-atrof
to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytirish; 


91 
– davlatimizning oliy maktablarida yig‘ilgan bilimlar hamda kadrlarning 
moddiy salohiyatini saqlash va ko‘paytirish; 
– Rossiya, MDH, Butunjahon Hamjamiyati chegarasida ta’lim fazasining har 
bir nuqtasida nostrifikatsiyalangan ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashni o‘z 
ichiga olgan yaxlit ta’lim fazosini rivojlantirish; 
– geosiyosiy masalalarni yyechish. 
Matematika darslarida masofaviy o‘qitishning asosiy vazifalarlari 
quyidagilardan iborat:
 O‘qitish mazmuni.
O‘qitish jarayoni, usullari va tashkiliy tartibini amalga 
oshirish uning tarkibi bilan ifodalanadi. Bu o‘quv axborotning tarkibi, tuzilishi va 
ma’lumoti hamda masalalar, topshiriqlar va mashg‘ulotlar to‘plami, ular kasbiy 
malaka va idroklarni shakllantiradi, mehnat faoliyatining dastlabki tajribasini 
yig‘ishga imkon beradi. 
O‘qitish obyekti.
Matematika darslarida masofaviy o‘qitish ta’lim 
xizmatlaridan foydalanuvchi ushbu usulda ta’lim oluvchilar obyekti bo‘ladi. 
O‘qitish subyekti
. Matematika darslarida masofaviy o‘qitish subyekti 
o‘qituvchilar hisoblanadi. O‘qituvchi ta’lim jarayonining yuqori samarasini 
ta’minlashda asosiy bo‘g‘indir. Matematika darslarida masofaviy o‘qitish
o‘qituvchi faoliyatining muhim sohasi bo‘lib hisoblanadi.
 O‘qitish usullari
. Matematika darslarida masofaviy o‘qitish tartibi o‘z 
ichiga beshta umumdidaktik o‘qitish usullarini qamrab oladi: axborot-retseptiv, 
reproduktiv-muammoviy ifoda etish, evristik va tadqiqot. Ular o‘qituvchi va 
o‘quvchi-talabalarning o‘zaro harakat pedagogik aktlarining butun to‘plamlarini 
o‘z ichiga qamrab oladi. 
O‘qitish vositalari
. Matematika darslarida masofaviy o‘qitish ta’limi 
jarayonida an’anaviy ta’lim bilan birga innovatsion o‘qitish vositalaridan ham 
foydalaniladi. Ular kompyuter texnikasi, telekommunikatsiyani qo‘llashga, hamda 
ta’minot texnologiyasi sohasida so‘nggi erishilgan natijalarga asoslangan. 


92 
O‘quv-ilmiy moddiy asosi
. O‘quv dasturlariga mos bo‘lgan, o‘qitish uchun 
zarur moddiy va texnikaviy to‘plam. U o‘z ichiga o‘quv va o‘quv yordamchi 
joylarni, o‘qitish texnika vositalari, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy 
materiallarni oladi. 
Moliyaviy-iqtisodiy tizim
. Ta’limda bozor munosabatlari qatnashchilari 
sifatida faqat ta’lim muassasalari va ta’lim xizmati buyurtmachilari bo‘lib 
kelmasdan, balki davlat ham buyurtmachi va iste’molchi bo‘ladi. 
Matematika darslarida masofaviy o‘qitishning tashkiliy asoslari

Matematika darslarida masofaviy o‘qitish texnologiyasidan foydalanuvchi o‘quv 
tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish, umumiy tashkillashtirishning o‘ziga xosligini 
ochib beradi: 
– uzluksiz ta’lim; 
– o‘quv jarayonining olib borilishiga individual yondashish; 
– geografik joylashishi uzoq bo‘lgan o‘quv muassasalarini yetakchi oliy 
o‘quv yurtlari bazasi markazida matematika darslarida masofaviy o‘qitish ni 
markazlashtirish; 
– tinglovchilar yo‘nalishiga ko‘ra o‘qituvchi (pedagog)-maslahatchilarning 
mavjudligi. 

Download 3,86 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish