Masofaviy ta’limning afzalliklari va kamchiliklari




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

Masofaviy ta’limning afzalliklari va kamchiliklari.
Matematika darslarida masofaviy o‘qitishning qulayligi
.
Kelgusida maqsadga 
muvofiq ravishda laboratoriya amaliyotlarini o‘tkazishni qisqartirish mumkin. 
Matematika darslarida masofaviy o‘qitish nazorati. Bu o‘rganilayotgan 
o‘quv materiallarini nazariy o‘zlashtirish natijalarini tekshirishdan iborat. Matn 
haqiqatdan ham fan bo‘yicha juda ko‘p savollardan tashkil topgan bo‘lishi kerak 
hamda har bir savol uchun bir nechta javob variantlari taklif etiladi. Talaba ular 
orasidan to‘g‘ri javobni tanlashi lozim. Testlar o‘z-o‘zini tekshirishga yaxshi 
mo‘ljallangan va individual mashg‘ulotlar uchun juda qulay. 
Matematika darslarida masofaviy o‘qitish qatnashchilari ya’ni, 
tinglovchilar, o‘quvchi-talabalar va o‘qituvchilar yetarli darajada tayyor bo‘lishlari, 


93 
ya’ni matematika darslarida masofaviy o‘qitishni o‘rganish usullaridan, 
vositalaridan va tashkiliy shakllaridan foydalana bilishlari kerak. Shuning uchun 
ham fundamental inshakltika tabiiy-ilmiy fan sifatida matematika darslarida
masofaviy o‘qitish ning ajralmas qismi bo‘lishi shart.
Oliy ta’lim sohasidagi o‘qitish usullari zamonaviy axborot vositalari bilan 
boyitilishi natijasida ta’lim sifatining yanada ortishi kutilmoqda. Bu borada 
matematika darslarida masofaviy o‘qitish usuli o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalar 
uchun ham qator qulayliklarga egaligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Internet, 
multimedia kabi texnologik usullar o‘quvchi-talabalar uchun zarur bo‘lgan o‘quv 
materiallari, qo‘llanmalar asosida kompyuter dasturlari ishlab chiqish vazifasini 
qo‘ymoqda. Zero, matematika darslarida masofaviy o‘qitish har qanday sohada 
ham jahon ta’lim markazlarining uslubiy adabiyotlari, zamonaviy hamda so‘nggi 
axborotlarni olish, jamlab foydalanish imkoniyatlarini beradi. 
Matematika darslarida masofaviy o‘qitish usuli an’anaviy ta’lim shakllaridan 
farq qiladi. U o‘quvchi-talabalarni o‘ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o‘qitish 
imkonini beradi. O‘quv kursiga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy va guruh talabi 
asosida o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. O‘qitish jarayonida o‘quvchi-talabalarga 
ilmiy axborot va ma’lumotlar bo‘yicha markazlashgan tarmoq orqali o‘zaro 
axborot almashinuvini joriy etish mumkin. O‘quv maydonlari, texnik va transport 
vositalaridan samarali foydalanish, ma’lumotlarni yig‘ib, bir tizimga solingan 
holda ifodalab berilishi va mutaxassislarni qayta tayyorlashda ham xarajatlarni 
kamaytirishga erishishi kutilmoqda. Ta’lim-tarbiya berish jarayonida eng 
zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va texnologiyalardan foydalaniladi.
Masofaviy ta’lim o‘qituvchi mutaxassislarning ham vaqtini tejab, imkoniyati 
darajasidan kelib chiqqan holda moddiy manfaatdorligini oshirish bilan mustaqil 
ta’lim olish uchun keng sharoit yaratib beradi. Ta’lim sohasida erishilayotgan 
yutuqlarning jahon ta’lim tizimi doirasida almashinuvini tashkil etish, bu sohadagi 
yutuqlarni qo‘lga kiritishni ta’minlashi shubhasizdir. 


94 
Matematika 
darslarida 
masofaviy o‘qitish usuli mutaxassis 
o‘qituvchilarning oldiga yangidan yangi dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Chunki, 
o‘quv materiallarini to‘ldirib borish, ijodiy yondashuv hamda yangiliklar bilan 
malakasini oshirishlari va bu ko‘rsatkichlarni jahon ilmi yutuqlari bilan 
muvofiqlashtirib borishlari talab etilmoqda. Bu o‘qitish usuli ta’lim talabiga asosan 
o‘quvchi-talabaning o‘z ustida ishlashini tashkil etish, ko‘proq bilim olishga 
intilishi, kompyuter bilan mustaqil ishlash va olgan bilimlaridan ijodiy 
foydalanishini ta’minlaydi hamda olingan bilimlar maxsus o‘quv-uslubiy nashrlar, 
testlar bilan tekshirilib, to‘ldirilishi mumkin. 
Axborot texnologiyalarning keng miqyosda joriy etilishi bilan matematika 
darslarida masofaviy o‘qitishni bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni 
yyechishda ham joriy etish mumkin. Ta’lim sohasiga bo‘lgan fuqarolarning 
ehtiyojlarini qondirishda qulayliklar yaratish bilan respublikamizning malakali 
mutaxassislarga bo‘lgan talabi ham qondiriladi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy 
va kasbiy faolliklarini oshirishga erishish mumkin. Xususiy tadbirkorlik bilan 
mashg‘ul shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning 
dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi. Bu esa oliy ta’lim tizimida yig‘ilgan 
ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida yurtimizning iqtisodiy 
salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish vazifasini 
qo‘ymoqda.
Masofaviy ta’lim berish usuli respublikamiz sarhadlarini bosib o‘tib, MDH 
va jahon miqyosidagi yirik ta’lim markazlari bilan muloqotda bo‘lib, ta’lim 
olishning yangi zamonaviy yaxlit ta’lim imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. 
Matematika darslarida masofaviy o‘qitish geografik jihatdan uzoqda 
joylashgan maktablar va akademik ta’lim uchun mo‘ljallangan edi. Lekin, 
zamonaviy axborotlar va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi 
ta’lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo‘l ochib berdi. 
Natijada matematika darslarida masofaviy o‘qitish uslubi asosida o‘qitish tez vaqt 
ichida Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qitishda yangi uslublarni qo‘llashga 


95 
yana bir turtki bo‘ldi. Matematika darslarida masofaviy o‘qitish bo‘yicha Xalqaro 
Kengashning tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda jahon miqyosida 10 
milliondan ortiq talaba shu uslub asosida ta’lim olishmoqda. AQShda shu uslub 
asosida o‘qitish maqsadida yangi o‘quv markazlari barpo etilmoqda hamda ular 
milliy kadrlarni zamon talablari asosida tayyorlash va qayta tayyorlash 
afzalliklariga egadir. 
Matematika darslarida masofaviy o‘qitishning quyidagi afzalliklari mavjud: 
1.O‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida o‘qituvchi
ilm beradi, o‘quvchi- talabalar esa faqat berilgan materialni o‘qiydilar. Taklif 
qilinayotgan matematika darslarida masofaviy o‘qitish asosida esa o‘quvchi-
talabalarning o‘zlari kompyuter axborotlar bankidan kerak bo‘lgan ma’lumotlarni 
qidirib topadi va o‘zlarining tajribalarini boshqalar bilan yaxshi muloqotda 
bo‘lishini ta’minlaydi hamda o‘z o‘rnida mehnat ta’limi olishini rag‘batlantiradi. 
2. Mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Matematika darslarida
masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish boshlang‘ich, o‘rta, oliy va malaka 
oshirish bosqichlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Tayyorgarligi turli darajada bo‘lgan 
inspektorlar o‘zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari va o‘zining 
darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin. 
3. Ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Matematika darslarida masofaviy o‘qitish
asosida ta’lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab 
chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratib beradi. Bunday uslub asosida o‘qitish kadrlarni tayyorlashda 
muhim o‘rin tutadi. 
4. O‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma’lumotlar 
shuni ko‘rsatadiki, matematika darslarida masofaviy o‘qitish asosida ta’lim 
berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, 
matematika darslarida masofaviy o‘qitish asosida ta’lim olish Oliy o‘quv yurti 
tomonidan qo‘yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim 
olayotgan o‘quvchi-talabalarning boshqalardan ustunligi ularning eng yaxshi, 


96 
sifatli materiallar va o‘qituvchilar bilan ta’minlanishidadir. Ta’lim berish va 
boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda o‘qituvchi auditoriyada o‘qitish 
shartlaridan holi bo‘lishi kerak. 

Download 3,86 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masofaviy ta’limning afzalliklari va kamchiliklari

Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish