Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

 



SO’Z BOSHI 
Mamlakatimizda ta`lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy 
jihatdan qayta qurish, ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va 
madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda 
o'qitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish bilan bir qatorda, ta`lim-tarbiya 
jarayoni ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtai nazaridan ular 
uchun zarur va etarli shart-sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7-maydagi “Matematika 
sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qarorining qabul qilinishi fikrimizning 
yaqqol isbotidir. Qarorda Matematika fani o‘quv-metodik dasturi mazmun va 
mohiyatini sohalarga moslashtirish, matematika fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlari 
(darsliklar)ni turli dasturlar va umumiy metodologik asosda hamda zamonaviy 
axborot texnologiyalari vositalari yordamida tushuntiruvchi real misollar, grafik 
materiallar asosida tayyorlash hamda matematik ta’limda fanlararo integratsiyani 
ta’minlash masalalari ham asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. 
O’quv qo’llanmada matematik ta’limning maqsadi, mazmuni, metodlari va 
uning vositalarini matematika darslariga tatbiq qilish qonuniyatlari psixologik, 
pedagogik va didaktik nuqtayi nazardan bayon qilingan. Chunki, matematika 
o’qitish metodikasi kursi asosiy mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Bu 
kursda matematikaning rivojlanish tarixi va matematika o’qitishdagi umumiy va 
xususiy metodlari o’rganiladi. 
Matematika o’qitish metodikasi pedagogika, psixologiya, algebra, matematik 
tahlil, analitik geometriya va oddiy differensial tenglamalar fanlari bilan 
chambarchas bog’liqdir. 
O’quv qo’llanma fan dasturi doirasida olingan nazariy bilimlar va 
ko’nikmalar, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida (litsey, kollej), umumta’lim 
maktablarida matematika fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida 
o’qitishda va fan tarixini o’rganishda keng qo’llanilishi nazarda tutilgan. 



O’quvchilarga fanning ba’zi mavzular bo’yicha darslari elektron vositalar 
yordamida tashkil etilishi, o’quvchilarning fanni o’zlashtirishlari uchun 
o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborotli-
pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, ushbu fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv 
va metodik qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, virtual 
stendlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’ruza va seminar 
mashg’ulot darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan 
foydalaniladi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarining aqliy hujum, 
munozarali dars va boshqa usullaridan foydalanish ko’rsatib o’tilgan. 
Matematik ta’limni isloh qilish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uzluksiz 
ta’limni amalga oshirish masalalarini ham bayon etilgan. Ma’lumki, matematika 
fani mavjud moddiy dunyodagi narsalarning fazoviy shakllari va ular orasidagi 
miqdoriy munosabatlari o’rganish jarayonida «ilmiy izlanish» metodlaridan 
foydalanadi.
Shuning uchun ham ushbu o’quv qo’llanmada ilmiy izlanish metodlaridan 
kuzatish va tajriba va taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish, 
abstraktlashtirish va konkretlashtirishlari matematika darslarida qo’llanishi ilmiy-
metodik jihatidan tushuntirishga harakat qilingan. Matematika o’qitish jarayonida 
fikrlash shakllarini paydo qilish metodikasi ham yoritilgan, ya’ni hissiy bilish 
(sezgi, idrok, tasavvur) bilan mantiqiy bilish (tushuncha, hukm, xulosa) orasidagi 
mantiqiy bog’lanishlar ochib berilgan. Matematik tushuncha va uni o’quvchilar 
ongida shakllantirish metodikasi, matematik hukm va uning turlari aksioma, 
postulat va teoremalarni o’quvchilarga o’rgatish metodikalari yoritilgan. 
Matematik xulosa va uning induktiv, deduktiv hamda analogik turlarini dars 
jarayonidagi tatbiqlari ko’rsatilgan. Matematika fanini o’qitishdagi didaktik 
prinsiplarning turlarini o’rgatishga alohida ahamiyat berilgan.Ushbu qo’llanmada 
zamonaviy pedagogik texnologiya asosida o’qitishning an’anaviy va noan’anaviy 
metodlaridan: ma’ruza, suhbat, mustaqil ish, evristik va muammoli ta’lim 
metodlarini dars jarayonida qo’llanilishiga katta ahamiyat berilgan. Matematika 



darsi, uning tuzilishi va uni tashkil qilish metodikasi, matematika darsining turlari, 
darsga tayyorgarlik va uning tahlili, matematika darsiga qo’yilgan talablar ochib 
berilgan. Ushbu qo’llanmada yana son tushunchasini kiritish va uni kengaytirish, 
ular ustida to’rt amalni bajarish, maktabdagi ayniy shakl almashtirishlarini 
o’rgatish, maktab matematika kursidagi tenglama turlari, tenglamalar tizimi hamda 
parametrik usulda berilgan tenglamalarni yyechish metodikalari ham ko’rsatilgan.
O’quv qo’llanma so’nggida masalalar va uning turlarini yyechish usullari ham 
keltirilgan. Har bir bob yakunida talabalar uchun shu bob mavzularining 
mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo’lgan savollar tizimi, 
hamda tayanch iboralar keltirilgan. 
O’quv qo’llanmada, o’zlarining qimmatli fikrlarini ayamagan ushbu fan 
sohasidagi professor-o’qituvchilarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Download 3,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish