• METODIKASI PREDMETI, RIVOJLANISH TARIXI VA HOZIRGI HOLATI 1. MATEMATIKAGA FAN VA O’QUV PREDMET SIFATIDA TAVSIF.
  • Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/120
    Sana04.06.2024
    Hajmi3,86 Mb.
    #259909
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

    Mualliflar 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    I-Modul. MATEMATIKA VA MATEMATIKA O’QITISH 
    METODIKASI PREDMETI, RIVOJLANISH TARIXI VA HOZIRGI 
    HOLATI 
    1.
     
    MATEMATIKAGA FAN VA O’QUV PREDMET SIFATIDA 
    TAVSIF. 
    Matematika taraqqiyoti tarixining asosiy davrlari va ularning qisqacha 
    tavsifi.
    Matematika – mathema, Qadimiy Gretsiyadan bizning tilimizga kirib 
    kelgan so’z bo’lib, “anglash, fan” degan ma’nolarni anglatadi. Matematika – 
    hayotning sanoqli (hisobli) munosabatlari va bo’shliq shakli to’g’risidagi fandir.
    Bugungi kunga kelib, sanoqli (hisobli) munosabatlar tushunchasi butun bir 
    ijobiy va ratsional sonlar, balki kompleks sonlar, vektorlar, funksiyalar v. b. orqali 
    ham ifodalanmoqda. Zamonaviy bo’shliqli shakl tushunchasi esa uch o’lchamli 
    geometrik obyektlar (to’g’ri chiziq, aylana, uchburchak, konus, silindr, shar v.b.) 
    bilan birga, ko’plab umumlashmalar – ko’p o’lchamli va cheksiz bo’shliq 
    tushunchalarini o’z ichiga oladi.
    Fan va texnikaning rivojlanib borishi matematikani uzluksiz ravishda bo’shliq 
    shakllari va sanoqli (hisobli) munosabatlar haqidagi tasavvurlarni kengaytirib 
    borishni taqozo etadi.
    Matematika – elementlar o’rtasidagi qator munosabatlar ifoda tarzida 
    yozilgan mantiqiy tizimni o’rganadi. Bundan tashqari, matematika barcha turdagi 
    fikran 
    bo’lsa-da, chizmalarni, ularning o’zaro munosabatlarini, ularni 
    konstruksiyalash metodlarini, chizmalar iyerarxiyasini (chizmalar chizmasini) 
    o’rganib boradi. 
    Matematika tushunchasi aniq hodisalar va narsalardan ajratilgan holda, shu 
    doiraga xos 
    bo’lgan hodisalar va narsalarning sifat ko’rsatkichlarini 
    abstroklashtirish (mavhumlashtirish) natijasida yuzaga keladigan xususiyatlar 
    natijasida paydo bo’lgan. Matematikaning bir xillik qonuniyatlari, bir xillikdagi 
    matematik apparatlar tabiat va texnik hodisalarni, shuningdek, iqtisodiy hamda 
    ijtimoiy jarayonlarni qoniqarli tarzda ifodalashda qo’llaniladi.



    Matematika insonlarning amaliy ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan, shuning 
    uchun ham uning amaliyot bilan bog’liqligi tobora chuqurlashib, rang-barang 
    bo’lib, matematikani har qanday turdagi harakatni, har qanday turfa hodisalarni 
    o’rganishda bemalol qo’llash mumkin. Shunday bo’lsa-da, uning turli ilmiy hamda 
    amaliy faoliyatdagi roli bir xil emas. Matematikaning, ayniqsa, zamonaviy fizikani, 
    astronomiyani, kimyoni rivojlantirishdagi roli o’ta ahamiyatli. Shuningdek, 
    iqtisodiyot, biologiya, tibbiyot kabi fanlarni rivojlantirishda ham matematika 
    alohida o’rin tutadi. Bu fanlar orqali o’rganiladigan hodisalarning sifat jihatdan 
    o’ziga xosligi juda yuqori va ularning sodir bo’lish xususiyatiga ta’siri shu 
    darajada yuksakki, hozircha matematik tahlil bu oqimda faqat buysunuvchi 
    vazifasini o’tashi mumkin. Bu borada gapirganda, ijtimoiy va biologik fanlar 
    uchun matematik statistika muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tish zarur. 
    Matematika fanining rivojlanishi tarixida to’rtta asosiy bosqichni alohida 
    ta’kidlash mumkin. 

    Download 3,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish