14
Matematik ta’limning intellektual va axloqiy
qadriyatlarni shakllatirish,
inson ma’naviy olamini boyitishdagi ahamiyati nihoyatda katta. Matematikani
o’rganish jarayonida matematik
qobiliyat rivojlanadi, matematik ta’kidlarning
go’zalligini his etish tuyg’usi shakllana boradi, keng
tasavvur etish rivojlanadi,
qat’iyatli bo’lish xususiyati tarbiyalana boradi,
maqsad sari intilish kuchayadi,
intizom hamda fikrlashga nisbatan tanqidiy ko’z bilan qarash mustahkamlanadi.
Zamonaviy matematik ta’limni qayta o’zgartirish tizimini quyidagilar tashkil
etadi:
–
demokratiyalashtirish (har bir o’quvchi to’laqonli matematik ta’lim olishi
huquqi ta’minlanadi);
–
oshkoralik (matematikaga o’qitishning holati hamda
erishilayotgan natijalar
to’g’risidagi ochiq va to’liq ma’lumotlarning mavjudligi);
–
markazlashuvni bekor qilish (hududlar va maktablarning dasturlar va
darsliklarni tanlash erkinligi, matematik ta’limdagi muammolarni o’zi mustaqil
yyechish huquqi);
–
realizm (matematik ta’lim sohasida real (aniq) siyosat yuritish).