• Hozirgi zamon matematikasining asosiy yo’nalishlari. Matematikaga o’quv predmeti sifatida tavsif.
  • Geometrik figuralar haqidagi tushunchalarning paydo bo’lishi




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/120
    Sana04.06.2024
    Hajmi3,86 Mb.
    #259909
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

    Geometrik figuralar haqidagi tushunchalarning paydo bo’lishi.
    Geometriya 
    2500-yildan avvalroq paydo bo’lgan. Geometriya yunoncha so’z bo’lib, “yer 
    o’lchash” degan ma’noni bildiradi. 
    Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bobil, ayniqsa, 
    Yunoniston olimlari katta hissa qo’shdilar. Yer maydonlari sathini o’lchash, ariqlar 
    o’tkazish, turli ko’rinishdagi idish, savatlar, omborlarga qancha suyuqlik, don va 
    boshqa mahsulotlar sig’ishini bilish zarurati geometriyaga oid dastlabki 
    ma’lumotlarning paydo bo’lishiga olib keldi. 
    Geometriya turli shakllarning xossalarini aniqlash, tekshirish, ularning 
    uzunliklari, yuzi, hajmlarini (to’g’ri to’rtburchak, kvadrat, uchburchak va ulardan 
    tuzilgan shakllar) hisoblash bilan shug’ullanadi.
    Har bir kattalikni o’lchash uchun esa o’lchov birligi zarur. Shuning uchun 
    ham hayotimizda juda muhim bo’lgan uzunlik, yuza o’lchov birliklari bilan 
    tanishasiz. 
    Nuqta, kesma, siniq chiziq, to’g’ri chiziq, ko’pburchak, kvadrat, to’g’ri 
    to’rtburchak, uchburchak, aylana, doira, shar, kub – bularning hammasi geometrik 
    shakllardir. Har qanday geometrik shakl nuqtalardan iborat. Buyuk yurtdoshimiz 


    13 
    Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo 
    Ulug’bek va ularning shogirdlari geometriya fanini o’z asarlari va ilmiy natijalari 
    bilan boyitishdi. 
    Geometriya turli shakllarning xossalarini aniqlash, tekshirish, ularning 
    uzunliklari, yuzi, hajmlarini hisoblash bilan shug’ullanadi. 
    Hozirgi zamon matematikasining asosiy yo’nalishlari. Matematikaga 
    o’quv predmeti sifatida tavsif.
     
    Ta’lim – bu avlodlarning avlodlarga muntazam 
    ravishda ijtimomiy ahamiyatga molik tajribalarni yetkazib turishning tashkiliy 
    jarayonidir. Bu tushunchadan falsafada, psixologiyada, pedagogika fanida va 
    maktab ta’limi amaliyotida keng qo’llaniladi. Zamonaviy ta’lim o’quvchining 
    o’zini-o’zi rivojlantirishi va o’zini-o’zi anglashini, insoniy bilimlarga intilishini, 
    o’quvchi e’tibori atrof-olamga va o’ziga murojaat qilishga qaratilgan bo’lishini, 
    hayotda o’z o’rnini topishga intilishini kuchaytirishga ko’maklashishga qaratilgan 
    bo’ladi.

    Download 3,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geometrik figuralar haqidagi tushunchalarning paydo bo’lishi

    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish