15
Umumta’limiy maqsad
: o’quvchilarning matematik bilimlar tizimini
egallashiga, matematika predmeti to’g’risida tasavvur beradigan uquv hamda
ko’nikma hosil qilishiga, matematikada qo’llaniladigan bilishning matematik
qo’llanmalari va metodlarini o’zlashtirish qobiliyatiga ega bo’lishiga erishish;
Tarbiyaviy maqsad
: o’quvchilarda faollikni, mustaqillikni, mas’ullikni,
axloqiylikni, muloqot madaniyatini, estetik madaniyatni, garfik madaniyatni
shakllantirishga erishish;
Rivojlantiruvchi maqsad
: o’quvchilarning dunyoqarashini, mantiqan va
evristik asoslarda fikrlashini, algoritmik fikrlashini, keng tasavvurni rivojlantirishni
yo’lga qo’yishdan iborat.
Matematika o’qitishning maqsadlarini yo’nalishga qarab, turlicha ta’riflash
mumkin. Masalan, o’qitishning maqsadini o’qituvchining faoliyatiga, shuningdek,
o’quvchilarning o’quv faoliyatiga qarab ham maqsadni aniqlash mumkin.
Matematika o’qitishda maqsadga erishish – o’qitishning funksiyalari orqali
amalga oshiriladi.