27
4.
Matematika o’qitish
metodikasining falsafa, pedagogika,
matematika va
matematika tarixi, inshakltika bilan o’zaro aloqalarini ko’rsatib bering.
3.
MATEMATIK TA’LIMNI ISLOH QILISH HARAKATI
Matematika o’qitish muammolari.
Matematika o’qitishda quyidagi
muammolar dolzarb hisoblanadi:
–ta’limni standartlash;
–ta’lim mazmunini differensiyalash;
–maktab matematika kursi mazmunining doimiy ravishda o’zgarib
borishi
tufayli uni metodik jihatdan ta’minlab turish;
–fanlararo aloqaning buzilishi;
–matematikaga o’qitishda o’quvchilar bilimini baholash va nazorat qilish
tizimining mukammal emasligi;
–o’quv jarayonini kadrlar bilan ta’minlash;
–matematik ta’limning hududiy xususiyatlari v.b.
Matematik ta’limning ijtimoiyligi va ijtimoiylashtirilishi
.
Ijtimoiylik
(gumanizm) so’zi lotin tilidagi “humanus” – insoniylik iborasidan kelib chiqqan.
Ta’lim
ijtimoiyligi deyilganda, bilimni
“insonlashtirish”
tushunchasi, ya’ni
o’qitishni differensiyalash hamda individuallashtirish nazarda tutiladi. Matematik
ta’limning ijtimoiyligi, bu – birinchi galda, etik mezonlalar (normalar) to’g’risida
aniq tasavvurga ega bo’lish, undan chekinish
mumkin emasligini anglash
tushunchasini tarbiyalashdir. Har xil turdagi maktablarning,
matematika
chuqurlashtirgan holda o’qitiladigan sinflarning paydo bo’lishi o’zida ta’limi
ijtimoiyligini namoyon etadi. Chunki maktabda matematikaga o’qitishning
maqsadi, mazmuni, shakli, metodlari va vositalari, maktab fanlari tizimidagi o’rni
28
va rolining ortishi natijasida muammolarga yangicha yondashuv zaruratini keltirib
chiqardi.
Matematik ta’limni