• Matematika o’qitish metodikasining predmeti
  • O’qitishning mazmuni – “nimani o’qitish kerak” degan savolning javobi. O’qitish shakllari
  • O’qitish metodlari
  • O’qitish vositalari
  • Matematika o’qitish metodikasining maqsadi –




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/120
    Sana04.06.2024
    Hajmi3,86 Mb.
    #259909
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

    Matematika o’qitish metodikasining maqsadi – 
    maktabda matematika 
    o’qitish tizimining asosiy komponentlarini va ular o’rtasidagi aloqalarni tadqiq 
    qilishdan iborat. Asosiy komponentlar sifatida – mazmun, metodlar, shakl va 
    matematika o’qitish vositalari kabi maqsadlar tushuniladi.
    Matematika o’qitish metodikasining predmeti 
    – matematik ta’limning 
    maqsad va mazmuni, metodlari, matematika o’qitish vositalari va shakllari 
    hisoblanadi.
    O’qitish maqsadlari
    – “nega o’qitish kerak?” degan savolning javobi. 
    Chunki matematika har xil maqsadlarni ko’zlagan holda o’qitiladi. Ya’ni, 
    g’aznachilarni matematika o’qitish bilan matematik sinflarda, umumiy ta’lim 
    maktablarida yoki ta’lim muassasalarida bu fanni o’qitish bir-biridan farqlanadi.
    O’qitishning mazmuni
    – “nimani o’qitish kerak?” degan savolning javobi. 
    O’qitish shakllari
    – “qanday o’qitish kerak?”, degan savolga beriladigan 
    javobning bir qismi, ya’ni o’qituvchilar va o’quvchilar soni bilan bog’liq bo’lgan 
    o’qitish jarayonini tashkil etish.
    O’qitish metodlari
    – “qanday o’qitish kerak?” degan savolga javobning 
    ikkinchi qismi. Bu – o’quv jarayonlarini o’qituvchilar va o’quvchilar soniga 
    bog’liq bo’lmagan holda tashkil etish, deganidir.


    22 
    O’qitish vositalari
    – “nima yordamida o’qitish kerak?” degan savolning 
    javobi. O’qitish vositalariga darslik, turli ko’rsatmali qo’llanmalar, har xil 
    modellar, kompyuterlar kiradi. Bu borada shuni aytish kerakki, bu vositalardan 
    matematika o’qitish da qanday qilib to’g’ri foydalanish mumkinligini aniqlab olish 
    zarur.
    Matematika o’qitishning metodik tizimi deyilganda yuqorida keltirib o’tilgan 
    va bir-biriga bevosita ta’sir etuvchi beshta elementdan iborat metodik tizim 
    tushuniladi. 
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematika o’qitishda o’z metodik tizimini 
    ishlab chiqayotgan har bir o’qituvchi quyidagilardan, ya’ni:
    – matematika o’qitishning davlat ta’lim standartida shakllantirilgan 
    maqsadlardan; 
    – Matematika o’qitishning mamlakatimizda shakllangan maktab kursi 
    mazmunga ehtiyotkorlik bilan yondashuvdan; 
    – fiziologik, pedagogik va psixologik talablarga javob bera oladigan o’qitish 
    shaklini tanlash zarurligidan; 
    – zamonaviy pedagogik-psixologik talablariga javob bera oladigan o’qitish 
    metodini tanlash zarurligidan: 
    – o’qituvchiga tanlangan shakl va metodlarni qo’llashda yordam beradigan 
    o’qitish vositalarini izlab topishi zarurligi tushunchalaridan kelib chiqishi 
    lozim.
    Pedagoglik – ommaviy mutaxassislikdir. Bunday mutaxassis, ya’ni qobiliyatli 
    pedagog bo’lib yetishish uchun esa inson o’zini o’zi yaxshi tayyorlashi, kasbga 
    o’ta mehr qo’yishi kerak. Shundagina mahoratli hamda salohiyatli pedagog bo’lib 
    shakllanishi mumkin. 
    Matematika o’qitish tizimining amal qilishida bir qator omillar, jumladan, 
    ta’limning umumiy maqsadlari, ijtimoiylik va ta’limni ijtimoiylashtirish, 
    matematikaning 
    fan 
    sifatida 
    rivojlanishi, 
    matematikaning 
    amaliyotga 
    yo’naltirilganligi, yangi ta’lim g’oyalari va texnologiyalari, psixologik tadqiqotlar 


    23 
    natijasi ta’sir etadi. Bu omillarning yig’indisi tashqi muhitni tashkil etadi va u 
    matematika o’qitish tizimiga bevosita ta’sir etadi. Tashqi muhitning ko’plab 
    komponentlari matematikaga o’qitishning maqsadi orqali unga ta’sir ko’rsatadi. 
    Matematika o’qitish metodikasi o’z rivojlanish bosqichlarida qator 
    qiyinchiliklarga duch kelmoqda, bu qiyinchilik birinchi navbatda maktab 
    matematikasi va matematika fani o’rtasidagi uzilish, shuningdek, pedagogikaning 
    falsafa, matematika, mantiq, psixologiya, biologiya, kibernetika, bundan tashqari 
    san’at chegarsida bo’linganligi tufayli yuzaga kelmoqda.
    Matematika o’qitish uslubining asosiy masalalari quyidagicha: 
    – matematikaga o’rganish borasida sinflar, mavzular va darslar bo’yicha aniq 
    maqsadini belgilash; 
    – o’quv predmetining mazmunini maqsad va o’quvchilarning tushunish 
    imkoniyatlariga qarab tanlash; 
    – o’qitishning maqsadga erishishga yo’naltirilgan ratsionalroq metodi va 
    tashkiliy shaklini ishlab chiqish; 
    – har bir matematika o’qituvchisi amalda qo’llay oladigan zaruriy o’qitish 
    vositalarini tanlash.
    –matematika o’qitish metodikasi to’rtta savolga javob topishga qaratilgan: 
    Nima uchun matematika o’qitishi kerak?
    Nimani o’rganish kerak? Matematikani qanday qilib o’qitish kerak?
    Qanday qilib samarali natijaga erishish kerak? 
    Matematika 
    o’qitish 
    metodikasi 
    universitetlarning 
    pedagogika 
    yo’nalishlarida o’tiladi. U o’zining tuzilishi xususiyatiga ko’ra shartli 
    ravishda uchga bo’linadi. 
    1. 

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matematika o’qitish metodikasining maqsadi –

    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish