25
Nisbiylik nazariyasi elementlari Belgiya va Fransiya maktablarining yuqori
sinflarida qat’iy matematik asosda o’qitiladi. Geometriya ko’plab maktablarda
mustaqil o’quv predmeti sifatida o’qitilmaydi, chunki uning ayrim masalalari
arifmetika, algebra va matematik tahililning boshlang’ich kursiga kiritilgan.
Bir qator rivojlangan mamlakatlarda katta bosqichdagi umumta’lim
tayyorgarligi ma’lum bir yo’nalish bo’yicha differensiyalangan. O’qitishning
barcha bosqichlarida funksional tasavvurlarni rivojlantirish, matematik metodlarni
egallash tadqiqiy ko’nikmalarning shakllanishi katta rol o’ynaydi.