Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

ijtimoiylashtirish
(lotinchada humanitas – inson tabiati, 
ma’naviy madaniyat degani) o’quvchilarni ma’naviy madaniyat, fanning 
rivojlanish tarixi, ijodiy faoliyat bilan tanishtirish deganidir. Ta’limni 
ijtimoiylashtirish ushbu yo’nalishdagi fanlar o’rganish uchun o’quv rejalarida dars 
soatlarini ko’paytirishga olib keladi. 
Matematik ta’limning ijtimoiy tarkibi insonga, uning jamiyatdagi hayotiga, 
onglilik darajasiga munosabat orqali belgilanadi.
Ijtimoiy matematika tushunchasi ijtimoiy fanlar, shuningdek, jamiyatning 
moddiy va ma’naviy munosabatlari bilan bog’liq. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, 
quyidagilar bir qadar muhim sanaladi: 
–matematikaning metodologik masalari tabiat va jamiyatni anglash metodi 
sifatida; 
–matematikaning jamiyatdagi o’rnini ko’rsatuvchi falsafiy muammolar; 
–matematikaning boshqa fanlar bilan aloqasi; 
–matematikaning ishlab chiqarish bilan aloqasi, uning boshqarishda, 
turmushda, mehnat tarbiyasida tutgan o’rni; 
–matematikaning ma’naviy madaniyat bilan aloqasi, fikrning rivojlanishi, 
siyosiy, axloqiy va estetik tarbiya; 
–o’quvchilarning ilmiy-ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirishga matematik 
ta’lim qo’shadigan hissa. 
Matematik ta’limni ijtimoiylashtirish an’anaviy maktab matematika kursiga 
ijtimoiy fanlarga xos bo’lgan turli shakllar, uslub va metodlarni qo’llash orqali 
amalga oshiriladi. Masalan, maktab matematika kursini ijtimoiylashtirish texnik 
jihatdan xiyla murakkab bo’lgan matematikaning amaliy yo’nalishini kuchaytirish; 
matematikaning madaniyat va jamiyatni rivojlantirishdagi ahamiyatli rolini 
kuchaytirish orqali texnik jihatdan xalos etish bilan amalga oshirilishi mumkin. 


29 
Bugungi kunga kelib, fanlarni chuqurlashtirgan holda o’qitish metodi paydo 
bo’la boshladi. Bu esa bir qator ijtimoiy bo’lmagan fanlarni o’qitish soatlarini 
qisqartirishga olib keladi. Bunday sinflarda o’qiydigan o’smirlar ko’proq darjada 
ijtimoiy fanlarni o’rganishga rag’bat bildiradilar. Afsuski, bunday bolalarning bir 
qismi matematikani asosiy fan emas, deb hisoblaydilar. Shuning uchun ham ayrim 
matematika o’qituvchilari uchun bunday sinflar bilan ishlash biroz qiyin tuyyiladi 
hamda qiziqarli bo’lmaydi. Bundan tashqari, ko’pchilik matematika o’qituvchilari 
ijtimoiy fanlarni o’rganayotganlar uchun matematika o’qitish kerakmi, yo’qmi, 
deya ikkilanadilar. 
Matematika – ijtimoiy fan, deya ta’kidlash ko’pchilik uchun munozarali 
bo’lib tuyilishi mumkin. Lekin barcha fanlar asosida aynan matematika fani 
yotishini unutmaslik kerak. Matematika o’z tili, o’z leksikasi va imlosiga ega. 
Matematik g’oyalar va metodlar asta-sekinlik bilan eng an’anaviy ijtimoiy fanlar 
zamiriga, fikrlashning qat’iy uslubini singdira boradi. 
Matematika obrazli (timsolli) fikrlashni rivojlantira boradi, chunki u turli 
obrazlar manbasi hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarga qiziqishi bo’lgan kishilar uchun 
esa obrazli (timsolli) fikrlash juda muhimdir. Turli shakllar xilma-xilligini ularning 
bo’shliq va yassilik tarzidagi manzarasini ko’rish, konfiguratsiyalarni tanish, 
obyektlarni modellashtirish, oddiy geometrik fakt va vaziyatlarni tushunish – 
bularning bari mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga, tasavvurni kengaytirishga, 
estetik tuyg’uni kuchaytirishga olib keladi. 
Ijtimoiy matematika tushunchasi ijtimoiy fanlar, shuningdek, jamiyatdagi 
moddiy va ma’naviy munosabatlar bilan bog’liq bo’ladi. Shu nuqtayi nazardan olib 
qaraganda, quyidagilar muhim sanaladi: 
–matematikaning metodologik muammolari tabiat va jamiyatni tushunishning 
metodi sifatida; 
–matematikaning jamiyatdagi rolini ko’rsatuvchi falsafiy muammolar; 
–matematikaning boshqa fanlar bilan aloqasi; 


30 
–matematikaning ishlab chiqarish bilan aloqasi, boshqarishda, turmushda, 
mehnat tarbiyasida uning roli; 
–matematikaning ma’naviy madaniyat bilan aloqasi, fikrlashning rivojlanishi, 
siyosiy, axloqiy va estetik tarbiya; 
–matematik ta’limning o’quvchilar ilmiy-ijtimoiy rivojlanishiga qo’shadigan 
hissasi. 
Matematikani ijtimoiylashgan holda uning tarixini o’rganmasdan turib, o’qitib 
bo’lmaydi. Bu o’rganish faqatgina buyuk matematik olimlarning qisqacha 
tarjimayi holi bilan cheklanmasligi kerak. Aksincha, matematik g’oyalarning 
tug’ilishi va rivojlanishi tarixini ham bilish juda zarur. Shuningdek, ijtimoiyat
bilan shug’ullangan va matematikani ham yaxshi bilgan holda ijtimoiy fanlar 
rivojiga munosib ulush qo’shgan olimlarni ham unutmaslik kerak. Demak, ijtimoiy 
maktablarda o’qitiladigan matematika kursiga tarix elementlari ham kiritilishi 
kerak.
Matematikaga o’qitishda ijtimoiylik va ijtimoiylashtirish o’qituvchi va 
o’quvchi o’rtasida alohida munosabatlar o’rnatilishini nazarda tutadi. Bunday 
munosabat paytida o’quvchilarni o’quv jarayoni mazmuniga jalb etish, o’qituvchi 
va o’quvchi o’rtasida dialogga asoslangan munosabat o’rnatish, har bir 
o’quvchining ijodiy boshlanmasi ishga tushirish imkoni yuzaga keladi.
Matematik ta’limning ijtimoiy tarkibiy qismi insonga munosabat, jamiyat 
hayoti va onglilikka, ya’ni oxir-oqibatda, jamiyatga munosabati bilan belgilanadi. 
Ijtimoiy matematika haqida gapirganda, bir tomondan, amaliy matematikaning 
jamiyat va jamoatchilik munosabatlari o’rganiladigan qismi, ikkinchi tomondan, 
ijtimoiy ta’limning, ya’ni o’qitishning jamoatchilik munosabatlari aks etadigan 
tarbiyaviy tomonlarini ajrata bilish kerak.
Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda o’quv fanlarini ijtimoiy va noijtimoiyga 
bo’lish to’g’risidagi bahslar ko’p uchraydi. Bunday yondashuvga asoslanadigan 
bo’lsak, unda har bir fan, jumladan, matematika ham, ijtimoiy funksiyani bajarishi 
mumkin bo’ladi. Keyingi paytlarda matematika maktab kursi, ko’proq darajada, 


31 
fan sohalarining o’ziga xos tili, qo’shimcha fikrlash vositalari arsenali, matematik 
tushunchalarning ma’lum bir hajmini jamlagan qobiq, ichidagi boshqa fanlarni 
ham o’ziga torta boshladi.
Matematika o’qitishning ijtimoiy usuli – uning ona tili bilan bog’liq ekanligi, 
o’z fikrlarini savodli va aniq tarzda bayon etish lozimligi, so’zlarni to’g’ri tanlash 
va to’g’ri jumla tuzish, bitta fikrni turlicha yo’sinda tinglovchiga yetkaza olish 
kerakligi, matematik atamalar va tabiiy tilning ahamiyatiga yaqin so’zlarni bir-
biridan farqlashni bilish zaruruligi doimiy ta’kidlanayotganligida ham aks etadi. 

Download 3,86 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish