Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

Klassifikatsiyalash metodi. 
Ta’rif. 
Jins tushunchalaridan tur tushunchalariga o’tish klassifikatsiyalash 
deyiladi.
Klassifikatsiyalash jarayonida o’quvchilar (muhim yoki o’xshash) belgiga 
asoslangan holda, ularni bir sinfga birlashtirishga harakat qiladilar, ya’ni ularni 
o’xshash, umumiy va farqli tomonlarini qarab bir-biridan ajratadilar, buning 
natijasida ular tushunchalarni klassifikatsiya qiladilar. 
Masalan, ko’pburchak tushunchasini klassifikatsiyalash quyidagicha amalga 
oshiriladi: 
Matematika metodikasiga o’qitish to’g’risida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
muhokamalarning isboti sifatida – gipotezalarni tekshirib ko’rishga qaratilgan 
o’qishni tashkil etish, haqiqiy bilim darajasini qayd etib borish, uquv, ko’nikma, 
o’quvchining rivojlanib borishi, natijani an’anaviy qo’llaniladigan va taklif 
etiladigan metodlar orqali solishtirib ko’rish, turli tasdiqlarni isbotlash kabi 


41 
eksperimentlardan foydalaniladi. Gipotezani isbotlash bosqichida tadqiq 
etilayotgan obyekt holatini aniqlaydigan yoki taxmin etilgan obyektni tekshirib 
ko’rish, shuningdek, ba’zi bir faktlarga aniqlik kiritish uchun ta’kidlovchi 
eksperimentdan foydalaniladi. Gipotezani tekshirib ko’rish jarayonida ishlab 
chiqilgan metodning samaradorligini tekshirib ko’rish maqsadida 
o’rgatuvchi 
(izlovchi, shakllantiruvchi)
 
eksperiment o’tkaziladi. Eksperimental va nazorat 
sinflari tanlab olinadi. Nazorat sinflarida o’qitish an’anaviy tizim bo’yicha, 
eksperimental sinflarda esa – tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan model yoki 
tizim asosida olib boriladi. Eksperiment tashkil etish uchun kuzatish, anketa, 
o’qitishning soni va sifati natijalari tahlilaridan foydalaniladi.
Tadqiqotning sifat tahlili nazorat ishlari, o’quvchilarni testdan o’tkazish orqali
sonli tahlil – testlar va nazorat ishlariga statistik ishlov berish natijalari asosida olib 
boriladi. 
Tadqiqotlarning metodologik asosini dialektika, tizimli tahlil va faoliyatli 
yondashuv tashkil etadi. Dialektika tabiat, jamiyat va fikrlashning (ya’ni, birlik va 
qarama-qarshiliklar kurashi, sanoqli o’zgarishlarning sifatli o’zgarishga o’tishi, rad 
etishni rad etish); rivojlanishning tanish mumkin bo’lgan obyekt va hodisalari bilan 
bog’liq holatlarini ko’rib chiqish; ularning o’zgarishi har xil omillar bilan
shartlanganligi, boshqa obyekt va hodisalar bilan o’zaro bog’liqligini umumiy 
qonunlar asosida o’rganish orqali mavjuddir.
Keyingi paytlarda matematika metodikasiga o’qitishning faoliyatli yondashuv
 
metodi keng tarqalmoqda. Bu metod matematika metodikasiga o’qitishning 
tarkibiy uslubiy qismi, matematkaga o’qitish mazmuniga o’xshash har xil faoliyat 
va harakatlarni bajarish vositasi, o’quv faoliyati sifatida tushuniladi.
Faoliyat – predmet, ehtiyoj va motiv, maqsad va unga erishish shartlari, 
harakat hamda turli bajarishlardan iborat insoniy faoliyatdir. O’quv faoliyati 
deyilganda o’quvchining nazariy bilimlar olishga intilishi, turli masalalarni 
umumiy qoidalar asosida yyechish harakati tushuniladi. Chunki o’quv masalalarini 


42 
yyechish, o’quv harakatlari va nazorat hamda baholash nazorati orqali amalga 
oshiriladi.

Download 3,86 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish