21
Matematika o’qitish metodlari chex olimi Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab
chiqila boshlagan. Mustaqil fan sifatida esa u birinchi bor shveytsar olimi I.G.
Pestalotsining “Son haqida ko’rgazmali o’qitish” (ushbu kitob 1803-yilda
yozilgan, 1806-yilda rus tiliga tarjima qilingan) birinchi ko’rsatib o’tilgan.
Rossiyada esa matematika o’qitish metodi to’g’risidagi birinchi qo’llanma
F.I. Busse tomonidan “O’qituvchilar uchun arifmetikani o’qitish qo’llanmasi”
nomi bilan 1831- yilda yaratilgan. Xalq maktablarida arifmetikani o’qitishda rus
metodikasining yaratilishi, uslubiy muammolarni hal
etishda tajriba va amaliyot
asosiy mezon vazifasini o’tashini birinchi bor e’tirof etgan P.S. Gurevga
tegishlidir.