101
Matematika har doim inson madaniyatining ajralmas qismi bo’lgan, u atrof
muhitni idrok qilish kaliti, ilmiy-texnika progressining bazasi va shaxs rivojining
muhim komponenti hisoblanadi. Matematik ta’limning asosiy maqsadi sifatida kasbga
tayyorlash tushuniladi. Biroq insonda intellektual qobiliyatni rivojlantirish muhimroq.
Sinfdan tashqari ishlarning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
1. O’quvchi va o’qituvchining matematikadan
sinfdan tashqari ishlarga
bo’lgan qiziqish darajasini aniqlash.
2. O’qituvchi va o’quvchi qiziqishini mos kelish darajasini aniqlash.
3. Umumiy o’rta ta’lim va akademik litsey hayotida matematikadan sinfdan
tashqari ishlarning o’rnini aniqlash.
4. Sinfdan tashqari ishlarning yo’nalishini aniqlash.
Bu maqsadlarni darsda qisman amalga oshiriladi deb, kelishib olinadi. Biroq
sinf mashg’ulotlari vaqt va dastur doirasida chegaralangan, bu yetarlicha ishlashga
imkon bermaydi. Shuning uchun yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish
masalasi sinfdan tashqari ishlarga o’tkaziladi.
O’quvchilar diqqatini jalb etish va ularda moyillik uyg’otish – bu qiziqishni
uyg’otishning boshlanishi va
unga erishish nisbatan osonroq; sinfdan tashqari
ishlarga qiziqishni saqlash va matematikadan qo’shimcha t’alim
olish va uni
mustahkamlash birmuncha qiyinroq kechadi.
Matematikaga qiziqishni tarbiyalashda quyidagilarga e’tibor berish kerak
bo’ladi:
– o’rganiladigan material har bir o’quvchiga tushunarli bo’lishi kerak;
– matematikadan mashg’ulotlarda ko’rgazmalilikning turli ko’rinishlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq: o’quvchi fikrlashi rivojlanish
darajasidan kelib
chiqqan holda xotira bo’yicha to’la predmetli, to’liqsiz,
simvolik, tassavurlar.
Muhimi intellektning tegishli yoshida yorqin namoyon bo’ladigan bola idrokini o’z
vaqtida foydalana bilishdan iborat;
– matematikaga qiziqishning qat’iyligi olib boriladigan qo’shimcha
matematik mashg’ulotlarning tizimli tashkil etilishi bilan qo’llab quvvatlanadi.
102
Mashg’ulotning o’zida o’quvchilarni faol fikrlashini qo’zg’atuvchi savollar,
topishmoqlardan foydalanish talab etiladi.
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar matematika darslarida o’zining
boshlang’ich masalalariga ega. Bu qiyinroq masalalarni yyechishda, topqirlik talab
etiladigan masala yyechishda, nostandart yechimlarda namoyon bo’ladi. Bu
masalalarning bir qismi sinfda bajarilishi mumkin. Bunday masalalarning qolgan
qismi sinf va sinfdan tashqari ishlarning shakllari va mazmunini bir-biriga
bog’laydi.