103
yasashga doir o’zining klassik
ishlarini chop etishga ulgurdi, bir necha yillardan
so’ng dunyoning «Disquisitionesarithmeticae» kitobini sovg’a qildi.
Matematika darslarida fanning asoslari bilan tanishtirishga juda ko’p
imkoniyatlar mavjud (masalan, muallifning ishlari bo’yicha geometriyadan
misollar keltirish mumkin). Shu bilan birgalikda
darsning asosiy maqsadi
o’qitishga matematik xarakterdagi kompleks yondashishdan iborat, o’quvchilar
qobiliyatining riojlanishi o’rganilayotgan material doirasida sodir bo’ladi.
Bularning hammasi matematikani individuallashtirishga
olib keladi va uning
bir ko’rinishi sinfdan tashqari ishlar bo’ladi.
Bu ishlarning turli ko’rinishlari birgalikda o’quvchining bilish faoliyatiga
ta’sir qiladi: idrok, diqqat, tassavur, xotirada saqlash, fikrlash, nutq, bilish.
Ijodkor matematika o’qituvchisi o’quv jarayonida o’quvchilarni ijodiy
fikrlashga yo’naltiruvchi metod, shakl, usul, yo’llarni izlashni shakllantiradi.
O’quvchilar bilan darsdan tashqari mashg’ulotlar katta foyda beradi. Sinfdan
tashqari ishlarni zamon talabi darajasida tashkil etish uchun doim o’qituvchi o’zini
ustida ishlashi, matematik bilimlarini oshirishi, matematikaga oid yangiliklardan
xabardor bo’lishi lozim.
Shuningdek bu matematikaga qiziquvchi o’quvchilarni
ajratish, kadrlar
tayyorlash masalasini hal etishga yordam beradi.
Zamonaviy maktab tarbiyaviy
jarayonni boshqarishi lozim. Tarbiya jarayonini boshqarish nafaqat inson tabiatini
rivojlantirish, balki o’z ustida ishlash, o’z-o’zini boshqarish to’g’risida
axborot
berishni shakllantirishni ta’minlaydi.