O‘quvchilar fikrlashining o‘ziga xosligi.
O‘quvchilarning fikrlashdagi o‘ziga xosligi, fikrlash darajasining bir-biri
bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan uchta: ko‘rgazmali-harakatli,
ko‘rgazmali-obrazli va mavhum fikrlashga bog‘liq bo‘ladi. Shuni ham unutmaslik
keraki, agar birinchi bo‘lib ikkita fikrlash tarzi yetarlicha rivojlangan darajaga
yetkazilgan bo‘lsa, uchinchi, ya’ni mavhumiy fikrlash endigina boshlanayotgan va
o‘zini namoyon etayotgan bo‘ladi.
111
Fikrlash darajasining mavhumiy bo‘lishi algebraga xos xususiyat
hisoblanadi, shunday bo‘lsa-da, u boshqacha fikrlashning ahamiyatini aslo
kamaytirmaydi. Maktab yoshidagi bolalarni algebraga o‘qitish vazifasi – bolani
fikrlashning barcha bosqichlarini tezroq bosib o‘tishga majbur etishdan emas,
balki eng yuqori darajadagi mavhum fikrlashga erishish uchun o‘quvchilarda
fikrlashning mavjud imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanishdan iboratdir.
Bu yoshda rivojlanish sohasining yangidan tashkil topishi tufayli
ko‘rgazmali-obrazli fikrlash darajasining nisbatan yuqori darajasiga o‘tilishi “ruhiy
fikrlash faoliyatining ramziy va ahamiyatli vositalariga o‘tishga ongli
munosabatning, modellashtirish faoliyatini o‘zlashtirish qobiliyatining paydo
bo‘lishi” hisoblanadi. Modellashtirish, bu – tadqiqot usuli bo‘lib, original (asl
nusxa)ning sun’iy yoki tabiiy xususiyatlarini aks ettiruvchi yasama modelini
yaratishdir .
Aniqlashdagi ikkita holat muhim: model o‘rganish ob’yekti o‘rnini
egallaydi; u bilan ma’lum bir munosabatda bo‘ladi.
Shunday qilib, modellashtirish – bu, modellarni yaratish va ular bilan ishlash
jarayoni. U mavhumlashtirishning ma’lum bir darajasi bilan izohlanadi. Ya’ni,
modellashtirish faoliyati – belgilarni kodlashtirish (belgilash), model tuzishda
predmetlar munosabati, model bilan yangi harakatlarni bajarish va ma’lumotlarni
dekodlashtirish (ularni real predmetlarga olib o‘tish) hisoblanadi. Modlellashtirish
faoliyati bolalar ongida predmetlarning farqini bir-biridan ajratish, predmetlarni
faqat ajratib olingan bitta belgi asosida solishtirish imkonini beradi.
Bu qoida P.Ya. Galperinning aqliy harakatlar va tushunchalarni bosqichma-
bosqich rivojlantirish nazariyasiga asosan, harakatlarni moddiylashgan holda
bajarish bosqichiga tegishlidir.
Eng
yuqori
fikrlash
darajasiga
ko‘tarilishda duch kelinadigan
qiyinchiliklardan biri, bu – bolalarda mavjud bo‘lgan mavhumlashtirishga nisbatan
tendensiyani to‘g‘ri baholay olmaslikdir. Mavhumlik bilan o‘rnatiladigan har
qanday aloqa (kontakt) qiyin va juda keraksizdek tuyuladi. Aslida esa bunday
112
emas. Mavhumlashtirishga intilish tendensiyasi bolalar o‘yinlarida ko‘proq
ustunlik qiladi. Chunki bolalar mavhumlikdan qo‘rqishmaydi. Shuni ham alohida
ta’kidlab o‘tish kerakki, nuqtalar orqali tasvirlash o‘rniga aniq ob’yektlarni chizish
– bu, bolalarni algebraga o‘qitishni sekinlashtirib qo‘yadigan befoyda o‘tadigan
bosqichdir. Nuqtalar vositasida ob’yektlarni tasavvur etish esa, o‘quvchilarga aniq
vaziyatdan modellashtirishga tez o‘tish imkonini beradi.
Nuqtalar – bolalar emas, lekin ular bolalar belgisini ifodalaydi. Shuning
uchun ham bolani belgisini ifodalaydigan nuqtani ko‘rsata turib, “Mana bu, bola!”
deyishning hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘q. Bu, xuddi algebr “A nuqta” deyish
o‘rniga “A harfi bilan belgilangan nuqta”, degandek bir gap.
Frederik xonim darslarida bolalar ob’yektlar o‘rtasidagi munosabatlarni
ko‘rsatkich (graf)lar tili orqali modellashtiradilar, bu esa ularga javobni
ifodalashda yordam beradi, chunki o‘quvchilar ko‘rsatkichlar (strelkalar)
yordamida o‘zlari nima haqida so‘zlayotgani yoki nimani tushuntirayotganini aniq
tasavvur etadilar. Qizig‘i shundaki, bolalarning o‘zlari munosabatlarni
ko‘rsatkichlar orqali tasvirlashni taklif etadilar, shu yo‘l bilan o‘zlarining
mavhumlikka nisbatan faol qobiliyatga ega ekanligini namoyish etadilar.
O‘z fikrlarini yomon ifodalaytigan bola, graflarning mavhum tilini o‘ziga
yaxshi tanish vaziyatlarni modellashtirishni, tabiiyki, reallik bilan muntazam
aloqada bo‘lish sharoitlarida, hech bir qiyinchiliklarsiz amalga oshiradilar.
Nostandart masalalar deyilgan, hozirgi kunda darsliklarning “qiziqarli masalalar”
yoki “qiyinligi orttirilgan masalalar” bo‘limlarida tobora ko‘payib borayotgan
ma’lum bir turdagi masalalarni nazarda tutamiz. Shunga asosan aytadigan bo‘lsak,
bolalarni bunday masalaarga yechim topishga va ularni yyechishga o‘rgatishimiz
lozim. Uslubiy tavsiyalarning yo‘qligi o‘qituvchi uchun ma’lum bir
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, aynan ana shunday masalalar yechimini izlash
(ko‘p hollarda o‘qituvchilar bunday masalalarni tushirib qoldirishadi yoki bitta-
ikkita o‘quvchining to‘g‘ri javobidan tushuntirib berishni talab qilmagan holda,
qanoatlanishadi)
113
Bunday masalalarga yechim izlashni shunday tashkil qilish kerakki, bu
masalalarni yyechish sinfdagi ko‘pchilik bolalar uchun murakkab tuyilsin. Lekin
bunday masalalar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda yaxshi ta’sir
kuchiga ega bo‘lganligi uchun ham ularni, albatta, yyechish kerak. Chunki ushbu
mavzu bugungi kunda hamon dolzarb bo‘lib turibdi.
Jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichi maktab ta’limi oldiga alohida muhim
talablar qo‘ymoqda. Xususan, maktablar nafaqat ma’lum bir bilimlar majmuyini
egallagan odam, balki, ana shu bilimlarni hayotda qo‘llay oladigan insonni
tarbiyalashi lozim, degan talab ham bejiz qo‘yilmagan.
O‘qitishning yangi yo‘llarini izlash, birinchi galda, muntazam ravishda o‘sib
borayotgan bilimlar hajmi bilan maktab ta’limi vaqtining cheklanganligi
o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan.
|