Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

x=y 
bo’lsa, unda istalgan yozish paytida 

ni 

ga aylantirish, 
almashtirish mumkin. Bundan tashqari, 0,39 + 1 yozuvi biror ma’noni anglatadi, 
lekin 0,39% + 1 yozuvi esa hech qanday ma’no anglatmaydi.
Bu yerda gap shundaki, agar butun 100% nazarda tutilayotganligi aytilmagan 
bo’lsa, unda foiz tushunchasi hech qanday ma’no kasb etmaydi. Chunki ma’lum 
bir kattalikning o’ndan bir qismi to’g’risida yoki oddiy o’nlikning bir qismi, ya’ni 
mavhum son haqida so’z yuritilayotgan bo’lishi mumkin. Ammo, u qanday 
kattalikdan olinganini ko’rsatmasdan turib, shunchaki 39% foiz haqida 
gapiriladigan bo’lsa, bu bema’nilikdan boshqa narsa emas. Shuning uchun ham 
mavzuni o’rganishda “foiz” tushunchasining bunday xususiyati eng katta qiyinlik 
hisoblanadi. Bu borada bildirilayotgan fikrlarga yana bitta qo’shimcha kiritish 
mumkin. Masalan, foizlar bilan bog’liq ishlarning barcha algoritmlari ikki xil 
xususiyatga ega bo’ladi. Bu algoritmlar o’quvchilar bu paytga qadar tanishgan “bir 
harakatli” (bu yerda topishning faqat (EKUB –eng katta umumiy bo’luvchi) va 
EKUK (eng kichik umumiy karra) algoritmlari istisno qilinadi. Chunki EKUK va 
EKUBni bilmasdan turib ham ishlash mumkindir, ammo foizlar haqida bunday deb 
bo’lmaydi. Foizlar nafaqat amaliy maqsadlar uchungina zarur emas, chunki 
o’quvchilar fikriy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan jiddiy masalalar ular 
asosida quriladi, bu algoritmlardan ana shu xususiyati bilan farqlanadi. 
O’quvchilar foiz tushunchasini oddiy rejalashtirish paytida ajratilgan bir necha soat 
davomida o’zlashtira olmaydilar. Bu borada o’qitishning ilgarilash usulini qo’llash 
g’oyat mahsuldor bo’lishi mumkin. Foizlar o’rganiladigan sinf (5-6) 
o’quvchilariga o’quv yilining boshidanoq (ya’ni, sentabrdan boshlaboq) foizlar 
bilan bog’liq masalalar berishni tavsiya etamiz.
1-bosqichda: 
1.
sonning 1%i- bu o’sha sonni 100dan bir qismi. Masalan, 700ning 1%ini 
topish uchun 700ni 100ga bo’linadi va hosil bo’lgan 7 shu sonning 1%ini 
tashkil etadi. 


119 
2.
1200 km.ning 1%ini toping. 
2-bosqichda: 
3.
1% i 13ga teng bo’lgan sonni toping. 
4.
1% i 7,53ga teng bo’lgan sonni toping. 
3-bosqichda: 
5.
200 ning 5%ini toping. 
6.
49 ning 19%ini toping. 
4-bosqichda: 
7.
17%i 68ga teng bo’lgan sonni toping. 
8.
20%i 4,5 kg.ga teng bo’lgan toshning og’irligini toping.
5-bosqichda: 
9.
8 soni 800 sonining necha foizini tashkil etadi. 
10.
15 sm. 15 m. ning necha foizini tashkil etadi. 
Navbatdagi bosqichlarda: 
11.
Bir soatda necha sekund va bir soatning 5%i necha sekundga teng? 
12.
Qanday sonning 32%i 10,24ga teng? 
13.
Sonning 5%i 84 ga teng, uning 15%i nechaga teng? 
14.
Non 1200 so’m edi. U 10% arzonlashtirilgan bo’lsa, necha so’m turadi?
Ikkinchi qiyin o’zlashtiriladigan material, bu – tenglamalar yordamida 
yechiladigan masalalardir. Bunday masalalarning algoritmi, birinchidan, noma’lum 
kattalikni harf orqali belgilash, ikkinchidan, mazmunida keltirilgan harf bor 
ifodalarni tuzib chiqish, uchinchidan, masala shartiga ko’ra tenglamalar tuzish, 
to’rtinchidan, bu tenglamalarni yyechish, beshinchidan, olingan natijani tushunib
yetish hamda javoblarni yozib olishdan iborat bo’ladi. Shunday qilib, biz 5-6- 
sinflar kursida bolalarni sonlar haqidagi umumiy tushunchalar bilan 
tanishtirmaymiz, balki ularga natural sonlarni, musbat ratsional sonlarni va 
ratsional sonlarni o’rgatamiz. Tenglamalar yordamida yechiladigan masalalarni 
yyechish va “Foizlar” mavzusini o’rganishda o’qitishning ilgarilash usulidan 
foydalanimiz. O’qitishning ushbu bosqichida biz bolalarni tasdiqlashlarga o’rgata 


120 
boshlaymiz. 
Ratsional 
sonlarni 
o’qitishda oddiy jadvallar tuzish va 
koordinatlarning uch burchakli tizimidan foydalanamiz. 
Endi esa ana shu mavzularga oid ayrim masalalar tizimini ko’rib chiqamiz. 
Buning uchun o’quvchilarga tushunish va natija chiqarish bilan bog’liq masalalarni 
yyechishni topshiramiz. Har bir teorema va har bir algoritmga ishlov berish 
to’g’risida topshiriqlar beramiz. Shu o’rinda yana bir bor ta’kidlab 
o’tmoqchimizki, bu holatda hamma masalalar ham ko’rib chiqilmaydi, balki 
shakllantilishi bir turga mansub bo’lganlarigagina ishlov beriladi. Chunki 
qo’lingizdagi bu kitob ma’lumotnoma emas, u – darslik. 

Download 3,86 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish