Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Matеmatika darslari uchun unga qanday talablar qo’yilgan ? 
2. Matеmatika darslarining asosiy turlari va ularning tuzilishi haqida fikr 
bildiring. 
3. Matеmatika darslarini yangi pеdagogik tеxnologiya asosida tashkil qilish 
nima? 
4. Matеmatika darslari tahlilini amalga oshirish yo`llariga nimalar kiradi? 
5. Matеmatikada sinfdan tashqari ish nima? 
6. Matеmatika fanida sinfdan tashqari ish turlari va ularning boshlang`ich 
sinflarda qo`llanilishi haqida fikr bildiring. 
7. Matеmatika darslarida qiziqarlilik elеmеntlaridan foydalanish uslublariga 
nimalar kiradi? 
 
III-MODUL

MATEMATIKA O’QITISHNING XUSUSIY 
METODIKASI 
1.MAKTAB MATEMATIKA KURSIDA TO’PLAM VA MUNOSABAT 
Maktab matematika kursini o’rganishda to’plamlar nazariyasi nuqtayi 
nazaridan yondashuviga umumiy qarashlar. Maktab matematika kursida 
to’plamlar haqidagi ta’limot mazmuni.
O‘quvchilarni rivojlantirish deyilganda, ularning oddiy holatdan yanada 
yuqoriroq darajali ikkinchi kreativ holatga o‘tishiga aytiladi. Natijada 


109 
o‘quvchilarning o‘quv faoliyati tizimida yangilanish, masalan, yangi intellektual 
uquvlar (solishtirib ko‘rish, mulohaza yuritish v.h.) paydo bo‘ladi. 
Yu.M.Kolyagin hamda G.L.Lukankinlarning ta’kidlashicha, pedagog-
psixologlar olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, bola o‘zining kundalik faoliyatida 
to‘plam tushunchasi bilan har qadamda duch keladi. Uyda, bolalar bog‘chasida, 
sayr paytida bola doimiy ravishda predmetlar ko‘pligi bilan muloqotda bo‘ladi, 
ular bilan turli harakatlarni bajaradi, o‘zi ham bunday harakatlarni bajarishda 
ishtirok etadi yoki kuzatadi. Shu ma’noda aytganda, bola aniq matematik 
xarkterdagi ko‘plab hayotiy hodisalarning xususiyatlarini anglab boradi. Masalan, 
bolalar o‘yin jarayoni paytidayoq, o‘yinchoqlarni yoki ko‘plab o‘yinchoqlarni turli 
belgilariga qarab bir-biriga solishtirib ko‘radi, ular ishtirokida har xil harakatlarni 
(“mana bunga o‘xshashlarni bu yoqqa olib qo‘yamiz...”, “hammasini olamiz...”, 
“buning oldiga mana buni qo‘yamiz...”, “buni bunga qo‘shamiz...” v.h. kabi) 
bajaradi. 
Bu muhim matematik tushunchalar – natural son va arifmektik amallarni 
anglagan holda o‘zlashtirishning zaruriy shartidir. Shu tariqa, to‘plam tushunchasi 
bilan uzviy bog’liqlikda bo‘lgan natural sonlar arifmetikasini qurishda bolaning 
aniq faoliyatidan foylananiladi, ko‘rgazmalilikning yuqori darajasini ta’minlaydi, 
matematik tushunchalarni bolada bu paytga qadar shakllangan tasavvurlarni 
o‘zlashtirishga ko‘mak beriladi. 
Algebraning xususiyati shundaki, bu predmetni o‘rganish o‘quvchilarning 
aqliy rivojlanishiga kuchli turtki beradi. Ammo o‘quvchilarning aqliy faoliyati juda 
murakkab, ko‘p komponentlidir. Uning eng muhim komponentlaridan biri – 
umumiy ta’limning muhim vazifasi bo‘lmish fikrlashdir. Fikrlash qator belgilarga 
ega, ularning orasida, birinchi navbatda, mantiqiylik alohida ajralib turadi. 
Mantiqiy fikrlash – zid bo‘lmagan, asoslangan, mulohaza yuritish shaklida yuzaga 
keladigan izchil fikrlashdir. Mantiqiy fikrlash ko‘proq darajada algebra darslari 
orqali paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham, odatda, algebrani amaliy mantiq deb 


110 
atashadi; chunki aynan algebrada o‘quvchi bir qadar to‘liqroq tarzda mantiqning 
barcha qonunlarini ko‘ra oladi. 
Shu ma’noda, algebrani o‘qitishning eng muhim maqsadlaridan biri – 
o‘quvchilarni mantiqiy fikrlarshga o‘rgatish hisoblanadi. O‘quvchilarning mantiqiy 
fikrlashi, shakllanish jarayonlarida darajalarni takomillashtirish, fikrlashning 
shakliy va fikriy amallarini bajarish, aniqlashda va o‘quv faoliyatida qo‘llashning 
uquv hamda ko‘nikmalari, shuningdek, fikriy qo‘llanishlarni bir bilim sohasidan 
ikkinchisiga olib o‘tish uquvini amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, agar biz tenglamalarni, shakl va fikrlash yo‘sinini 
takomillashtirishga to‘plamlar nazariyasi elementlari ta’sir etishini o‘rnata olsak, 
shundagina 
bunday 
vositalardan 
foydalanish 
o‘quvchilarning mantiqiy 
fikrlashining rivojlanishi, yuqori darajaga ko’tarilishi haqida gapirishimiz mumkin. 
Birinchi holatda mulohaza yuritish, aniq predmetlar bilan harakatlar olib 
borishni tushunish asosida amalga oshiriladi, ikkinchi holatda esa, mulohaza 
yuritish rasmlarga, chizmalarga, ramziy yozuvlarga v.b. tayangan holda amalga 
oshiriladi. Mavhum fikrlashda har qanday aniq predmetlardan, rasm va 
chizmalardan chalg‘igan holda, faqat xayolan (ongda) mulohaza yuritiladi. 
Fikrlash darajasining ana shu o‘ziga xosligi rivojlanishning asosiy yo‘nalishi kelib 
chiqadi: “...aniq vaziyat bilan cheklangan amaliy fikrlashdan, anglash sohasining 
cheksiz kengayib boruvchi, bevosita hissiy tajriba chegaralaridan chiqib ketuvchi 
mavhum fikrlashga o‘tiladi”

Download 3,86 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish