Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/120
Sana04.06.2024
Hajmi3,86 Mb.
#259909
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120
Bog'liq
Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

O’nli kasrlar. 
Kasrlarni yozishning o’ziga xos shakli sifatida O’nli kasrni 
aniqlashda qo’llaniladigan 10. .. ko’rinishdagi belgi hamisha ham muvaffaqiyatli 
bo’lavermaydi. Birinchidan, bu aniqlovchiga cheksiz (doimiy va doimiy 
bo’lmagan) kasrlar mos kelmaydi, ikkinchidan, agar o’nli kasr haqiqatan ham kasr 
bo’lganda edi, unda kasrlarga oid barcha teoremalar o’nli kasrlarga (masalan, ular 
barcha kasrlarga qanday munosabatda bo’ladi) ham taalluqli bo’lar edi. Aslida esa 
bunday emas. Kasrlar to’g’risidagi barcha teoremalarda (masalan, kasrlarning 
asosiy xususiyati to’g’risidagi teoremada) suratlar, maxrajlar va kasr chegarsi 
aytiladi. O’nli kasr esa bunday chegara, surat va maxrajga ega emas. Ammo u, 
kasrda bo’lmagan muhim element (vergul) ga ega. Demak, o’nli kasr – kasr 
hisoblanmaydi.
Bunday so’zni ishatishda hech qanday g’alatilik yo’q. Chunki nafaqat 
matematikada, balki oddiy tilda ham “ot + sifat” so’z qurilmasi, ot yasovchi 
so’zdan alohida va qandaydir bir a’lo darajadagi aniqlovchini topib berishi 
mumkin. Masalan, “dengiz cho’chqachasi” degan atama bor. Aslida esa, u hech 
qanday cho’chqa bolasi emas. Balki, kemiruvchilar oilasiga mansub yirtqich 
hayvon. Shuningdek, bolalarda uchraydigan “tepki” kasalligi ham bor, u tibbiy 
tilda “svinka” deb ataladi. Yoki, fransuzcha “yer olmasi” –pomme de terre – 
kartofel, ya’ni kartoshka. Xuddi shuningdek, “anatomik teatr” degan atama ham 


125 
bor, bu atamaning teatrga hech qanday aloqasi yo’q. Chunki morg (o’likxona) 
degan ma’noni anglatadi.
O’nli kasr tushunchasini asl holda “kasr” deb emas, balki (hisoblashning 
o’nlik tizimida yozilgan son) “o’nlik son” deb atash to’g’ri bo’ladi.
Ta’rif.
O’nli kasr deb, birliklar toifasining birinchi o’rinda keladigan 
raqamning o’ngrog’ida keladigan (kichikroq) o’nlik (hisoblashning o’nlik tizimida 
yozilgan) songa aytiladi. Bu o’rinlar birliklardan vergul orqali ajratiladi. O’nli kasr 
vergulining chaporg’idagi raqam, o’nli kasrning butun soni hisoblanadi. O’nli kasr 
vergulining o’ngrog’idagi raqam – o’nli kasrning kasr qismi hisoblanadi. O’nli 
kasrning kasr qismidagi raqamlar o’nlik belgilar deyiladi. 
O’nli kasrlarning bunday aniqlovchilari oddiy kasrlarni o’rganish imkoinini 
beradi. Ta’kidlab o’tish zarurki, hatto, oddiy kasrlar O’nli kasrlarga qadar 
o’rganilganda ham bu aniqlovchilar xalaqit bermaydi, aksincha, o’quvchilarga 
O’nli kasrlarni o’rganishda tanish algoritmlardan foydalanish ko’p ahamiyatli 
(“ustunchali” va “burchakchali”) sonlar bilan ishlashda yordam beradi.

Download 3,86 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120




Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish