70
O’qitish amaliyotida dars-ma’ruzalar, o’quvchilarning mustaqil ishlashi,
bilimlarning jamoatchilik ko’rigi dars turlari mavjudligi haqida ko’p gapiriladi.
Bu darslarga ularning asosiy didaktik vazifalar
nuqtayi nazaridan qarab
ko’rilsa, ularning bari yuqorida aytib o’tilgan turlarning har xil ko’rinishidan iborat
ekanligi ma’lum bo’ladi. Dars ma’ruza – bu, yangi material bilan tanishitirish
darsi, bilimlarning jamoatchilik ko’rigi darsi esa – bilimlarni, uquv hamda
ko’nikmalarni tekshirib ko’rish darsidir.
Ko’rib chiqilgan
tasniflardan tashqari, dars o’tishni tasniflash (takrorlash
darsi, dars-suhbat, nazorat
ishi bajariladigan dars, murakkablashtirilgan dars v.h.)
ham keng tarqalgan. Bundan tashqari, o’quvchilarni matematikaga o’qitish
amaliyotida: kompyuter sinfida o’tiladigan dars, joylar asosida o’lchash darsi,
sanoq asboblarida
hisoblash darsi, kinodars va boshqa darslar ham uchrab turadi.
Biror-bir aniq darsni izohlash paytida, ko’pincha ikki xil tasnif – uning asosiy
didaktik vazifasi va dars o’tish vositalaridan kelib chiqib fikr bildirishadi. Masalan,
dars-ma’ruza deyilganda, uning asosiy didaktik maqsadi va o’tilishi
usuli ham
nazarda tutiladi.
Tasniflarning birortasi ham dars tushunchasini har tomonlama va to’liq
izohlay olmaydi. Yangidan faoliyat boshlayotgan yosh o’qituvchilarga bu borada
tajribali o’qituvchilarning darslarini ko’proq kuzatishni, ular to’plagan tajribalarni
tahlil qilish hamda o’z faoliyatida qo’llashni tavsiya etish mumkin.