• Aksiomatik usulning mohiyati.
  • Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/120
    Sana04.06.2024
    Hajmi3,86 Mb.
    #259909
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

    Aksiomatik usul. 
    Matematika – barcha matematik isbotlarni shakl va 
    munosabatlardan xoli tarzda, mantiqan fikrlash orqali o’rganadi. Agar A teorema B 
    teoremadan, yoki B teorema C teoremadan chiqarilsa, natijada “cheksiz orqaga 
    qaytish” paydo bo’ladi. Chunki bunday vaziyat avval ma’lum bo’lgan tushunchalar 
    asosida, yangi tushunchalarga aniqlik kiritishga intilish tufayli yuzaga keladi. Ana 
    shunday, ya’ni “cheksiz orqaga qaytish” vaziyati yuzaga kelmasligi uchun 
    aksiomatik usuldan foydalaniladi. 


    62 
    Matematika fani ana shunday tarzda bayon qilingan va bizga qadar yetib 
    kelgan kitob – Yevklidning “Ibtido” asaridir. Aksiomatik usulga nazariyalarni 
    ilgari surish (yoki nazariya qurish)da anglashning ilmiy yoki matematikaga o’qitish 
    usuli sifatida qarash mumkin.
    Aksiomatik usulning mohiyati.
    Takliflarning haqqoniyligini o’rnatish usuli 
    quyidagicha bo’ladi, ya’ni: ba’zi bir takliflar boshlang’ich (aksiomalar) sifatida 
    qabul qilinadi, aksiomalar ro’yxatiga kirmaydigan boshqa (teorema deb ataladigan) 
    takliflarni aniqlashda esa, odatda, xulosaning haqqoniyligini kafolatlaydigan 
    mantiqiy xulosalardan foydalaniladi. Bu kabi xulosaviy, ya’ni (deduktiv) 
    qoidalardan aniq va to’g’ri foydalanish – yaratilgan matematik nazariyani deduktiv 
    (aksiomatik) tizimga aylantiradi.
    Matematik nazariyalar yaratishda aksiomatik usul, agar o’qitish jarayonida 
    o’quvchilarning o’zini “kichik teoremalar” yaratishga jalb etish imkoni bo’lsa va 
    ular asta-sekinlik bilan nazariyani o’rganib borish doirasini kengaytirib borishiga 
    xizmat qiluvchi imkoniyat yaratilsa, bu holatda u o’qitish deb ataladi. 
    Aksiomatik usul – o’qitish usuli sifatida o’quvchilarning bilimini 
    tizimlashlirishda, “nimadan nima kelib chiqadi?”, degan savolga javob topishda, 
    matematikaga xos bo’lgan haqqoniy takliflarni o’rnatishda, mavjud bilimlarni 
    yangi bilim va anglashlar bilan boyitib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish