60
4.Agar javob to’g’ri bo’lsa, o’quv
materialining 2-bo’lagini e’lon qiladi.
Agar javob noto’g’ri bo’lsa,
xatolarni
ko’rsatadi va 1-bo’lakni
ishlashda
davom etishni o’quvchiga topshiradi.
4.Agar javobi to’g’ri bo’lsa, o’quv
materialining
2-bo’lagini
bajarishga
kirishadi. Nogto’g’ri bo’lsa, 1-bo’lakni
bajarishda davom etadi.
Dasturlangan o’qitishning afzalliklaridan
yana biri shundaki, bo’laklarga
(qismlarga) bo’lingan o’quv materiali yaxshi o’zlashtirilib
bexato bajarilsa,
o’qitishda
yuqori samaralarga erishiladi; o’quv
materiali individual holda
o’zlashtiriladi; o’zlashtirishni doimiy nazorat qilib
borish sharoiti yuzaga keladi;
shuningdek, avtomatlashgan texnik uskunalardan foydalanish imkoni tug’iladi.
Bu usuldan foydalanishning ayrim juz’iy kamchiliklari ham bor: masalan, har
qanday o’quv materialini
ham birdek dasturlanavermaydi;
bu usul reproduktiv
faoliyatni harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladigan aqliy tarbiyani bir qadar
chegaralab qo’yadi; bu usuldan foydalanish jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchilar
o’rtasidagi munosabatlarda hissiy-sezish komponentlari tanqisligi kuzatiladi.
Matematik modellashtirish.
Hayotni matematik
anglashning eng samarali
usullaridan biri, bu – o’rganilayotgan real obyekt yoki obektlarni boshqa biror-bir
fanning boshqa sohalarida tasvirlanishi bo’yicha ularni chuqurroq o’rganish
paytida
kelib
chiqadigan
masalalarni
yyechish
maqsadida
matematik
modellashtirishdir.