65
Pedagogik texnologiyaga professor N.Saidahmedov «Pedagogik
texnologiya
bu o’qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida
o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mas’uli sifatida ularda oldindan
belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni» – degan ta’rifni beradi.
Ta’lim texnologiyasi – oldindan belgilangan o’quv maqsadlariga erishishni
kafolatlaydigan, ta’lim jarayonida inson va texnika resurslaridan foydalanishning
loyihalashtirilgan muayyan tizimi.
Keltirilgan ta’riflarni ilmiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qiladigan bo’lsak,
uzoq хorijda berilgan ta’riflar bilan MDH mamlakatlari olimlari bergan ta’riflari
bir-biriga
yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini ko’ramiz. Jumladan,
YUNESKO
ta’riflarida tizimli yondashuv tamoyillariga alohida urg’u berilgan.
Pedagogik texnologiyani o’rganishda tarixiy tajribalarga murojaat qilish ham
katta ahamiyatga ega. Sharq xalqlari og’zaki ijodi sinchiklab o’rganilsa, bu
masalaga doir materillarni topish mumkin.
Pedagogik yangiliklarning qonunlari
.
Ta’lim tizimidagi rivojlanishning
yuksalishi va innovatsion jarayonlarning qarama-qarshligini tushunishda
pedagogik yangiliklarning qonunlari yordam beradi.
1. Pedagogik innovatsion muhit barqarorligi o’zgarishini ortga qaytarib
bo’lmasligi qonuni.
Ta’lim tizimidagi har qanday innovatsion jarayon, hayotga
tatbiq etilayotgan paytda, so’zsiz, o’zi tatbiq etilayotgan innovatsion ijtimoiy-
pedagogik muhitda ortga qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Natijada, biror-bir pedagogik jarayonlar yoki hodisalar to’g’risidagi
yaxlit
tushunchalar yemirila boshlaydi. Pedagogik yangilikning ijtimioiy-pedagogik
muhitga bunday kirib kelishi, u haqdagi fikrlarni, uning ahamiyati va qimmati
to’g’risidagi fikrlarning qutblashuviga olib keladi. Pedagogik
yangilik qanchalik
ahamiyatli bo’lsa, har xil turdagi, ya’ni nazariy, tajribaviy, kommunikativ va
amaliy innovatsion muhitga tegishli bo’lgan o’zgarishlar ham o’shanchalik o’zgara
boradi.
66
2. Innovatsion jarayon yakuniy bosqichini amalga oshirish qonuni.
Har
qanday innovatsion jarayon ertami-kechmi, tartibsizmi
yoki ongli ravishdami
amalga oshirilgan bo’ladi va o’z faoliyatini yangilik sifatida tugatadi. Bu borada
rus olimi V.A. Shatalovning tajribalari ibratlidir.
3. Pedagogik innovatsiyalarni strereotiplashtirish qonuni.
Har qanday
pedagogik innovatsiya fikrlash va amaliy harakat stereotipga aylanishi mumkin.
Shu ma’noda olib qaraganda, u tugallanishga mahkum sifatida boshqa
yangiliklarni amalga oshirish yo’lida to’siq vazifasini o’tovchi stereotipga
aylanadi.
4. Pedagogik yangiliklarning siklli takrorlanish qonuni.
Ta’lim tizimiga xos
xususiyatlardan biri, biror-bir yangilik yoki hodisaning
yangi sharoitlarda qayta
takrorlanishidan iborat bo’ladi. Shuning uchun ham pedagogik nazariya va
amaliyotdagi yangiliklar maxsus qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Chunki
o’qituvchilarning ma’lum bir qismi yangilikni “allaqachon unutilgan eskilik”
sifatida qabul qiladi. Ko’pchilik yangilikni u pedgogikada anchadan foydalanib
kelinayotgani uchun ham ko’rmaydi, vaholanki,
yangilik yangi sharoitlarni
inobatga olgan holda taklif etilayotgan bo’ladi.
Bu qonunlar bilan pedagogik innovatsion qonuniylikka xos bo’lgan
xususiyatlar cheklanmaydi, chunki uni hali tadqiq etish ishlari davom ettiriladi.