156
Ta’rif.
Agar x o’zgaruvchining har bir qiymatiga biror qonuniyatga ko’ra
o’zgaruvchining yagona qiymati mos keltirilsa, u holda u o’zgaruvchi x
o’zgaruvchining funksiyasi deyiladi.
x erkli o’zgaruvchi yoki argument, u erksiz o’zgaruvchi yoki funksiya
deyiladi. Erkli o’zgaruvchi
x
ning barcha qabul qiladigan qiymatlar to’plami
fimksiyaning
aniqlanish
sohasi deyiladi. u o’zgaruvchining x berilgan qiymatlariga
mos qiymatlari funksiyaning
o’zgarish
sohasi deyiladi.
Funksiya sharoitiga qarab jadval, analitik va grafik usullar bilan
berilishi mumkin.
Kundalik
hayotimizda
uchraydigan
ba’zi jarayonlarni o’rganishda
funksiyaning jadval usulida berilishidan
foydalaniladi. Masalan, meteorologlar
Yer sharining turli nuqtalariga tushgan yog’inlar jadvalini tuzishadi. Yer sharining
ana shu turli nuqtalari bu holda argument qiymatlari rolida, yog’in miqdorlari esa
funksiyaning qiymatlari ro’lida keladi.