159
Darsning maqsadi:
funksiya,
uning grafigi, to‘g‘ri proporsional
bog‘lanish, proporsionallik koeffitsiyenti kabilar yuzasidan
tushunchalar hosil
qilish, o‘quvchilarning BKM larini shakllantirish,
rivojlantirish va
mustahkamlash.
Darsning usuli:
savol-javob, misol va masalalar yechish.
Darsning jihozi:
DTS ko‘rgazmalari, tarqatma materiallar, kichik testlar.
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism:
o‘quvchilar bilan salomlashish, tozalikni tekshirish, davomatni
aniqlash, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga ruhiy jihatda tayyorgarliklarini
aniqlash.
O‘tilgan mavzuni so‘rab baholash:
Savol: funksiya nima?
Javob: agar biror sonlar to‘plamidan olingan (iks) ning bir qiymatiga biror qoida
bo‘yicha (igrek) son mos qo‘yilgan bo‘lsa, u holda shu to‘plamda funksiya
aniqlangan deyiladi.
Savol: erkli va erksiz o‘zgaruvchilar deb nimaga aytiladi?
Javob:
(igrek)
miqdorning
(iks) miqdorga bog‘liqligi
ko‘rinishda
belgilanadi va «igrek iksdan» deb o‘qiladi. Bunda (iks) o‘zgaruvchi –erkli
o‘garuvchi,
o‘zgaruvchi – erksiz o‘zgaruvchi deb ataladi.
Savol: funksiyaning qiymati nima?
Javob:
soni
funksiyaning
bo‘lgandagi qiymati deyiladi.
Savol: o‘zgaruvchilarni belgilashda ma’lum bir qoidalar mavjudmi?
Javob: odatda, erkli o‘zgaruvchi
(iks), erksiz o‘zgaruvchi (igrek) bilan
belgilanadi. Lekin bunday belgilash majburiy emas. Chunki,
turli kattaliklar
orasidagi bog‘lanishlarni hisoblashda kattaliklarni ifodalovchi ixtiyoriy harflar
bilan ham belgilash mumkin.
Savol: funksiya qanday ko‘rinishlarda berilishi mumkin?
160
Javob: funksiya bir necha xil ko‘rinishda,
jumladan, formula(analitik)
ko‘rinishidagi, jadval ko‘rinishida va grafik ko‘rinishida berilishi mumkin.