• Jismlarning sirtlari va hajmlari
  • Maktab geometriya kursiga umumiy tavsif
  • Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/120
    Sana04.06.2024
    Hajmi3,86 Mb.
    #259909
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., (1)

    Piramidalarning xususiyati
    . Piramidaning asosiga parallel ravishda 
    yassilikning kesib o‘tish maydoni piramidaning cho‘qqisigacha bo‘lgan masofa 
    kvadratiga to‘g‘ri proporsional kesishuv paydo bo‘ladi. Bu holat yoritish kuchi 
    bilan piramida yuqorisida turgan yoritish manbasi o‘rtasidagi masofani nazariy 
    jihatdan tushuntirishga xizmat qiladi. Ya’ni, maydonchaning (asosning) 
    balandlikka nisbatan ikki karra uzoqlashishi natijasida maydoncha to‘rt baravarga 
    kengayadi, maydon birligiga to‘g‘ri keladigan yorug‘lik energiyasi esa to‘rt 
    martaga kamayadi. Shu tariqa, yoritish kuchi yorug‘lik manbasi masofasi 
    kvadratiga teskari proporsional bo‘ladi. Ushbu qonundan foydalangan holda, 
    zamonaviy astronomiya Koinotning eng uzoq, ya’ni yorug‘lik nuri bir necha yuz 
    ming yillarda bosib o‘tadigan obyektlari masofasini aniqlaydi. 
    Jismlarning sirtlari va hajmlari
    . Ularni hisoblab topishda o‘quvchilar 
    jismning to‘g‘ri chiziqli o’lchamli o‘zgarganda, uning sirti kvadratga nisbatan 
    proporsioanl ravishda, hajmi esa bu o’lchamning kubiga nisbatan o‘zgaradi. 
    Geomteriya mashg‘ulotlari barcha o‘quvchilarni jalb etgan hodda, amaliy ishlar 
    bilan bog‘liq holda olib borilishi kerak. Bu – barcha modellashtirish turlari, turli 
    yer o‘lchash ishlari, texnik predmetlarning, uy buyumlarining, xo‘jalik binolarining 
    sirti va hajmini o‘lchashdan iborat bo‘lishi mumkin.
    Maktab geometriya kursiga umumiy tavsif
    .7-9-sinflarda geometriya 
    Maktabda geometriyani o‘qitish – bolalar o‘rtasida aqliy-tarbiyaviy ish olib 
    borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki geometriya deduktiv xarakterga ega 
    bo‘lgan yagona maktab o‘quv kursidir. Shu ma’noda olib qaraganda, hatto, maktab 
    algebrasi ham u bilan tenglasha olmaydi. Albatta, maktab geometriya kurslarida 
    barcha narsalar ham qat’iy ravishda isbotlanavermaydi, shuning uchun ham biz 
    qator holatlarda aniq nazariy asoslar o‘rniga hayotiy tasavvurlardan foydalanamiz. 


    171 
    Lekin, shunga qaramasdan, geometriya (agar to‘g‘ri o‘qitilsa) o‘quvchilarning 
    mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stiradi. Bu yerda geometriyani to‘g‘ri o‘qitish 
    deganda, darsliklarda isbotlab berilgan birorta teorema o‘qituvchi va o‘quvchilar 
    bayoni orqali isbotlanmasdan qolmasligini nazarda tutayapmiz. 
    Asosiy e’tibor qurish haqidagi topshiriqlarga qaratilishi kerak. Har bir 
    o‘quvchi algoritmlarni bilishiga, keyingi topshiriqlarni sirkul (pargar) va chizg‘ich 
    yordamida bajara olishiga erishish juda muhim. Chunki ta’lim standartida 
    o‘quvchilarni bo‘lakni teng ikkiga bo‘lish, uch tomon asosida uchburchak qurish, 
    to‘g‘ri chiziqqa nisbatan perpendikulyar qurish, bissektrisa qurish, n kesikni 
    (bo‘lakni) teng bo‘laklarga bo‘lishga o‘rgatish talab etiladi. Aytilganlarga yana 
    berilgan topshiriqqa ko‘ra, burchak qurish uquvi, shuningdek, (xohish bo‘yicha) 
    ikki kesikka (bo‘lakka) uchinchi, va uch kesikka (bo‘lakka) to‘rtinchi 
    proporsionalni qurish ham kirishini aytib o‘tish kerak.
    Bu kabi talablarni to‘liq bajarishga topshiriqlarni matematik diktantlarga 
    joylashtirish orqali erishish mumkin. 

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120




    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti abdullayeva b. S., Djurayeva d. Sh., Djurakulova a. X. Matematika o

    Download 3,86 Mb.
    Pdf ko'rish