|
-jadval
Javdar solodining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari
|
bet | 8/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUA1-jadval
Javdar solodining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari.
Ko‘rsatkich
|
Solod
|
Fermentlashtirilgan
|
Fermentlashtirilmagan
|
Namligi, ko‘p emas mayin maydalangan solodda
|
10
|
10
|
Mayin maydalangan solod quruq moddalaridagi ekstraktning miqdori, % kam emas issiq ekstraksiyalash usulida aniqlanganda sovuq ekstraksiyalash usulida aniqlanganda.
|
80,0
|
48,0
|
qandlantirish jarayonining davomiyligi, ming, ko‘p emas.
|
|
25
|
Kislotaliligi 1 mol/sm3 konsentrasiyali natriy gidroksid eritmasining 100 g quritilgan solodni titrlash uchun sarflanadigan miqdori, sm.
|
17
|
35
|
Metall aralashmalar miqdori, mg/kg, ko‘p emas.
|
3
|
3
|
Bugungi kunda ushbu texnologiya boyicha Toshkent, Farg‘ona va boshqa viloyatlarning novvoylik korxonalarida javdar solodi tayyorlanmoqda.
Solod preparatlari - solod yoki solod o‘simtalarining suvda eriydigan moddalarini quyultirish (konsentrasiyalash) natijasida olinadigan mahsulotlardir. Bu mahsulotlar tarkibida donning qobiqlari bo‘lmaganligi tufayli, ular mahsulotning ranggini buzadi.
Polisolod ekstraktlari - makkajo‘xori, suli va bug‘doy solodlari aralashmasidan tayyorlanadi. Polisolod ekstraktlari shirin solod mazasiga ega bo‘lgan quyuq, o‘rtacha qovushqoq jigarrang yoki to‘q-jigarrang suyuqliklardir.
Komponentlari va qo‘shimchalarining turiga qarab quyidagi polisolod ekstraktlari ishlab chiqariladi: “Polisol” (qo‘shimchalarsiz) va uning asosida tayyorlanadigan “Xopesol” (ayrim qo‘shimchalar bilan), “Gemosol” (vitaminlar, makro va mikroelementlar bilan) va boshqalar.
Polisolod ekstraktlari davolashprofilaktika maqsadlarida ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatida, shuning bilan birga alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishda, novvoylik va sut mahsulotlari tayyorlashda qo‘shimcha xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Arpa-solod ekstrakti - pivo tayyorlashda qo‘llaniladigan oq arpa soloddir. Ishlab chiqarish texnologiyasi polisolod ekstraktlarining ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bir xil.
Tayyorlash texnologiyasining o‘ziga xos tomoni solodning 30 % ni vitaminlar manbai hisoblangan solodga aylantirilmagan arpa bilan almashtiriladi. Bundan tashqari, ekstrakt moddalarni to‘liq ajratib olish uchun ferment preparatlari va pivo achitqilaridan ham foydalaniladi. Arpa solodi ekstraktidan non, qandolat, sut mahsulotlari ishlab chiqarishda va ichimliklar tayyorlashda foydalanish mumkin.
Solod o‘simtalarining ekstraktlari - solod o‘simtalari solodni quritish va ishlov berish jarayonida ajratib olinadi.
Solod o‘simtalarida oqsillar (30%), yog‘lar (1,9%), mineral moddalar (6%), turli xil fermentlarning komplekslari va В, РР, E, С vitaminlar mavjud. Solod o‘simtalaridan suvda eruvchi moddalar bilan boy bo‘lgan eritma olinadi. Eritma bug‘latiladi va quruq moddalarining miqdori 60 % bo‘lgan solod ekstrakti olinadi. Ekstraktdan achitqi ishlab chiqarish va novvoylik sanoatida suyuq achitqilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan oziq muhitlarining tarkibiy qismi sifatida foydalanish mumkin.
|
| |