Presslangan novvoylik achitqilarini ishlab chiqarish




Download 2,52 Mb.
bet10/53
Sana17.11.2023
Hajmi2,52 Mb.
#100605
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUA

Presslangan novvoylik achitqilarini ishlab chiqarish. Presslangan novvoylik achitqilari - yetishtirilayotgan muhitidan (mikroorganizmlar o‘stiriladigan suyuq oziqaviy muhit) ajratilgan, yuvilgan va presslangan achitqi hujayralaridan iborat.
Achitqilarni o‘stirish uchun eritilgan melassa oziqaviy muhit bo‘lib xizmat qiladi. Melassa (lavlagidan shakar ishlab chiqarishdagi chiqindi) - konsistensiyasi qora rangli quyuq suyuqlikdir. Melassaning tarkibida 45 - 50 % saxaroza, 12 % azotli moddalar va 10 % mineral moddalar mavjud. Achitqi ishlab chiqarish korxonalarida melassa suv bilan aralashtiriladi, nordonlashtiriladi, achitqilarga kerakli bo‘lgan azot va fosfor tuzlari (melassa tarkibida mavjud bo‘lmagan) qo‘shimcha tarzda qo‘shiladi.
Achitqilarni yetishtirish ikki bosqichdan: ona va tovar achitqilarni tayyorlashdan iborat bo‘ladi.
Ekilgan achitqilarni olishda oziqaviy muhitga ekishda qo‘llaniladigan achitqilar ona achitqilar deyiladi.
Ekilgan achitqilar tovar achitqilarni olishda ekish materiali bo‘lib hisoblanadi.
Tovar achitqilar - standart talablariga javob beradigan va ishlatishga tayyor bo‘lgan mahsulot hisoblanadi.
Ona achitqilarni yetishtirishda qo‘llaniladigan achitqi avlodlari yaxshi ko‘tarish kuchiga (45 min gacha) va maltozani yuqori faollikka bijg‘itish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Tovar achitqilar ona achitqilarni o‘stirish jihozlarida oziqaviy muhitlarda o‘stirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Achitqilarni quyultirilgan muhitlarda (5 - 6 % qand mavjud bo‘lgan) ko‘paytirish achitqilarning sifatini va achitqi o‘stirish jihozlarining unumdorligini oshiradi. Achitqilar 14 - 20 soat davomida oziqaviy muhitga uzluksiz havo berib (kislorod hujayralarning o‘sishini tezlashtiradi) ko‘paytiriladi. Achitqilar o‘stirish tugallangandan so‘ng o‘stirish muhiti separatsiyalanadi.
Quyuqligi 150 g/l bo‘lgan achitqi suspenziyasi birinchi separatsiyadan so‘ng sovuq suv bilan yuviladi va ikkinchi separatsiyalashga, keyin uchinchisiga yuborilib 400 - 600 g/l gacha quyultiriladi. Keyin achitqi suspenziyasi 4 - 8 0C gacha sovutilib, filtr-presslarda yoki vakuum filtrlarda namligi 75 % ga yetgunicha quyultiriladi.
Bundan keyin achitqilar shakl berish mashinasiga kelib tushadi. Ba’zi hollarda achitqilarga kerakli konsisitensiyaga ega bo‘lish uchun biroz miqdorda suv yoki ularga elastiklik berish uchun 0,1 % miqdorda o‘simlik moyi qo‘shiladi.
Avtomatlar yordamida presslangan achitqilarga 1000, 500, 100, 50 g massaga ega bo‘lgan to‘g‘ri burchakli g‘o‘lachalar shakli beriladi. Achitqilar g‘o‘lachalari toza, quruq, begona hidga ega bo‘lmagan yog‘och yashiklarga taxlanadi. Tayyor bo‘lgan mahsulotlar harorati 2 - 4 0C bo‘lgan sovutgichlarga saqlashga yuboriladi.
Ilg‘or korxonalarda tarkibida 43 % qand bo‘lgan 1 t melassadan namligi 75 % bo‘lgan achitqilarning amaldagi chiqishi 750 - 760 kg ni tashkil qiladi.

Download 2,52 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Download 2,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Presslangan novvoylik achitqilarini ishlab chiqarish

Download 2,52 Mb.