|
Quritilgan solodga ishlov bershi va saqlash
|
bet | 7/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUAQuritilgan solodga ishlov bershi va saqlash - quritishdan so‘ng achchiq ta’mga ega bo‘lgan va solod sifatini pasaytiradigan o‘simtalarni maxsus mashinalarda solodsan ajratib olish. O‘simtalarning tarkibi kimyoviy moddalarga boy bo‘lganligi sababli, ulardan solod ekstraktlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. O‘simtalar ajratilgandan so‘ng solod silliqlash mashinasida silliqlanadi va elanadi. Tozalangan solod 4 - 5 hafta saqlanadi. Saqlash vaqtida solodning sifati yaxshilanadi.
Solod don ko‘rinishida va maydalangan kukun ko‘rinishida ishlab chiqarilishi mumkin. Solod gazlamadan tikilgan qoplarga joylanadi. Bitta qopdagi solodning massasi 50 kg dan oshmaydi.
Solod shamollatiladigan, toza, begona hidlarga ega bo‘lmagan, omborxona zararkunandalari bilan zararlanmagan xonalarda (stellajlarda) saqlanadi. Omborxonaning harorati 10 - 300C gacha bo‘lishi, nisbiy namligi esa 75% dan oshmasligi kerak.
Solodning sifatiga qoyiladigan talablar. Fermentlashtirilmagan oq javdar solodining ranggi oqdan sariq ranggacha, shirinroq ta’mga va solodga xos bo‘lgan hidga ega bo‘ladi. Fermentlashtirilgan javdar solodi esa jigarrang-qizil ranggi, nordon-shirin mazasi va aniq sezilib turadigan hidi bilan ajralib turadi. Oq javdar solodi yuqori fermentativ faollikka ega bo‘lsa, fermentlashtirilgan javdar solodining fermentativ faolligi qariyb nolga teng bo‘ladi.
Fermentlashtirilgan va fermentlashtirilmagan javdar solodining sifatiga qoyiladigan talablar 1-jadvalda keltirilgan.
Respublikamiz novvoylik korxonalarining javdar solodiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, bu xom ashyo yaqin kunlargacha MDH davlatlaridan keltirilar edi. Hozirgi kunda javdar solodini bu mamlakatlardan sotib olish va tashib keltirish xarajatlari uning tannarxidan bir necha marta ortib ketmoqda.
Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining “Non, makaron va qandolat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi olimlari tomonidan 1996 yilda fermentlashtirilgan va fermentlashtirilmagan javdar solodini novvoylik korxonalari sharoitida yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqildi. “Buxoronon” HJning tajriba tsexida javdar solodi ishlab chiqarish texnologik sxemasi tatbiq etildi (1-rasm). Tsex tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot GOST 29272 talablariga to‘liq javob beradi. Solod “Buxoronon” HJ da sifati yaxshilangan javdar noni va quruq kvas ishlab chiqarishda ishlatilmoqda va shuning bilan birga Respublikamizning boshqa novvoylik korxonalariga ham yetkazib berilmoqda.
1-rasm. “Buxoronon” xissadorlik jamiyati korxonasida fermentlashtirilgan javdar solodini ishlab chiqarish texnologik sxemasi:
1 - chiqindilardan tozalangan javdar doni; 2 - donni dejalarda suvda yuvish va ivitish; 3 - plitkalar bilan yopilgan xonada javdar donini undirish; 4 - ko‘k solodni bug‘ koylagi bilan jihozlangan dejalarda fermentlashtirish; 5 - ko‘k solodni elektr pechida quritish; 6 - solod donini stollarda sovitish; 7 - tegirmonda solod donini tortish; 8 - kukunsimon solodni qadoqlash, joylash va o‘lchash; 9 - tayyor mahsulot.
|
| |