|
Kimyoviy yetiltiruvchilar
|
bet | 15/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUAKimyoviy yetiltiruvchilar. Kimyoviy yetiltiruvchilar qandolatchilik va ba’zida novvoylik sanoatida tarkibida yog‘ va shakar miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bu sharoitlarda novvoylik achitqilarini qo‘llab bo‘lmaydi, chunki qandli muhitdagi yuqori osmatik bosim achitqi hujayralarini plazmolizga olib keladi.
Kimyoviy yetiltiruvchilar sifatida natriy gidrokarbonat NaHCO3, ammoniy karbonat (NH4)2CO3 yoki ularning 88:12 nisbatdagi aralashmasidan foydalaniladi.
Natriy gidrokarbonat (ichimlik sodasi). Oppoq rangli, hidsiz, shurtakroq kuchsiz nordon ta’mli, suvda eriydigan kristallsimon kukun. Uning eruvchanligi suvning haroratiga bog‘liq. Masalan 100 g suvda 5 0C haroratda 6,9 g; 15 0C da - 8,9; 30 0C da - 11,1; 50 0C da - 14,5 g tuz eriydi.
Preparat tarkibida 98,5 % dan kam bo‘lmagan miqdorda natriy gidrokarbonat va 1 % dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda namlik bo‘lishi kerak. Og‘ir metallarning tuzlari va mishyak bo‘lmasligi kerak.
Mahsulotlarni pishirish jarayonida yuqori harorat ta’sirida natriy gidrokarbonat qo‘yidagi sxema bo‘yicha parchalanadi:
2 NaHCO3 Na2CO3 + H2O + CO2.
Reaksiya tenglamasidan ko‘rinib turibdiki uglerod dioksidi bilan birga xamirda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida uchrashi salbiy bo‘lgan natriy karbonat ham hosil bo‘ladi. Shuning uchun sanitariya nazorati tashkilotlari tomonidan unli qandolat mahsulotlarining ishqoriyligi keskin chegaralinib qo‘yiladi. Bu yetiltiruvchining kamchiligi yana shundan iboratki, natriy gidrokarbonat tarkibidagi uglerod dioksidining faqat yarimi gaz holida ajralib chiqib xamirni yetiltiradi.
Natriy gidrokarbonat sanoat miqyosida natriy karbonat Na2CO3 eritmasini uglerod ikki oksidi bilan to‘yintirish yo‘li bilan olinadi:
N a2CO3 + CO2 + H2O 2NaHCO3.
Hosil bo‘lgan natriy gidrokarbonat eritmasi filtrlanadi, muzli suv bilan yuviladi, issiq havo oqimi yordamida qurutiladi, maydalanadi va qadoqlanadi. Natriy gidrokarbonat quruq xonalarda saqlanadi.
|
| |