• Quruq achitqilarning sifat ko‘rsatkichlari
  • Quruq achitqilarni qadoqdash va saqlash
  • Quruq achitqilarning sifatiga qo‘yiladigan talablar




    Download 2,52 Mb.
    bet14/53
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,52 Mb.
    #100605
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUA

    Quruq achitqilarning sifatiga qo‘yiladigan talablar. Quruq achitqilar oliy va I navlarda chiqariladi, vermeshil, qumaloq, kichik donachalar, burdachalar shaklida bo‘ladi. Kukunsimon zarrachalarning bo‘lishiga ham (massasiga nisbatan 25 % dan yuqori emas) ruxsat beriladi. Rangi och-sariq yoki och-jigarrang, hidi va ta’mi quruq achitqilarga mos, begona, chirigan, mog‘orlangan hidlarsiz bo‘lishi kerak.
    Quruq achitqilarning sifatiga qo‘yiladigan asosiy talablar 3-jadvalda keltirilgan.
    3-jadval
    Quruq achitqilarning sifat ko‘rsatkichlari

    Ko‘rsatkichlar

    Oliy nav

    I nav

    Namligi, %, ko‘p emas

    8

    10

    Ko‘tarish kuchi, minut, ko‘p emas

    70

    90

    Quritilgan achitqilarning saqlanish muddati, oy, kam emas

    12

    5

    Quruq achitqilarni qadoqdash va saqlash. Quruq achitqilar gigroskopik (namlikni tortib oluvchan) bo‘ladi. U havo kislorodi va namlik bilan to‘qnashganda faolligini tez yo‘qotadi. Shuning uchun ularni germetik idishlarga qadoqlash ma’qulroq. Agar achitqilar saqlanayotgan idish germetik bo‘lmasa, ularning saqlanish muddati ikki marotaba qisqartiriladi.
    Quruq achitqilar sig‘imi 100 - 2000 g bo‘lgan tunuka bankalarga, sig‘imi 10 - 2000 g bo‘lgan polimer materiallar yoki laklangan sellofandan tayyorlangan xaltachalarga qadoqlanadi.
    Qadoqlanmagan achitqilar 10 - 25 kg dan qog‘oz qoplarga yoki pergament va podpergament to‘shalgan yashiklarga 10 - 20 kg dan joylanadi. Saqlash vaqtida achitqilarning fermentativ faolligi pasayadi, avtoliz jarayoni yuz beradi, ko‘tarish kuchi yomonlashadi. Quruq achitqilarni quruq xonada 15 0C haroratda saqlanganda har oyda ularning ko‘tarish kuchi 5 % ga pasayishi mumkin.

    Download 2,52 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quruq achitqilarning sifatiga qo‘yiladigan talablar

    Download 2,52 Mb.