Presslangan achitqilarning sifatiga qo‘yiladigan talablar




Download 2,52 Mb.
bet11/53
Sana17.11.2023
Hajmi2,52 Mb.
#100605
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUA

Presslangan achitqilarning sifatiga qo‘yiladigan talablar. Maxsuslashtirilgan achitqi ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanayotgan achitqilardan tashqari, spirt ishlab chiqarishda melassa-spirt bijg‘itmasidan ishlatilgan achitqilarni ajratish yo‘li bilan olingan achitqilardan ham foydalaniladi. Spirt achitqilarining sifati novvoylik achitqilarining sifatidan ancha past. Ularning saqlashdagi chidamliligi past va maltoza bijg‘itish faolligi ham yomon.
Sifatli presslangan achitqilar qo‘yidagi organoleptik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari kerak: rangi sarg‘ish kulrang; konsistensiyasi zich, sindirilganda ushoqlanadigan bo‘lishi, surkalmasligi kerak.
Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra presslangan achitqilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
2-jadval

Namligi, % ko‘p emas

75

Ko‘tarish kuchi, minut, ko‘p emas

75

100 g achitqilarning kislotaliligi, mg sirka kislotasi hisobida, ko‘p emas: ishlab chiqarilgan kuni
0 dan 4 0C gacha bo‘lgan haroratda 12 sutka saqlangandan va tashilgandan so‘ng

120

300


Chidamliligi, soat, maxsuslashtirilgan korxonalarda chiqarilgan achitqilar uchun, kam emas
spirt ishlab chiqarish korxonalar chiqargan achitqilar uchun

60
48



Achitqilarning namligi qanchalik past bo‘lsa, ularning sifati va saqlash vaqtidagi chidamliligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Presslangan achitqilar xamirni yetiltirish uchun un massasining 0,5-5 % miqdorida ishlatiladi.
Presslangan achitqilar nisaqlash havoning 1 - 4 0C haroratda va 80 - 95 % nisbiy namligida sovutish xonalarida saqlanadi. Sovutish xonasi ortiqcha namlikni olib ketish uchun shamollatilib turishi kerak. Namlikning pasayishi natijasida achitqi g‘o‘lachalarining massasi kamayishi mumkin.
Achitqilar hujayralarning hayot faoliyatini susaytiruvchi past haroratlarda yaxshi saqlanadi. Muzlatilgan achitqilarni ishlatishdan 4 - 6 0C haroratda sekinlik bilan eritish kerak.
Achitqilar uzoq masofalarga 2 - 4 0C gacha sovutilgan holda izotermik vagonlarda, 0 - 4 0C haroratgacha sovutilgan holda refrijeratorlarda tashiladi.

Download 2,52 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Download 2,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Presslangan achitqilarning sifatiga qo‘yiladigan talablar

Download 2,52 Mb.