|
Oziq-ovqat sanoati xom ashyosi
|
bet | 16/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #100605 |
Bog'liq portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATI XOM ASHYOSI O`QUV USLUBIY MAJMUAAmmoniy karbonat. Kuchli ammiak hidigi ega bo‘lgan oq kichik donali kukun. Ammoniy karbonatning tarkibida ammiakning (NH3) miqdori - 28 - 35 %, uchuvchan bo‘lmagan moddalar - 0,02 % dan, xloridlar - 0,001 % ko‘p bo‘lmasligi kerak. Preparat 1:5 nisbatda suvda to‘liq eriydi.
Ammoniy karbonat uglerod dioksidi va suvga gaz holidagi ammiak ta’sir ettirish natijasida olinadi. Ammoniy karbonatni yana ammoniy sulfid va bo‘rni qizdirish yo‘li bilan ham olish mumkin. Hosil bo‘lgan ammoniy karbonat haydash yo‘li bilan tozalanadi. Preparat germetik mahkamlanadigan idishlarda saqlanishi kerak.
Pishirish jarayonidagi qizdirish natijasida ammoniy karbonat ammiak, uglerod dioksidi va suvni hosil qilib parchalanadi:
( NH4)2CO3 2NH3 + CO2 + H2O.
Bu yetiltiruvchi natriy gidrokarbonatga nisbatan ancha ko‘p miqdorda gazsimon mahsulotlarni hosil qiladi. Ammo ammoniy karbonatning kamchiligi shundan iboratki, ammiak pishirish vaqtida mahsulotdan to‘liq ajralib chiqmaydi va mahsulotga yoqimsiz hid beradi. Agar ikki yetiltiruvchi: ammoniy karbonat va natriy gidrokarbonat birgalikda ishlatilsa mahsulotlaridagi ammiakning miqdori sezilarli kamayadi.
Qandolat mahsulotlari retsepturasida 5 - 7 kg/t natriy gidrokarbonat va 0,6 - 1 kg/t ammoniy karbonatni aralashmasining ishlatilishi ko‘zda tutilgan.
Kimyoviy yetiltiruvchilar dastlab suvda eritilib, xamirga qorishning so‘nggi daqiqalarida solinadi.
Nazorat savollari:
1. Novvoylik achitqilari nimadan iborat?
2. Novvoylik achitqilar xamirturushdan qanday farqlanadi?
3. Sanoat miqyosida maxsus korxonalarda qanday achitqilar ishlab chiqariladi?
4. Novvoylik achitqilarini ishlab chiqarishda qanday mikroorganizmdan foydalaniladi?
5. «Presslangan achitqilar» iborasi nimani anglatadi?
6. Sanoat miqyosida presslangan achitqilarning ishlab chiqarilishi qanday amalga oshiriladi?
7. Ona achitqilar tovar achitqilardan qanday farqlanadi?
8. Presslangan achitqilar sifatiga qanday talablar qo‘yiladi?
9. “Achitqi suti” iborasi nimani anglatadi va u qanday afzalliklarga ega?
10. Achitqi suti sifatiga qanday talablar qo‘yiladi?
11. “Quritilgan achitqilar” iborasi nimani anglatadi?
12. Quritilgan achitqilarni ishlab chiqarilishi qanday amalga oshiriladi?
13. Quritilgan achitqilarni sifatiga qanday talablar qo‘yiladi?
14. “Kimyoviy yetiltiruvchilar” iborasi nimani anglatadi?
15. Nima uchun natriy gidrokarbonat va ammoniy karbonatning aralashmasini qo‘llash afzalroq hisoblanadi?
|
| |