Amaliy mashg’ulot: Mato burmalarini va uning plastic xususiyatlarini o’rganib chizish




Download 13,26 Mb.
bet8/19
Sana12.01.2024
Hajmi13,26 Mb.
#136026
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs

Amaliy mashg’ulot: Mato burmalarini va uning plastic xususiyatlarini o’rganib chizish.



Ma'lumki, tasviriy san'atning qaysi janri yoki turida bo‘lmasin, san'at asarlarini yaratish - mato va uning plastik xususiyati bilan chambarchas bog‘liq. O‘quv mashqi uchun rangtasvir, qalamtasvir yoki haykaltaroshlik uchun qo‘yilgan naturmortdan tortib, inson qiyofasi va uning hayotdagi barcha tasvirlarini matosiz tasavvur etish qiyin. 9tol ustidagi dasturxon, derazadagi parda, shamolda hilpirayotgan bayroq yoki harir ro‘mol va hokazolar burmalar hosil qiluvchi jismlar hisoblanadi va rasmda

  1. rasm

ular u yoki bu ko‘rinishda o‘z aksini topadi. Rassom kiyim burmalarini yaxshi his etishi va chiza olishi juda muhim, chunki ijodiy amaliyotda ko‘pchilik kompozitsiyalar kiyimli model tasviri bilan bog‘liq. Shuning uchun o‘quvchilar turli burmalarni his etishlari va chiza olishlari kerak. Mato va kiyim burmalarini chizish jarayonida, ularni mexa- nik tarzda ko‘chirib olish emas, balki ularning hosil bo‘lish tartibini kuzatishga intilish kerak. Burmalar ba'zi joylarda qisqargan. Burmali tasvir bir nuqtadan shunday yoritilishi kerakki, bunda jism burmalari imkon boricha relyefli ko‘rinishi lozim. Eng yaxshisi, mato joylashtirilganda, uning bir tomoni osilgan holatda bo‘lishi, ikki uchi esa, gorizontal tekislikda yotishi kerak (21-rasm). Mato bunday holatda joylashtirilganda, uning burmalari turli xarakterga ega bo‘ladi. Iloji boricha, rasmni ishlash jarayonida ishni murakkablashtiruvchi mayda burmalar tasvirini ishlashdan chekinish lozim. Burmalar aniqroq ko‘rinishi uchun, tekis, g‘ijim bo‘lmaydigan va bir xil sidirg‘a tusli mato tanlanishi maqsadga muvofiq. Burmalarning hosil bo‘lish xarakteri faqat matolarning tabiiy xususiyati (tuzilishi, sifati)ga bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki mato shakl va maydon bo‘yicha qanday yuzani egallashiga ham bog‘liq. Masalan, stol ustidagi dasturxon hech qanday relyef hosil qilmay, gorizontal holatdagi stolning ustki yuzasini o‘zida aks ettiradi. Dasturxonning pastga osilib turuvchi qismlari esa, burma shakllarni hosil qiladi va dasturxon holati o‘zgartirilsa yoki bir tomonidan tortilsa, ularning relyefi o‘zgarishi mumkin. Stol ustidan ko‘tarilgan dasturxon qo‘lda osilib turadi va o‘z og‘irligi hisobiga osilib turuvchi burmalarning butun tizimini hosil qiladi hamda ularning ko‘rinishi va joylashuvi qo‘l harakatiga, holatiga, mato qanday osilib turganligiga uzviy bog‘liq. Bizning misolimizda mato stol ustiga qo‘yilgan stulning bir qismi va stol ustiga yengil tashlangan. Osilib turuvchi mato tasvirini rasmda ifodalash ko‘rinib turuvchi burmalarning oddiy tasvirini chizish degani emas. Bu jarayon matoni sinchiklab kuzatish va mato bilan bog‘liq shaklni o‘rganishni ham taqozo etadi. Mazkur vazifaning asosiy maqsadi - inson egnidagi kiyimni chiza olishdir. Chunki kiyimdagi burmalar odam harakatlanishi bilan o‘zgarib boradi, shuning uchun ham ular tana harakati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Rassomlar oldida doimo shunday vazifa turadiki, ular kiyimni tasvirlash bilan bir qatorda, uning ichida

odam tanasi mavjudligini ham ko‘rsata olishi kerak. 22 rasmda ayol portretining egnidagi kiyimi bilan uyg‘unlashib, uning qiyofasi va qo‘llarini butun bir yaxlitlikda ko‘rsatishini kuzatamiz. Shuni ta'kidlash kerakki, harakatdagi inson qiyofasini natu- radan yoki tasavvur va xotiradan yengil chizgilar yordamida ishlanganida, matodagi

  1. rasm

burmalarning joylashgan o‘rnini e'tiborga olish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday chizgilar rassomni kiyimdagi ko‘p miqdordagi burmalarni chizishga tayyorlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, rasmning sermazmun bo‘lishini ta'minlaydi. Topshiriqlarni bajarish davomida yosh rassomlarga mashhur musavvirlarning mato va undagi


burmalar sermazmun tasvirlangan asarlaridan ishlangan nusxalar namoyish etilishi kerak. Mato tasvirini ishlash ketma-ketligi quyidagicha:

  1. Qog‘oz sirtida tasvir o‘rni belgilab olinadi.




  1. Mato joylashuvchi yuza (stol, orom kursi va h.k.) rasmi chiziladi.




  1. Keyin ushbu yuzada matoning asosiy burmalari yo‘nalishini ko‘rsatuvchi tayanch nuqtalar belgilanadi va yengil shtrixlar bilan asosiy burmalar hamda matoning gorizontal tekislikda yotuvchi qismidagi burmalar chiziladi.

  2. Shundan so‘ng, ikkinchi darajali burmalarni belgilab, matoning soya tushgan qismlariga shtrixlash yo‘li bilan to‘q tus beriladi va mato tasvirining boshlang‘ich bosqichi yakunlanadi.

  3. So‘nggi bosqichlarda tasvirlashning asosiy qonun-qoidalariga binoan yorug‘- soya munosabatlari o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.





  1. rasm

  1. Download 13,26 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Download 13,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg’ulot: Mato burmalarini va uning plastic xususiyatlarini o’rganib chizish

Download 13,26 Mb.