-Amaliy mashg’ulot: Rangtasvir va uning maqsad - vazifalari




Download 13,26 Mb.
bet11/19
Sana12.01.2024
Hajmi13,26 Mb.
#136026
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs

10-Amaliy mashg’ulot: Rangtasvir va uning maqsad - vazifalari.


Rangtasvir janrlari.
Rangtasvir – barcha tasviriy san’at turlarining asosiylaridan biri hisoblanadi. Rassom tasviriy san’at turning qaysi birida ijod qilishidan qat’I nazar, chizmatasvir va rangtasvirga asoslanadi. U o’zining kuzatishlari, katta asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini avval qalamdan dastlabki chizgilar bilan ifodalaydi. Katta san’at kompozitsiya asarlarini ishlashda esa, bajarilgan chizgilar rassomga yordamchi manba bo’lib xizmat qiladi.
Ijodkor u yoki bu asarni ishlashda eng avvalo qalamdan oddiy chizgilardan boshlab skizlar ishlaydi yoki asarning qalamdagi tasvirini ishlab oladi. Shundan keyingina ushbu san’at asari ranglar jilosi orqali tomoshabinga estetik huzur baxsh etadi. Boshqacha qilib aytganda, chizmatasvir rangtasvirsiz hech bir rassom o’z asarini yetuk holga keltira olmaydi.
Rangtasvir mashg’ulotlari buyumlarni to’g’ri tasvirlash, borliqni idrok etish, qo’l, ong va sezgi organlarini shakllantirishda nafaqat bo’lajak rassomga, balki turli kasb sohasidagi kishilarga zarurdir.
Uyg’onish davrining yetuk rassom va olimi Leonardo da Vinchi o’zining
“Rangtasvir qonunlari” nomli asarida, jumladan shunday degan edi: “Yoshlar, o’zlarini ilm-fan, tasviriy san’atda sinamoqchi bo’lsalar, avvalo rasm chizishni mmukammal ilmoqlari zarurdir”.
Rangtasvir mashg’ulotlari boshqa mutaxassislik fanlari qatorida bo’lajak ijodkorlar tayyorlashda asosiy me’zon hisoblanadi. Rangtasvir darslarida amaliy mashg’ulotlar qatorida nazariy bilimlar ham bo’lajak ijodkorlarga ularning keyingi o’qish va ijodiy faoliyatlarida muhim hisoblanadi.
Yoshlarga badiiy ma’lumot berishda borliqni haqqoniy tasvirlash mashg’ulotlari benihoya katta bo’lib, bu ularning umumiy dunyoqarashlarini o’stirishda muhim ahamiyatga ega. Realistik rasm chizish san’ati tabiatdagi shakllarni haqqoniy obrazlarda tasvirlash mahoratini rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Rangtasvirni o’rganish yoshlarga atrofdagi jismlarning hajmini haqqoniy tasvirlash bilan birga, ranglar, ularning konstruktiv tuzilishi, buyumlarning nisbatlari, perspektiva qonunlarini nazariy jihatdan o’rgatadi hamda ularning estetik didlarini o’stirishga xizmat qiladi.



32-rasm















Download 13,26 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Download 13,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Amaliy mashg’ulot: Rangtasvir va uning maqsad - vazifalari

Download 13,26 Mb.