-Amaliy mashg’ulot: Guash bo’yogida natyurmort ishlash. Grafik natyurmort ishlash




Download 13,26 Mb.
bet13/19
Sana12.01.2024
Hajmi13,26 Mb.
#136026
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs

12-Amaliy mashg’ulot: Guash bo’yogida natyurmort ishlash. Grafik natyurmort ishlash.




Rangtasvirni boshlashdan oldin kompozitsiyadagi tomashabin diqqatini tortadigan qarash nuqtasini aniqlab olish lozim. Kompozitsiyaning qaysi qismi muhim? Tomashabinning nigohi birinchi navbatda qaerga qaratiladi? Tomashabin diqqatini tortadigan kompozitsiya markazi mavjudmi? Avvalo o‘zingizga shu kabi savollarni berib ko‘ring. Bu sizga kompozitsion qarash nuqtasini topib olishingizga yordam beradi. Kompozitsiya qarash markazi bu – tomashabin diqqatini ko‘proq jalb qiladigan kartina qismi hisoblanadi Tasvirdagi kompozitsiya markazini topib olgandan so‘ng tomashabinning ko‘z qarashini (kartina bo‘ylab tomosha qilish) ikki o‘lchamli qog‘oz yuzasida uch o‘lchamli fazoviy chuqurlikka yo‘naltirish vazifasi turibdi. Kartinaga kirish nuqtasi odatda qandaydir ranglar yoki chiziqlar yordamida diagonal qarama–qarshi burchakka yo‘naltiruvchi element sifatida uning pastki qismida ko‘proq ishlatiladi. Buning uchun natyurmortda asosiy obrazni ko‘rsatib turuvchi mato burmalari, soya, bir qator mevalar bo‘lishi mumkin. E’tibor bergan bo‘lsangiz ko‘proq mato burmalari, naqshlar yoki stol qirralari bu vazifani o‘taydi. Diagonal yo‘naltirishdan foydalanish qog‘ozning pastki qismining turg‘un bo‘lishiga yordam beradi. Uzoq muddat ishlanadigan rangtasvir ma’lum bosqichlarda bajariladi. Har qanday rangtasvirni ishlash bosqichlarining asosiy prinцipi umumiy yaxlit ko’rinishlarni ishlashdan boshlanib, keyin mayda bo’laklarni ishlashga o’tiladi va yakunlash bosqichida barchasini umumlashtirish ishlari olib borilib vazifa tugatiladi. Natyurmort rangtasviri ishlashning bosqichlari. Dekorativ fonda har xil buyumlardan tashkil topgan natyurmortni planshetga joylashtirishda hajmdor buyumlarga etiborni qaratishimiz lozim. Qo‘yilmani dekorativ yo‘nalishini tahlil etib issiq va sovuq ranglarni bir-biriga bog‘lagan holda ishlash. Har xil idishlarning bir-biriga bo‘lgan mutanosibligini aniqlash. Rang ohanglarini bir-biriga bog‘lash. Shakl mutanosibligini farqlash. Turli xil davrlarga munosib idishlardan tashkil topgan natyurmort.

  1. bosqich: kompozitsiyani joylashtirib, uning qalamda umumiy ko‘rinishini chizib olamiz. Odatda rassomlar bunday ko‘rinishdagi (framemaker) qurilmalarni o‘zlari

yasab olishgan yoki bu ishning ustalariga buyurtma berib yasatishgan. Bunda kvadrat to‘rlarni ramkaga ingichka sim yoki iplarni bir tekisda tartib bilan tortib chiqilgan va qurilmani voqea joyi ko‘rinadigan holda qulay qilib joylashtirilgan. Bu holatda ko‘rinishni qog‘ozga joylashtirib olishda ancha engillik tug‘iladi, biroq shu bilan birgalikda rassomdan ish vaqtida qarash nuqtalari ko‘rinish va qog‘ozdagi tasvir bir xil holatda ko‘rinishini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun o‘ta sabrlilikni ham talab qiladi.

  1. bosqich – Komoziцiyani qog‘oz yuzasida joylashtirish, umumiy ko’rinishini qalamda ishlash.




41-rasm



  1. bosqich – Asosiy shakl va fonning asosiy ranglarini aniqlanadi va natyurmortdagi mevalar, idishlar hamda fondagi asosiy tuslarni aniqlab, katta yuzalarga ishlov beriladi. Ulardagi ranglar sekin-asta to‘qlashtirib boriladi. Kartinadagi boshqa bo‘laklarining rangini fon rangi yordamida tayyorlanib borilsa bir-biriga uyg‘unlashgan, iliq tusdagi kompozitsiya hosil bo‘ladi.


43-rasm



  1. bosqich: kartinaning kompozitsion qurilishi. Mevalarning boy rangi hamda grafin va ryumkalarni keng rang surtmalarida berib boring. Shu'la tushib turgan joylar uchun oq qog‘ozda joy tashlab ketishni unutmang. Tezda qarama-qarshi ranglar, yorqin tus va oq dog‘lar ko‘rinishlari sizni qo‘shimcha ishlov berish, soya chetlarini yumshatish, yuvish ishlarini bajarishga undaydi.

  2. bosqich – Ob’ektning barcha bo’laklaridagi yorug‘–soyalarga ishlov berib, kompoziцiya umumlashtirilad va yakunlanadi. To‘rtinchi bosqich: umumlashtirish


yakunlash ishlari. Yuvib tashlash bilan oq joylarini ishlang. Mevalar, savatning rangdorligiga ishlov berib ranglarni yaxlitlashtirib boring. Alohida bo‘laklarning qirralari yonidagi jismlardan ajratish uchun to‘qlashtiring, kerakli joyini yumshatib aniqlashtirib boring. Ishni tugatishdan oldin uni ko‘zdan panaroq joyga qo‘ying. Ozroq muddat o‘tgandan so‘ng qaraganingizda undagi kamchiliklarni ko‘ra boshlaysiz va uni to‘g‘irlash mumkin bo‘ladi.

    1. rasm

Rangtasvirni bajarish bosqichlari bo’yicha qat’iy mantiqqa asoslab olib boorish ko’nikmalari talabalar tomonidan uzoq vaqt ishlash natijasida asta–sekin egallab boriladi. Uy–ro’zg’or buyumlardan tashkil topgan natyurmortni bajarishda ranglar bilan shaklning hajmdor qurilishi, ularning fazoviy va masshtab jihatdan o’zaro bog‘liqligini ko’rsatish vazifasi qo’yiladi. Talabaga kompoziцiyadagi chiziqli perspektiva, fazoviy perspektiva, yorug‘–soya, rang–tus, o’zaro uyg‘unlik, qarama– qarshilik qonuniyatlari haqida tushunchalar beriladi. Bu rangtasvirda tasvirning chiziqli konstruktiv qurilishi, yorug‘–soya munosabatlarini to’g‘ri bajarish bilan shaklni aniqlashtirish talab qilinadi. Ranglarning o’ta dag‘alligi, rangning juda och bo’lib qolishi, shu bilan birga rangtasvirni o’ta qoraytirib yuborish, qog‘ozni kir bo’lib ketishi, palapartish va qo’pol rang dog‘lariga yo’l qo’ymaslik ham kerak. Tasvirdagi mayda bo’laklarni emas, katta–katta yuzalarni yaxlit ishlash bilan, qog‘ozning butun yuzasi bo’ylab bosqichma–bosqich, rangtasvirning sifatli texnik bajarilishiga erishish talab qilinadi. Yorug‘–soya va reflekslarga ishlashning mohiyati, tasvirni palapartish bo’yash emas, jism shaklining hajmli qurilishini muvafaqqiyatli bajarishdan iborat.


    1. rasm





    1. rasm 48-rasm







49-rasm 50-rasm

51-rasm 52-rasm

  1. Download 13,26 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Download 13,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Amaliy mashg’ulot: Guash bo’yogida natyurmort ishlash. Grafik natyurmort ishlash

Download 13,26 Mb.