|
Amaliy mashg’ulot: Gullardan iborat bo’lgan natyurmort ishlash
|
bet | 16/19 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 13,26 Mb. | | #136026 |
Bog'liq Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs Amaliy mashg’ulot: Gullardan iborat bo’lgan natyurmort ishlash
Akvarelda quruq va ho’l qog’ozlarga ishlash. Akvarel bo’yog’i quruq qog’ozda qog’ozning oqligidan foydalanib buyumlarning shaklini beradigan shaffof ranglarda aks etadi. Lekin bu ishni umuman fazoviy ko’rinishga ega bo’lmagan, xilma–xil tuslarga ega bo’lmagan yoki aylana shakllarning engil yoki fonning qat'iy belgilanganligini bildirmaydi. Quruq yuzada akvarel tezda so’nib qolishini esdan chiqarmagan holda biz och ranglardan to’qqa qarab borishimiz kerak. Avval och joylarga – ko’proq keng rang surtmalarida – asta–sekin to’q joylarni ishlashga o’tiladi. Quruq qog’ozlarda rangtasvir ishlash texnologiyasi akvareldagi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan ho’l qog’ozlarga ishlashdan farqigina ko’rsatib o’tiladi. “Quruq” akvarelda ishlash an'anaviy usullarga tegishli. Ho’l qog’ozlarda ishlash texnikasida shakllarning chetlari yuvilib ketib ularga noaniqroq ko’rinish beradi. Bunda barcha chegaralar hatto orqadagi fon ham mavhumroq ko’rinishga ega bo’ladi. qog’oz qancha ho’l bo’lsa shunchalik bo’yoqlar suyuqlashib tasvirlar shakli mavhumroq bo’lib boradi. Har doim qog’ozning namlik darajasiga e'tibor qilib borish zarur, ish jarayonida mo’yqalam yoki suv shimadigan mochalka yordamida qog’oz yuzasidagi ortiqcha suvi shimdirib olinishini nazorat qilib borish kerak. Ammo ho’l qog’oz deganda yuzasida xalqob suvlar bilan qog’ozni tushunishimiz kerak emas. Quyida bu ikki uslubga doir ishlar misol qilib keltirilgan, uni kuzatarekansiz u usullar haqida sizda aniqroq taasurot paydo bo’ladi. Muvozanat, ritm, har xillik, yaxlitlik va qarama qarshilik kabi kompozitsiya unsurlari jamlanmasidan kompozitsiyadagi vizual harakatni berish uchun foydalaniladi. Bu omillardan o‘z joyida foydalanish kartina va undagi obrazga nisbatan tomashabinning qiziqishini oshiradi. Rassomning hissiy sezgisi kompozitsiyaning asosiy qonun qoidalariga amal qilgan holda bu unsurlar va qoidalarning qaysi biridan qanday foydalanish kerakligini aniqlashiga yordam beradi. Kompozitsiyada
bu qoidalarni qo‘llashdagi ikkillanish yangi ijodiy eksperimentlar qilishga xalaqit beradi. Rangtasvir kartinalari yaratishda bu unsurlarning barchasi mavjud bo‘lsada, ammo ba’zilariga ko‘proq urg‘u beriladi. Bir xil rang surtmalarini turli joylarida takrorlash bilan kompozitsiyada harakatni ifodalashingiz mumkin. Shu bilan birga kompozitsiya unsurlarini (rang va shakl) uyg‘unlashtirib ham harakat hissini beriladi. Shuningdek har xillikni yuzaning silliqlikdan g‘adir budurlikkacha yoki narsaning o‘lchamdagi o‘zgarishlari misolida ham ifodalash mumkin. Rangtasvirda tomashabinning ko‘z qarashini kerakli tomonga yo‘naltirish uchun kompozitsiyadagi barcha elementlar birgalikda ishlaydi. Tuvakdagi gul, butilka va sochilib yotgan mevalar o‘ziga xos chiroyli kompozitsiyani hosil qilgan.
Birinchi bosqich: kompozitsiyani joylashtirib, uning qalamda umumiy ko’rinishini chizib olamiz. Mashq uchun quruq qog’oz va iliq bo’yoqlarni tanladik.
Ikkinchi bosqich: natyurmortdagi mevalar, idishlar hamda fondagi asosiy tuslarni aniqlab, shaklning katta yuzalariga ishlov beriladi. Ulardagi ranglar sekin–asta
rasm
to’qlashtirib boriladi. Kartinadagi boshqa bo’laklarining rangini fon rangi yordamida tayyorlanib borilsa bir–biriga uyg‘unlashgan, iliq tusdagi kompozitsiya hosil bo’ladi.
rasm
Uchinchi bosqich: kartinaning kompozitsion qurilishi. Mevalarning boy rangi hamda grafin va ryumkalarni keng rang surtmalarida berib boring. Shu'la tushib turgan joylar uchun oq qog’ozda joy tashlab ketishni unutmang. Tezda qarama qarshi ranglar, yorqin tus va oq dog’lar ko’rinishlari sizni qo’shimcha ishlov berish, soya chetlarini yumshatish, yuvish ishlarini bajarishga undaydi. To’rtinchi bosqich: umumlashtirish yakunlash ishlari. Yuvib tashlash bilan oq joylarini ishlang. Mevalar, savatning rangdorligiga ishlov berib ranglarni yaxlitlashtirib boring.
Alohida bo’laklarning qirralari yonidagi jismlardan ajratish uchun to’qlashtiring, kerakli joyini yumshatib aniqlashtirib boring. Ishni tugatishdan oldin uni ko’zdan
rasm
rasm
panaroq joyga qo’ying. Ozroq muddat o’tgandan so’ng qaraganingizda undagi kamchiliklarni ko’ra boshlaysiz va uni to’g’irlash mumkin bo’ladi.
rasm
rasm
rasm
rasm
|
| |