|
Amaliy mashg’ulot: Chizmatasvir va uning maqsad - vazifalari
|
bet | 2/19 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 13,26 Mb. | | #136026 |
Bog'liq Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs Amaliy mashg’ulot: Chizmatasvir va uning maqsad - vazifalari.
Tasvirlashning asosiy qonun qoidalari.
Chizmatasvir va Rangtasvir fanining maqsad va vazifalari shuki talabalar rasm ishlash ko’nikmalarini to’liq tushunib uni egallashi hamda fanning inson hayotidagi o’rni va zamonaviy talablar haqida muhim bilimlarni egallashidan iborat. Tasviriy san’at talabalarni komil inson bo’lib tarbiyalanishida va nafosati va ma’naviy tafakkurini shakllanishida muhim o’rin tutadi. Chizmatasvir fani qadim zamonlardan beri ijtimoiy hayotning rivojlanishida insoniyat uchun muhim o’rin tutgan omillardan biri bo’lgan. O’sha davrlarda chizmatasvirning asosiy maqsadlari jamiyatdagi muhim voqealiklarni tosh va qoyalarga, devorlarga oddiy chizgilar orqali ma’lumot qoldirish sifatida qo’llanilgan. Bundan tashqari hukumron qatlamning mafkuralarini jamiyatga singdirish maqsadlarida ham qo’llangan. Insoniyat vaqtlar o’tib ilmiy ongi rivojlanishi va ilm fan taraqqiyotining oldinga siljishi natijasida chizmatasvir muhim loyihalarni bajarishda asosiy boshlang’ich jarayon sifatida o’z o’rniga ega bo’lib bordi. Buyuk kashfiyotlarni dunyoga kelishida olimlar oddiy chizgilar orqali o’sha dastgoh yoki buyumning qoralamalarini chizishganligini tarixiy ma’lumotlar orqali o’rganishimiz mumkin. Misol tariqasida uyg’onish davrining namoyon-dalaridan biri Leonardo da Vinchining qoralamalari orasida keyinchalik kashf etilib insoniyat o’z hayotida foydalanishni boshlagan parashut, uchish moslamalari, o’q otar moslamalar, ko’priklar, arxitektura loyihalari va boshqa qoralama ishlarini bajarganligini ko’rishimiz mumkin.(1,2,3,4,5,6 rasmlar)
rasm 2-rasm
Ushbu loyihalar orqali odamlarning mehnat faoliyatlarida qulaylik, tezlik, sifat ko’rsatkichlari sezilarli darajada o’sdi. Bunday yutuqlar orqali tasviriy san’at bilan ilm fan asta sekinlik bilan bog’lanib ma’lum bir soha vakillari paydo bo’la boshladilar. Xususan arxitektura, muhandislik, dizayn yo’nalishlarining ko’plab sohalarini rivojlanishiga turtki bo’ldi. Bu chizmatasvirning asosiy taraqqiyotning rivojiga hissa qo’shish kabi maqsad va vazifalaridan biridir. Chizmatasvir, hususan tasviriy san’atdan habardor bo’lgan shaxs o’z faoliyatiga kreativ fikrlar orqali yondashadi va rivojlanishga, kashfiyotchilikga bo’lgan fikr va tuyg’ular orqali ishlarini olib boradi. Xar bir tasviriy san’at ishini boshlash jarayonida eng avvalo uning qanday g’oya va maqsadlarga asoslanib ishlanishini ijodkor talabalar hal qilib olishi kerak. Shular qatorida har bir rangtasvir asarida chizmatasvirning nechog’lik o’rni bor ekanligini his qilib olishi lozim. Chizmatasvir barcha tasvir bilan bo’gliq bo’lgan san’at turlarining asosi ekanligini har bir o’rganuvchi ijodkor talaba bilishi va shu asosda chizmatasvir faniga chuqurroq yondashishi kerak. Fazo, rang, kompozitsiya atamalari bu fanning asosiy o’rganish lozim bo’lgan tushunchalaridan hisoblanadi. Rassomchilk, Xaykal-taroshlik, Amaliy san’at, Arxitektura va Dizayn yo’nalishlarining barcha turlarida ijod qiluvchilar faoliyatlaridan qat’iy nazar baribir chizmatasvirga murajat qilib, ijod mahsullarining qoralamalarini va kompozitsiya yechimlarini bajarayotganda ushbu fanga asoslanadilar. Ijodkor bo’lajak asarlari va loyihalarini o’zining kuzatishlarini, asar uchun kerak bo’ladigan qoralama materiallarini va g’oyalarini eng avvalo chizmatasvir faniga asoslanib oddiy chizgilarni qog’ozga tushirgan holda ifodalaydi. Ushbu qog’ozga tushirilgan qoralamalar kelajakda asar va loyihalar uchun katta manba bo’lib hizmat qiladi. Talabalar fanning o’zlashtirish davomida borliqdagi, san’atdagi go’zalliklarni his qilgan holda ko’ra biladi, rang sezish xususiyatlari, kompozitsion madaniyatlari, fazoviy tasavvurlari va texnik estetikasi yanada oshadi, Tasviriy san’at har bir ijodkor shaxs uchun juda keng faoliyatlar maydonidir. Rasm chizishni puxta egallash barcha san’at turlarida muhim o‘rinni egallaydi. Shu sababli akademik surat ishlash bilimi tasviriy faoliyatning barchasida qo‘l keladi, muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Qalamtasvir ishlashga va uni o‘z ma’naviy hayotida foydalanishga
odamlar qadimgi paytlardanoq intilib kelganlar. Shu sababdan ham rasm chizishning ma’lum konun-qoidalari ishlab chiqilgan va yillar, asrlar mobaynida takomillashtirilib kelingan. Qalamtasvir barcha tasviriy san’at turlarining asosi, negizi desak xato bo‘lmaydi. O‘quv - mashq vazifalarni puxta, ifodali qilib tasvirlay olish akademik rasm qonun-qoidalarini atroflicha ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘rganishni taqozo etadi. Ular ish faoliyatini sifatli tashkil etilishiga ham ko‘p tomondan bog‘liqdir. Bundan tashqari chizishda ishlatiladigan asbob-anjomlar sifatli, talabga javob beradigan bo‘lishi kerak. Chizmatasvir ishlashning eng asosiy talabi chizish ob’ektini har tomonlama o‘xshatib aks ettirishdan iborat faoliyatni ta’minlashdir. Buning uchun tasvirni qog‘oz sathida to‘g‘ri joylashtirish, nisbatlarini to‘g‘ri aniqlash, buyumlarning o‘zaro masofasini va perspektiva holatlarini aniq topish talab etiladi. Ishning maqsadga muvofiq chiqishida albatta bilim, tajriba va mahorat yetarli darajada kerak bo‘ladi. Bilim o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish orqali orttirilsa, tajriba va mahorat ko‘p ishlash, tinmay mashq qilish, intilish evaziga orttirilishi ma’lum. Ta’lim olishning yana bir muhim sharti har bir tasvir etiladigan narsa, hodisa, lavhani aslidan, ya’ni naturadan qarab aks ettirilishiga juda bog‘liq ekanligi sir emas. Chunki chizishda hayot haqiqatini ko‘rsata olish sifati eng muhimdir desak aslo yanglish-maymiz. Tasvir chizishni o‘rganish oddiy natyurmortlarni, shuningdek alohida-alohida turgan buyumlarni aks ettirish orqali amalga oshiriladi. Ish tasvirni qog‘ozga to‘g‘ri va chiroyli tarzda joylashtirishdan boshlanadi, so‘ng har bir narsani o‘zaro joylashishi, ular orasidagi masofalar nisbatlar aniq-lanadi. Bunda qalam yengil, qog‘ozga ortiq darajada bosmasdan ishlatilishi kerak. Aks holda noto‘g‘ri chiqqan joylar va yordamchi chiziqlarni o‘chirg‘ich bilan ketkazish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun o‘rtacha yumshoqlik darajasidagi «TM», «M», «2M» rusumli qalamlardan foydalanish ancha qulay. Tasvirlarni ishlashda perspektiva qoidalariga amal qilinishi zarur. Ma’lumki, har bir narsa boshqa narsadan uzoqroqda turgan bo‘lsa, u ko‘zimizga kichrayib ko‘rinadi, tarxlari ham hiraroq bo‘ladi, unga tushayotgan yorug‘lik, soyalar ham birinchi plandagi buyumnikidan farqlanib turadi. Bularning hammasi chiziqli va havo perspektivasi hodisasining tabiatda namoyon bo‘lishidir. Ana shu jihatdan to‘g‘ri
aks ettirilsa tasvir haqqoniy chiqishi ta’minlanadi. Har bir narsa qog‘ozda tasvirlanar ekan, albatta uning turishiga nisbatan ufq chizig‘i topib olinishi kerak. U chizuvchi kishining ko‘zi baland-ligidan o‘tuvchi tasavvur etiladigan gorizontal to‘g‘ri chiziqni tashkil etadi.
|
| |