-Amaliy mashg’ulot: Murakkab shakllardan iborat Vaza, choynak, kopitel, rozetkalar gipsli natyurmort ishlash




Download 13,26 Mb.
bet6/19
Sana12.01.2024
Hajmi13,26 Mb.
#136026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs

6-Amaliy mashg’ulot: Murakkab shakllardan iborat Vaza, choynak, kopitel, rozetkalar gipsli natyurmort ishlash.


Bu vazifaning maqsadi kompozitsiya qurish mahorati va shakl hajmini ko‘rsatishdan, geometrik shakllar - kub, prizma, piramida kabi shakllarni chizish davomida olgan bilimlarni mustahkamlash hamda o‘quvchilarning amaliy san'at turlariga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishdan iborat. Qo‘yilgan vazifani amalga oshirishda relyefli naqshni bajarish maqsadga muvofiq. Naqshning konstruktiv qurilishi va uning soya- yorug‘ tusini belgilash o‘quvchilardan diqqat-e'tiborni talab etadi. Naqsh chizuvchilarga nisbatan ko‘z balandligida och-kulrang fonda joylashtiriladi. O‘quvchilar naqshni yon tomondan kuzatib, ayrim perspektiv qisqarishlarning qalamtasvirini bajarishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Naqshning umumiy shaklini bajarish jarayonida uning asosiy nisbatlari - giрs bo‘yining uzunligiga hamda eni va chuqurligiga nisbatan to‘g‘ri belgilab olinishi muhim. Ustki qism shaklini tasvirlashda o‘quvchilar shakllarning bir xil emasligini ko‘radi. Bu ularni har bir bo‘lakni yanada diqqat-e'tibor bilan tahlil etishga yo‘naltiradi. Haqqoniy tasvirlashning asosiy qonunlaridan biri «panjara geometrik naqshini tahlil etib, uning xarakterli bo‘laklari aniqlanib, bosqichma-bosqich tasvirlanadi. Qog‘oz yuzasida juda yengil chiziqlar bilan naqsh tomonlarining nisbatiga qarab, qog‘oz tik yoki yotiq holda qo‘yiladi. Giрsli naqsh namunasining vertikal tekislikka nisbatan
og‘maligi, tomonlardan birining ikkinchisiga nisbati, perspektiv qisqarish va ufq chizig‘ining qanday holda turishi chiziqli konstruktiv usulda bajariladi. So‘ng tasvirlangan ikki qismli zanjir elementi aniqlanadi. Buning uchun zanjirning ganch taxtasidagi eng yuqori va pastki qismi hamda chekka nuqtalari belgilanadi. Ma'lumki, ushbu naqshning tomonlari, burchak graduslari bir- biriga teng va simmetrik bo‘lgani uchun uni teng ikkiga bo‘lib o‘tuvchi nuqtalardan gorizontal va vertikal to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi (14-rasm, a). O‘tkazilgan vertikal ikki chiziq bir- biriga parallel bo‘lsa, gori-zontal chiziq ganch taxtasining yuqori va pastki gorizontal qirralariga parallel bo‘lmagan holda o‘z holicha o‘tadi. Chunki, bu ikki to‘g‘ri chiziq o‘quvchi qaysi nuqtadan turib tasvirlayotganiga qarab perspektiv qisqarib boradi va ma'lum masofaga borib bir nuqtada uchrashadi (kesishadi). So‘ng panjaraning qalinliklari belgilanadi va ular to‘g‘ri chiziqlar orqali birlashtiriladi. Bu vazifaning 2-bosqichi hisoblanadi (14-rasm b) Keyingi bosqichlarda panjara tomonlarining burchaklari, tekisliklarning bir-biriga nisbatlari topiladi. 9o‘ng rozetka bo‘laklaridagi yorug‘ va soya, yarim soyalar yorug‘lik manbayining tushishiga qarab, qanday o‘zgarishi aniqlanadi. Soya boshlang‘ich bosqichda yengil shtrixlar asosida bajariladi. Naqsh bo‘laklarining yorug‘ va soyalarini hech qachon alohida-alohida ishlash yaramaydi. Tasvirlanayotgan har bir bo‘lakni bir-biriga taqqoslagan holda barobar olib borish, tugallanganligi jihatidan bir-biriga muvofiq bo‘lishi kerak. Ushbu amalning to‘g‘ri bajarilishi ish jarayonida qilingan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatishga yordam beradi (14-rasm) Vazifada bosqichma- bosqich ish yuritish, ya'ni naqshni qog‘ozda to‘g‘ri joylashtirish, har bir bo‘lakni konstruktiv chiziqli qurish va hajmlari ustida ish olib borish orqali biri ikkinchisini to‘ldirib boradi. Ganch naqshining tasvirini to‘g‘ri bajarishda o‘quvchilar quyidagi qonun va qoidalarga amal qilishlari zarur:

  1. Belgilangan ixtiyoriy qog‘oz sirtida tasvirlanayotgan naturaning chekka qirralarini belgilangan holda kompozitsion to‘g‘ri joylashtirish.

  2. Naturadagi shakllarning asosiy tayanch nuqtalarini belgilab, ulardan birining ikkinchisiga bo‘lgan nisbatlarini perspektiv qonun- qoidalar asosida tasvirlash.

  3. Shakllarni chiziqli konstruktiv ravishda qurish, naturada qo‘yilgan asosiy bo‘laklarni belgilash.

  4. Tasvirlanayotgan shakllarning xarakterli xususiyatlaridagi tushuvchi shaxsiy soyalarni belgilash va alohida bo‘laklarga ishlov berish.

  5. Naturadagi barcha buyumlarni tus jihatdan yana bir bor ko‘rib, qo‘yilmadagi shakllarning xarakterini aniqlash va soya, yarim soya, yorug‘, refleks joylarini aniqlash. Buyumni butun birlikka bo‘ysundirish va vazifaga yakun yasash.

Ushbu metodik ketma-ketlikka rioya qilib, tasvirni to‘g‘ri bajargan o‘quvchi vazifadagi qo‘yilgan maqsadga erishadi va keyingi vazifalarni aniq bajarishida u muhim vosita hisoblanadi.




14-rasm
Geometrik shakllar rasmini chizish vazifalari tugagandan so‘ng, murakkab elementlarga o‘tiladi. Qalamtasvir bajarish uchun «Dorika uslubida ishlangan ustunning kapiteli (me'morlik bo‘lagi), shar va prizma shakllari tanlab olinadi (15- rasm, a, b, d, e). Ushbu modellarni tanlab olishdan maqsad yoshlarga geometrik shakllar: kub, shar, silindr kabilarni bajarish davomida olgan chiziqli konstruktiv qurilish, perspektiva, yorug‘-soya va tus munosabatlari kabi kunlar haqidagi bilimlarni mustahkamlashdir. Kapitel va geometrik shakllarning nozik va murakkab konstruksiyasini chi- zish o‘quvchilardan yuksak mahorat talab etadi.






15-rasm

Qo‘yilma stol ustiga ufq chizig‘idan yuqoriroq holda o‘rnatiladi. U yuqori yon tomonidan yoritilgan. Vazifani boshlashdan oldin o‘quvchilar turli nuqtalardan


chizgilar bajarishlari va eng maqbul joyni tanlab olishlari kerak. Aniq joyni tanlab olingandan so‘ng, ishni tasvirlash bosqichlariga to‘liq amal qilgan holda olib borishlari shart. Dastlab, kapitel va uning ustuni biriktirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak asos-taxtachasi, uning pastki silindrsimon ustuni prizma va shar shakllari qog‘oz sirtida kompozitsion to‘g‘ri joylashtirib olinadi. 9hundan so‘ng, ular chiziqli konstruktiv ravishda quriladi. Shakllar simmetrik bo‘lgani uchun ularni tasvirlashda turli yordamchi chiziqlar bilan bir qatorda kapitel asosidan o‘tuvchi va shaklni teng ikkiga bo‘luvchi o‘q chizig‘i belgilab olinadi. Vazifani bajarishda tasvirlashning asosiy qonuni — perspektiva qonuniga amal qilgan holda ish yuritish lozim. Bu yerda to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana shakllarining perspektiva jihatidan qanday bo‘lishini ko‘rish mumkin. Shuningdek, mashq davomida avval katta shakl, so‘ngra esa uning nozik va mayda bo‘laklari ustida ish olib borish kerak. Aks holda, ish yetarli darajada muvaffaqiyatli amalga oshirilmaydi. Kapitel ustuni dumaloq shaklga ega. 9huning uchun uni qurishda uning yaxlit bir aylana shaklga ega ekanligini hisobga olgan holda ish yuritish kerak. Faqat shu yo‘sinda tasvirlash orqaligina uning haqqoniy ko‘rinishiga erishish mumkin. Bu esa, ustun atrofidagi mayda vertikal qavariq bo‘laklar uning asosini tashkil etuvchi aylanalarning perspektiva qonuniga binoan elliрs bo‘lib qisqargan shakllari va uning kichik katta bo‘lagini yarim ko‘rinishda emas, bir butun yaxlit, deb tasavvur etgan holda amalga oshiriladi. Kapitelning nisbatlari yuqori darajada matematik hisoblari asosida qurilgan bo‘lib, ushbu nisbatlarning aniqligi unga ko‘rkamlik baxsh etadi. Shuning uchun uni tasvirlashda juda ko‘plab yordamchi chiziqlar o‘tkazib, aylana markazini to‘g‘ri belgilash va perspektiva qoidalariga to‘la rioya qilgan holda ifodalash hamda yorug‘-soya munosabatlarini yetarli darajada aniq tasvirlash lozim. Ushbu vazifani uzoq muddatli seansda bajargandan so‘ng, sharq va g‘arb klassik namunalariga mansub me'morlik bo‘laklarida plenerda qalamchizgi va uzoq muddatli mashqlar bajarish mumkin. Ayniqsa, o‘zbek milliy me'morlik san'atiga mansub bo‘lgan
«morpech giрs bo‘lagini bosqichma-bosqich tasvirlash davomida o‘quvchilar milliy san'atimiz namunalarini chuqurroq o‘rganadilar (16-rasm, a, b, d, e).

16-rasm

  1. Download 13,26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 13,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Amaliy mashg’ulot: Murakkab shakllardan iborat Vaza, choynak, kopitel, rozetkalar gipsli natyurmort ishlash

Download 13,26 Mb.