|
Amaliy mashg’ulot: Uy ro’zg’or buyumlaridan iborat natyurmort ishlash
|
bet | 9/19 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 13,26 Mb. | | #136026 |
Bog'liq Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs Amaliy mashg’ulot: Uy ro’zg’or buyumlaridan iborat natyurmort ishlash.
Bu qo‘yilmaning asosiy vazifasi - turli shakl va hajmga ega hamda materiallardan iborat buyumlarni kompozitsiya jihatidan qurishga o‘rganish hamda tus vositalari orqali tasvirlash. Uy-ro‘zg‘or buyumlari naturmortini chizish yosh rassom oldiga yangi, yanada murakkabroq vazifani qo‘yadi. Bunda jismlar turli xil shaklga ega bo‘lishi mumkin. Shu bilan birgalikda, ushbu jismlarning barcha- sini geometrik shakllarga o‘xshatishimiz mumkin. Naturmort qo‘yilmasi planshetga shunday joylashtirilishi kerakki, unda qog‘ozning butun yuzasi naturani tasvirlashda faol ishtirok etsin. Agar tasvirlanayotgan jism (mazkur topshiriqda jismlar guruhi) vertikal yo‘nalish bo‘yicha cho‘zilgan bo‘lsa, tabiiyki, qog‘ozning uzun tarafini vertikal holatda joylashtirish kerak. Tasvirlanayotgan jismlar o‘lchami to‘g‘ri tanlanishi lozim: tasvir juda kichik yoki katta bo‘lmasligi hamda u bir burchakka taqalib qolmasligi ham kerak. Chizilayotgan rasm qog‘ozning taxminan o‘rtasida joylashtirilishi lozim. Har bir alohida holat uchun, qog‘ozning bichimini hamda tasvirlanayotgan jismlar va umumiy tasvir maydonining o‘zaro munosabatini hisobga olgan holda alohida kompozitsiya tanlash talab etiladi. O‘quv mashg‘ulotlarida kompozitsiya ko‘rish maydonidagi tasvir asosida tanlanadi, qog‘oz bichimi aniqlanib (yoki berilgan bichimdagi qog‘ozda), unga rasm joylashtiriladi. Tasvir kompozitsiyasini aniqlash (ayniqsa, naturmort chizish jarayonida) - uning joylashuvini, o‘lchamlari va fonini to‘g‘ri belgilashdan iborat. Yaxshi joylashtirilgan tasvirda, umumiy tasvirning butunligi va o‘zaro munosabatini buzmay turib, hech narsani o‘zgartirish yoki olib tashlash mumkin emas. O‘quv rasmini sifatli ishlash uchun bir necha chizgilarni bajarish tavsiya etiladi. Tasvirni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirishda tasvir izlash moslamasi yordam beradi. Ushbu moslamani yasash uchun karton yoki qalin qog‘ozning o‘rtasidan to‘g‘ri to‘rtburchakli teshik ochiladi va ushbu teshik qog‘oz yuzasiga proporsional bo‘lishi kerak. Moslamani chizilayotgan jismga qaratilgan ko‘z nuriga perpendikular holatda ushlab, uni jismga yaqinlashtiramiz, uzoqlashtiramiz va jism qirralarini moslama tomonlariga to‘g‘rilab, jismning aniq joylashuvini belgilab olamiz. O‘quv rasmini ishlash jarayonida qo‘yiladigan asosiy talab - qog‘ozda jismlar joylashuvini to‘g‘ri
belgilashdan va har (o‘ng, chap, yuqori va past) tomonlaridan bir xil bo‘sh joy qoldirishdan iborat. Bunda, shuningdek, jismlarning rangi va ular yasalgan material ham hisobga olinadi. Chunki ular tasvirda tabiiy chizilishi kerak. Shu sababli ham naturmortdagi eng katta jism hech qachon qog‘ozning o‘rtasiga joylashtirilmaydi, balki chap yoki o‘ng tomonda ifodalanishi lozim. Yaxshi joylashtirilgan tasvir hech qachon siqilib yoki qog‘ozda bo‘sh joy ortib qolganga o‘xshamaydi. Shuningdek, o‘quv naturmortida jismlarning nisbatlari qog‘ozda to‘g‘ri belgilanishi kerak. Uy- ro‘zg‘or buyumlari naturmortini chizishda turli materiallardan ishlangan jismlar yuzasidagi yorug‘ va soya kuchini solishtirish kerak. Masalan, metall idishning yuzasini tasvirlash chog‘ida uning shakli va fakturasini to‘liqroq tasvirlash uchun boshqacha xarakterdagi shtrixlardan foydalanish lozim. Shisha yuzali idishga tushuvchi yorug‘lik o‘zining yorug‘lik-soya munosabatlariga juda tez o‘tishi bilan (yuzaning yorug‘likni aks ettirish xususiyati kuchli bo‘lganligi sababli) xarakterlanadi. Bunday o‘tish boshqa materialdan ishlangan jismlarda, masalan, giрs sharda sekin bo‘ladi. Bunday tasvirlarni ishlash chog‘ida ketma - ketlikka rioya qilish katta ahamiyatga ega. Naturmort chizish jarayonini quyidagi bosqichlarga bo‘lish lozim. Dastlab naturmortni turli tomonlardan kuzatilib, yorug‘-soya munosabatlarini hisobga olgan holda, shakl ko‘rinishining eng ma'qul joyi tanlanadi. Vazifaning asosiy maqsadi - buyumlar shakli, rangi, tuzilishi, fazoviy holati jihatdan bir-biridan farq qilishiga alohida ahamiyat berish. Qo‘yilmadagi buyumlarning o‘lchovlari turlicha bo‘lishi maqsadga muvofiq. Kichikroq buyumlar oldinroqda, yiriklari orqaroqda tasvirlanadi. Naturmort kompozitsiyasini qog‘ozga to‘g‘ri topish maqsadida alohida kichik o‘lchamda xomaki tarzda chizib ko‘riladi. Rasm kompozitsiyasi topilgandan so‘ng asosiy ishga o‘tiladi. Qo‘yilmani chizganda, undagi hamma buyumlarni bir yo‘la tasvirlash lozim. Aks holda, rasmda bir buyumning o‘lchovi kattaroq va ikkinchisi esa kichikroq bo‘lib, rasm kompozitsiyasi buziladi. Shuning uchun qo‘yilmadagi barcha buyumlarning umumiy balandligi va eni qog‘ozda yordamchi chiziqlar bilan belgilab olinadi. So‘ng naturadagi har bir buyumning o‘lchovi jihatdan o‘zaro farqi, oralaridagi masofa, soya va yorug‘larning farqi, ranglari ko‘z bilan chamalab aniqlashga
o‘tiladi. Qo‘yilma ufq chizig‘idan pastroqqa joylashtirilgan bo‘lib, uning gorizontal tekisligi aniqlanadi. Giрsli naqsh orqaroqda va balandlikda o‘rnatilgan, mis qumg‘on va sopol piyola oldingi ko‘rinishda joylashgan. Keyin sopol piyola va mis qumg‘onning umumiy shaklini bildiruvchi chiziqlar hamda simmetrik o‘qlar va naqshli giрs mo- delining taxtacha asosi belgilab chiziladi. So‘ngra piyola va mis qumg‘onning ustki, pastki asoslari va naqshning yon tomon yo‘nalishlari perspektiva qonuniyatiga asoslanib belgilanadi. Naqsh gulining turgan joyini aniqlash uchun taxtacha asosi o‘rtasidan yordamchi profil chizig‘i yuritiladi (24- rasm).
rasm
Mis qumg‘on simmetrik shakldagi buyum hisoblanib, u silindr va shar shakllaridan tashkil topgan. O‘tkazilgan simmetrik o‘qdan qumg‘onning balandligi hamda enining o‘lchami topiladi. Qumg‘on ufq chizig‘idan biroz pastroqqa qo‘yilganligi uchun uning ustki va ostki asoslari elliрs shaklda ko‘rinadi. So‘ngra qumg‘on bo‘yi va enini belgilovchi chiziqlarni tutashtirish orqali umumiy shakl topiladi. Milliy naqsh gulining shakli yirik yaxlit qismidan mayda bo‘laklariga ketma-ketlikda bajariladi. Taqqoslash usuli orqali bo‘laklarning nisbatlari bir-birlari bilan hamda yaxlit aniqlab boriladi. Bu bosqichda buyumlarning ko‘rinmas chiziqlari ham chiziladi. Bu usul buyumlarning fazodan o‘rin olib turganini ko‘rsatishda o‘quvchilarni yanglishtirmaydi. Buyumlarning yorug‘lik va soya qoidalariga rioya qilgan holda olib boriladi. Albatta, naturadagi buyumlarning o‘rtasidagi och- to‘qlikning farqini saqlagan holda hamda materiallik fakturasini ko‘rsatib tasvirlash kerak. O‘quvchi tasvirning haqqoniyligini tekshirish uchun mol- bertdan uzoqlashib, o‘zi tasvirlagan shakl bilan naturaga qo‘yilgan buyumlarni tez-tez kuzatish orqali amalga oshiriladi. Bunda oraliq masofa natura va chizilayotgan rasmni to‘liq solishtirish imkonini berishi lozim. Tekshirish davomida natura va rasmga ketma- ket qaraladi hamda mavjud xatolar o‘sha zahotiyoq tuzatiladi. Shuningdek, agar rassom turgan holda ishlayotgan bo‘lsa, u molbertdan biroz uzoqlashib, tasvir va naturadagi jismni solishtirishi mumkin. Rasm chizishning so‘nggi bosqichida xatolarni aniqlab, so‘ngra ularni tuzatishga ko‘p vaqt sarflagandan ko‘ra, rasm chizish jarayonining har bir bosqichida uni boshqarib, tekshirib borish tavsiya etiladi. So‘nggi bosqichda vazifa deyarli tugatiladi — rasmni natura bilan solishtirish, keraksiz chiziqlarni olib tashlash, birinchi va ikkinchi darajali qismlarni umumiy- lashtirish va ishdan umumiy taassurot olish kerak. Yosh rassom uchun naturmort chizish katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. Naturadan naturmort chizish realistik rasmdagi jismlar joylashuvini to‘liq ochib berish, e'tiborni, asosan, perspektiv tasvirga qaratish hamda chiziqli konstruktiv rasm chizishning qonun- qoidalarini o‘zlashtirish imkonini beradi. Naturmort ustida ish olib borish o‘quvchilarda yangi ijodiy qirralarining namoyon bo‘lishida katta ahamiyat kasb
etadi. Ish yakunida oldingi va orqa ko‘rinishda joylashtirilgan buyumlarning tus munosabatlari umumlashtiriladi.
O‘tilgan mavzularga qiyoslab o‘quvchi uyda mustaqil ravishda ko‘plab xomaki rasm va qalamchizgilar bajarishi muhim ahamiyatga ega. Chunki auditoriyada bajarilgan har bir vazifa asosida parallel ravishda uyda ishlangan mashqlar o‘quvchining o‘qituvchi rahbarligida kompozitsiya borasida olgan fazoviy tasavvur, chiziqli konstruktiv tuzilish, yorug‘-soya munosabatlari, perspektiva qonu- ni, nisbatlarni to‘g‘ri belgilash va ayniqsa, tasvirlash malakalarini rivojlantiradi. Buning uchun uydagi turli shakllarga ega bo‘lgan quti, kursi, yashik, bidon, ko‘za, choynak, piyola, stakan va boshqa ko‘plab uy jihoz va buyumlari kifoya (25-rasm a,b,c,d,e).
a b c
d e
rasm
|
| |