Amaliy mashg’ulot: Tabiat manzarasini planerda chizmatasvirini ishlash




Download 13,26 Mb.
bet7/19
Sana12.01.2024
Hajmi13,26 Mb.
#136026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs

Amaliy mashg’ulot: Tabiat manzarasini planerda chizmatasvirini ishlash.




Tasviriy san’atda tabiatni tasvirlash manzara janri deyiladi. Manzarachi musavvirlar o’z asarlarida ifodalagan obrazlar orqali tabiatni sevishga, e’zozlashga va bu go’zalliklardan zavqlanishga chorlaydilar. Manzara faqatgina tabiat go’zalligini namoish qilibgina qolmasdan, turli g’oya va fikrlarni ham ilgari suradi. Ijodkor-musavvir har doim tabiatni sinchikovlik bilan o’rganmog’I va tafakkurini o’stirib bormog’i zarur. Yosh rassomlar dastlabki ta'lim bosqichida, odatda, chizayotgan narsalarni yuzaki, xuddi o'ziday ko'chirishga harakat qiladilar. Ular diqqat bilan oldinma-ketin narsalarga tikilib qarashadi, so'ngra har bir mayda bo'laklarni va ularning rangini alohida-alohida bo'yashadi. Natijada tasvir maydalashgan va bir butun ko'rinishda bo'lmaydi. Bunday kamchiliklar qo'yilmaning predmetlar orasidagi katta rang munosabatlarini etudda ko'rsata olmaslikdan kelib chiqadi. Yosh rassom inson kallasini tasvirlashda ham, masalan, yuzning mayda boiaklaridan boshlamay, faqat harakatdagi, nisbatlarda umumiylik va yaxlitlikdan boshlashi, rangtasvirda esa turli natura obyektlari (naturmort, manzara) yoki narsalarning asosiy umumlashtirilgan dog'lar orasidagi ranglar munosabatini aniqlashni o'rganib olishi kerak. Natura obyektini yaxlit ko'rish va katta asosiy ranglar dog'ini aniqlay bilish — muhim kasbiy mahorat lozim bo'ladi, u esa dastlabki rangtasvir ta'limida shakllangan bo'lishi kerak. Faqat shundan so'ng uzoq muddatli (vaqt bo'yicha) ishlarga, manzara obyektlari yoki naturmortdagi buyumlarning hajmli shakllarini puxta ishlov berishga o'tish mumkin. Ochiq havoda (plener) kichik etudlarni rangda ish-lashda, awalo, asosiy rang munosabatlarini topa bilish muhimdir. Buning uchun naturaning old ko'rinishidagi qarama-qarshi (tusli va rangli) dog'larni uzoqdagiga nisbatan taqqoslash kerak. Kichik o'lchamdagi etudlarda mayda bo'laklarga e'tibor berilmaydi, asosan, katta rang munosabatlarida chiziladi. Manzara etudlarini bajarishda uncha murakkab bo'lmagan sujetlar tanlanadi (masalan, uy bilan hovlining bir bo'lagi (XXIII rangli rasm). Keyinchalik vazifani murakkablashtirib, ochiq kenglik-dagi manzarani tasvirlashga o'tiladi. Bunday etudlarda havo perspektivasidagi, masalan, manzaradagi rang, och-to'qlik va to'yinganlikning turli ko'rinishlardagi hodisa-larga asosiy e'tiborni qaratish lozim.
Bunga esa manzaraning barcha ko'rinishlarini taqqoslash yo'li bilan yaxlit idrok qilish orqali erishiladi. Masalan, old ko'rinishdagi daryo qirg'og'i ikkinchi hamda uzoqdagi ko'rinish bilan, shuningdek, bir vaqtda osmon va uning suvdagi aksi bilan ham taqqoslanadi (etudni ishlash vaqti 15, 30, 60 daqiqa bo'lishi mumkin). «...Etudni shunday tasvirlash kerakki, birdan yer bi¬lan suvni osmonga nisbatan tus munosabatlarini anglab, mohiyatini ilg'ab olish lozim» — deydi taniqli ijodkor K.A. Korovin o'z shogirdlariga. Uning o'zi esa etud¬larda asosiy rang munosabatlarini qurishda mohir usta bo'lgan. Qisqa muddatli etudlarni bajarish maqsadi turlicha bo'lishi mumkin: bir holatda etud uzoq davomli ish ol-didan bajariladi va unda naturadagi rang munosabatlari tahlil qilib o'rganiladi hamda uning koloritiga xos birin-chi taassurotlar belgilanadi: boshqa holda esa — shakl-larni qo'shimcha va puxtaroq o'rganish maqsadida uning mayda bo'laklari (inson qo'lining etudi, manzaraning ayrim bo'laklari) aniqlanadi. Rangtasvirning ayrim qonuniyatlarini puxta o'rganish uchun dala amaliyotida etudlar bajariladi: umumiy yoritganlik holati, kolorit yaxlitligi va h.k. Manzara etudini tasvirlashda har doim yorug'lik tez- tez o'zgarib turadi. Hattoki, quyosh bulut-lar ortida bo'lsa ham, u manzaraga bevosita ta'sir qiladi, ish boshlashidan oldin va so'nggida manzaradagi yorug'lik holati doim turlicha bo'ladi. Naturmortning umumiy tus va rang holatini xonaning ichki sharoitida aniq kuzatish uchun tuzilgan sodda natura qo'yilmalari bilan bir nechta qisqa muddatli etudlar (XXIV rangli rasm) bajarilganda yorug'lik manbayi har xil masofada joylashtirilgan bo'lsa (deraza yaqinida, xona o'rtasida va derazadan uzoqlashgan ho-latda), dastlabki naturmort qo'yilmasi derazaga yaqinroq joylashtiriladi, natijada u boshqalarga nisbatan kuchliroq yoritilgan bo'ladi. Keyingi qo'yilmalarning yoritilishi esa biroz sustroq bo'ladi. Bu o'quv qo'yilmalari orqali etud-lardagi yorug'-soya, rang hamda yoritilishning pasay-tirilishi yoki kuchaytirilishigabog'liq holda uning umu¬miy tus va rang holatining qanday ko'rinishi namoyish etiladi. Koloritga, ya'ni rang qatorining birligi va uyg'unli-giga xos qisqa fursatli etudlar bajarish muhimdir. Bun-day maqsadli qo'yilmalarda qandaydir ma'lum bir rang ustun turishi kerak. Masalan, naturmortni sun'iy issiq yorug'lik bilan yoritish mumkin. Bunday etudlarda mayda bo'laklarni batafsil ishlab
chiqishga hojat yo'q. Muhimi, rang gammasini, uning birligi va uyg'unligini tushunib yetish. Qisqa muddatli etudlardagi qo'yil-malarni issiq va sovuq gammalarda almashtirib turish lozim. Yosh rassom uzluksiz mashqlari natijasida, ranglar-dagi nozik o'zgarishlarni farqlashga, kuzatuvchanligining rivojlanishiga, rang-baranglikni sezishga hamda tasviriy vositalarni mohirona egallashiga zamin yaratiladi. Taj-ribali rassomlarning etudlarini kuzatganda, ularning nihoyatda nafis va jozibali tasvirlanganiga havas bilan qaraymiz. Bunga «Gullar» etudi misol bo'ladi (XXV rangli rasm). Naturaning rangdor koloritli holatini mohi¬rona tasvirlash mahoratiga uzluksiz amaliy ishlash natijasida erishiladi. Shunday qilib, naturaning asosiy obyektlari orasida-gi umumiy hamda beqiyos ranglar munosabatining ma'lum tus va ranglar ko'lamida saqlanganligi rangtasvir-ning asosi hisoblanadi. Shular asosida obyektlarni keyingi ranglarda ishlashning o'ta nozik jarayoni amalga oshi- riladiki, bu tabiatni diqqat bilan kuzatish, uni jonli his etish natijasidir. Qolaversa, rangli tasvir naturmortning alohida buyumlari yoki manzara obyektlari nusxasini yuzaki ko'chirish orqali yaratilmaydi, u buyumlarning rang munosabatlari va ularning fazoviy kenglik bilan birga o'zaro bog'liq holda, yaxlit obraz asosida rassom-ning idrok etishi natijasida vujudga keladi. Har qanday natura qo'yilmasini yaxlit obraz sifatida qabul qilish lozim. Naturmortning turli narsalardan tuzilganligini, masalan, qumg'on, olma, piyola; manzarada esa — alo¬hida osmon, o'rmon va yiroqdagi ko'kimtir tog'larni ma'lum vaqtga yoddan chiqarish kerak. Naturaga bunday qarash orqali buyumlarning shaxsiy rangini ko'rish mumkin, lekin tasvirlash lozim bo'lgan ranglarni emas. Naturaning barcha narsalari yoki obyektlari
— bu rangli kartinaning bir qismi, xolos, ranglarning jarangdorligi, uning yaxlitligi tasvirlash mobaynida namoyon bo'ladi, bu esa xuddi turli musiqa asboblarida ijro etilayotgan yaxlit simfonik asar singari jaranglaydi.
Amaliy maslahatlar

  1. Umumiy tusdagi qisqa muddatli etudlarni dastlab grizaylda bajarish maqsadga muvofiq. Bu esa diqqat-e'tiborni faqat tus jihatdan ko'rsatishga yo'naltiriladi, tasvirlovchini tus shkalasini sezishga, naturadagi eng och-to'q va to'qroqlikni aniqlashga, tus gradatsiyasini bu ikki qutblarga bo'ysundirishga o'rgatadi.

  2. Etudni bo'yoqlarda boshlashdan oldin puxta tayyorgarlik ko'rish lozim: uning kompozitsiyasini yechish, ranglar bilan ishlashga qalamtasvirni tayyorlash hamda etudni rangda bajarish. Etud kompozitsiyasida ko'rish nuqtasi tanlanadi, tasvirning xomaki rasmi bajariladi, ya'ni etudning o'lchami (format), ufq chizig'i, asosiy kenglikdagi joylashishi belgilanadi.

Tayyorlov qalamtasvirida etudning perspektiv-kenglik qatori yaratiladi: nisbatlari to'liq aniqlanadi, narsalar-ning konstruktiv chegaralari, ularning och-to'qlik qismi belgilanadi (dastlabki yordamchi qalamtasvir ishi rang bilan shaklni qurishga to'liq imkon beradi). Bular aso-sida etudning keyingi rangli-plastik yechimi shakllanadi. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, ranglar bilan tas-virlashning so'nggi natijasi mukammal chizilgan qalam¬tasvir bilan aniqlanadi. Yetarli darajadagi tajribaga ega bo'lgach, xomaki rangli etudlarni mo'yqalam bilan bir zumda, dastlabki taassurotlarni saqlagan holda, ishlash mumkin.

  1. Koloritlarni o'rganishga qaratilgan etudlar bilan bir qatorda o'quv jarayonida

«siluetli dog' bilan» xomaki etudlar ishlash ham kerak. Bundan maqsad shuki, tez va ixcham shaklda narsalarning asosiy tus yoki rang munosabatlari, xarakterli nisbatlari, harakatlarini qayd etishdir. Meva va sabzavotlar, qush va hayvonlarning rangli xomaki tasvirlarida, eng avvalo, koloritga xos vazifalarni yechish kerak. Akvarel texnikasida siluet, dog' usullarida nisbat xarakterini, tus yoki rang ma'lumotlarini namoyish etib ishlash juda ham foydali. «Dog'» usulida mo'yqalamdagi xomaki rasmlar shakllar bilan ishlashga o'rgatadi, qalamtasvir — bu, avvalombor, shaklning tashqi ko'rinishidan emas, balki ichki tomonidan tasvirlanishi haqida tushuncha beradi. Shu bilan birga barcha shakllarni yaxlitlikda ko'rish kerak, siluet-ning chetlariga tikilmasdan «o'rta qismiga» nazar tashla-nadi, bo'lmasa bunday holda umumiy shaklning xarakte-ri yo'qolib qolishi mumkin. Shu sababli naturmortlardagi vazalar, qumg'onlar «qiyshaygan», inson qomatining xomaki rasmlarida esa nisbatlarining noto'g'riligi hosil bo'ladi. Demak, chiziqli qalamtasvirda chiziqlar yuri-tilganda ham nihoyasiga yetkazilgan shaklni ko'rish muhimdir.



    1. rasm



    1. rasm





20-rasm

  1. Download 13,26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Download 13,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg’ulot: Tabiat manzarasini planerda chizmatasvirini ishlash

Download 13,26 Mb.