|
- Amaliy mashg’ulot: Chizmatasvirning tasvirlash bosqichlari
|
bet | 3/19 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 13,26 Mb. | | #136026 |
Bog'liq Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs 2 - Amaliy mashg’ulot: Chizmatasvirning tasvirlash bosqichlari.
Natyurmortlarda komponovkani to‘g‘ri aniqlab olish tasvir yaratishda foydalanish zarur shartlardan asosiysi bo‘lib, tasvirning haqqoniy chiqishni ta’minlaydi. Narsaning tasvirini gorizontal sathga va vertikal kartina sathiga nisbatan holati ham perspektiva ko‘rinishiga muvofiq topiladi. Bunda tomonlarning qisqarib, uzoqlashib borgan sari kichrayib ko‘rinishi ufqning tutashish nuqtasiga asosan topib chiziladi. Tasvir yaratishda fazoviy perspektivaga ham ahamiyat berilishi zarur. Chunki yaqinda joylashib turgan buyum uzoqroqdagisidan tusi, rangi, to‘q-ochligi bilan ajralib turadi. Soya-yorug‘liklarni tasvir tarxlariga monand o‘xshatib aks ettirish ular o‘rnini to‘tri mutanosib topishga ham bog‘liqligini unutmasligimiz kerak. Natyurmortlarda manzara tasvirlariga nisbatan perspektiva qoidalarini qo‘llash murakkabroq, chunki buyumlar, narsalar orasidagi farq, masofalar kamroq bo‘lib, ular diqqat bilan kuzatilib aniqlanadi. Manzara, tabiatdagi perspektiva esa yaqqolroq seziladi. Masalan, tekis yo‘nalgan temir yo‘lni kuzatsak bu hodisa aniq ko‘rinadi. Undagi relslar uzoqlashgan sari bir-biriga yaqinlashib, ufqqa borib birlashib, nuqta bo‘lib ikki tomondagi sim yog‘ochlar tobora kaltalashib borayotgandek tuyulishi fikrimizni tasdiqlaydi. Bu hodisani kuzatib perspektiva qonuniyatlarini anglab olish, tahlil qilish, tegishli bilimlarni olish mumkin. Rasm chizish jarayonini bosqichma-bosqich tashkil etilishi tasvir yaratishning eng muhim pedagogik shartlardan biridir. Buning uchun rasm chizganda uning hajmiga, ifodasiga ham, har bir narsaning o‘zi mavjud bo‘lib turgan atrof muhitiga ham ob’ektiv tarzda yondoshilishi haqqoniy tasvirlanishi kerak.
Qalam ushlashning qanday chiziq chizishiga ko’ra bir necha turi mavjud. Siz oddiy chiziqlar chizishdan boshlang, ular qisqa va aniq o’lchamda bo’lsin. Chizma chizishda qo'l bosimi orqali chiziqlarni to'q yoki ochligini nazorat qilish mumkin.
Talaba qalin va bo'sh chiziqlar uchun uchli qalamdan foydalanmaslikka harakat qilishi lozim. Qalamni bosh barmoq bilan ushlab turiladi, barmoqlaringiz qog’ozdan sal yuzada bo’ladi va barcha barmoqlar bilan qalam mahkam ushlanadi. Bir chiziq ustidan boshqa chiziq surkalib ketmasligi kerak. Keng chiziqlarni chizishda barmoqlarni birgalikda ushlab chizish bilan foydalaning. Ingichka va qisqa chiziqlarni chizish uchun yozma yozish singari qalam ko'rsatkich, bosh va o'rta barmoqlar oralig’ida bo'lishi kerak. Qo'lingizni qogóz yuzasiga yengil ushlashga harakat qiling. Har bir ingichka chiziqlar uchun qalam uchi o'tkir holatda bo'lishi kerak.Qalin va zich chizish uchun ko’rsatkich barmoq bilan qalamni qo’gozga ko’proq bosiladi, keyin qolgan barmoqlaringiz erkin harakat qilishni boshlaydi.
rasm
Uzun va egri chiziqlar chizishda siz qalamni uzun holatda ushlang. Ushbu usuldan foydalanishda keng, to’g’ri va yoysimon arkali chiziqlarni chizishda samarali usul hisoblanadi. Qo'lingizni qogózdan uzmagan holatda ishlang.Grafit qalamlar XVII asr ikkinchi yarmida paydo bo’lgan va xozirgi vaqtgacha o’z o’rnini yuqotmay kelmoqda. Grafit qalamlarning yumshoq va qattiq turlari mavjud bo’lib ular tasviriy san’atda boshqa qalam turlariga nisbatan ko’proq qo’llanib kelinadi.Tasviriy san’atda grafit qalamlar ham qalin ham ingichka qismlarni ishlanishi bilan va tugallanmas chiziqlarni chiza olishligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan bir qatorda bu qalamlar deyarli qog’oz tanlamaydi. Ularni nafaqat chizmatasvir uchun mo’ljallangan balki, rangtasvir uchun mo’ljallangan qog’oz turlariga ham chizish imkoni bor Ajoyib rasm siri bu doim ham mahoratli qo’l bilan emas, balki obyektlarni kuzatuv orqali amalga oshiriladi. Buyuk san’atkorlar sirlari aynan ana shundan, ular kuzatgan narsalarini ro’yobga chiqarishadi. Kuzatish asosiy belgilarni o’rganish, ular qanday shaklda ekanligi, soyalar hajmi va boshqa detallarini bilish demakdir. Binolar, daraxtlar, odamlarni ko’rasiz va eslab qolasiz shunga ko’ra chizmalarni amalga oshirasiz, bu esa haqiqiy fantaziya. Qalamni qo’lingizga olib chizma chizishdan oldin obyektni sinchkovlik bilan kuzatishga xarakat qiling. Boshlang’ich shakllarini toping, keyin qog’ozga yengil eskizlashni boshlang, so’ngra aniq o’lchamlarini oling va ular bir biriga qanchalik yaqinda ekanligini aniqlang. Agar sizda kompozitsiya haqida savol tuzulsa, uni qanday joylashtirishni
rasm
o'ylab ko'ring. Kompozitsiyangizni oýlab ko'rganingizdan so’ng keyingi jazayonga o'tishingiz mumkin, bunda chizmangizga strukturali mayda shakllarni qo'shishingiz mumkin, keyin strukturaviy detalarni qo’shing, so’ngra hajm bering. Bu chizma usuli sizga nizbatlarni aniqlashga yordam beradi. Natyurmort so‘zi fransuzchada “jonsiz tabiat tasviri” ma’nosini bildirib, tasviriy san’atda mustaql janr hisoblanadi. Natyurmort chizmatasvirini ishlash va yaratish hech narsaga tenglab bo‘lmaydigan yuqori darajadagi “qo‘llanma” vazifasini o‘taydi. Natyurmort chizmatasvir chizayotgan rassomning oldiga, chizmatasvirda juda muhim bo‘lgan oddiylikdan- murakkablikkacha bo‘lgan bosqichma-bosqich jarayonni va topshiriqlarni ko‘ndalang qo‘yadi.
rasm
rasm
|
| |