|
O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus
|
bet | 19/19 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 13,26 Mb. | | #136026 |
Bog'liq Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs AM ALIY MASLAHATLAR:
l .Qog‘ozga yozishdan oldin , uning xususiyatlarini tekshirish lozim , bo‘yoqlar qog‘oz yuzasini tekis qoplaydimi, suvda oson yuviladimi, qog‘o z turli o‘zgarish va tuzatishlarni qabul qiladimi va h.k. Qog‘oz qattiq asosga yelim langan bo’lishi kerak, chunki to’lqinsimon , namlikdan shakli o‘zgaruv'chan qog'ozda samarali natijalarga erishish mumkin emas. Ishga kirishishdan oldin qog'ozning old tomoni momiq paxta yoki mo‘yqalam yordam ida eng kamida 2 marta toza suv
bilan bog’lanishi kerak. Ikkinchi marotaba bo’yashi dastlabkisi qurigandan so‘ng bajariladi.
Qog‘ozni planshetga yelimlash. Taxta tozalab artiladi.Yelim lashga mo’ljallangan qog‘ozni old tomonini pastga qaratib chekkasidan 2—3 sm o’lchamda yuqoriga qarab bukiladi. Qog‘oz yuzi momiq paxta yordamida xo’llanib , hoshiyasi qoldiriladi. Hoshiyalari yelim bilan surkalgach q og‘ozning old tomonini yuqoriga ag‘darib suv bilan ho’llanadi va hoshiyasini latta bilan oxista yopishtiriladi. Qog‘ozni bir tekis barmoqlar bilan qarama-qarshi tomonlariga tortiladi; bu jarayon namlangan qog‘ozni cho‘zadi va qurigandan keyin to’lqinsimon holati yo‘qolib tekis bo’ladi. Qog‘ozni kartonga yelimlash. Qalam yoki rang uchun ishlatiladigan qog‘ozni kartonga yelimlanadi. Yelim surtilgach yelimdan namlangan qog‘oz qurish jarayonida karton qog‘oz tomonga bukiladi va qurigach egilib qoladi. Buni tuzatish uchun quyidagilarni qo’llaymiz. Agar karton qurigandan so‘ng bukilib qolsa, uning orqa tomoniga yupqa qog‘oz varogi yopishtiriladi; Kartonni orqa tomoniga qog‘ozni yelimlashdan oldin uni bir tekis va suv bilan namlanadi. Karton to‘g‘rilangandan so‘ng, qog‘oz yelim bilan surtilib kartonning old tomoniga yopishtiriladi. Qog‘ozni materialga yelimlash. Asos sifatida turli zig’ir tolasidan tayyorlangan mato va ip gazlamalardan foydalanish mumkin. Materialning old tomonidagi g‘adir-budur tugunchalar olib tashlanadi. Bu jarayon tartibi quyidagicha; 1) Tekis taxta ustiga gazlama tortilib chetlari mix bilan qotiriladi; 2) Gazlama suv bilan to’liq shimilguncha ho’llanadi; 3) Gazlam a qurigandan so‘ng qaytadan tarang tortib bir sidra quyuq kraxmal yelim bilan qoplanadi; 4) Yelimlanadigan qog‘ozni orqa
tomoniga yelim surtiladi va gazlama ustiga qo‘yib tekis tortiladi; 5) Yuza to’liq qurigach mixlar sug'urib olinadi. Qalin qog‘ozga, masalan, vatmanga y elim surtishdan oldin ikki tom oni suv bilan namlanadi, so‘ngra toza latta bilan ortiqcha suyuqlik sidirib tashlanadi.
B o‘yoqlarni astoydil aralashtirib tayyorlash uchun chinni idishlardan foydalangan ma'qul.
Qoida b o‘yicha, avvalo, yorug‘ tusli bo‘yoqlar, undan so‘ng to‘q‘rog‘i surtiladi, ya'ni suyuq bo‘yoqlar, keyin esa quyuqroqlari beriladi. Yaxshi akvarel bo’lishi uchun suvli qilib yorqin bo'yoqda yozish kerak. Buyumni bo‘yashdan oldin yorugiik kuchli tushib turgan qismi saqlab qolinadi. Katta mo‘yqalamda bir xil rangda yopish uchun bo‘yoqni idishdagi suvda aralashtirib olgach, unga besh-o‘n daqiqa vaqt berib tindiriladi. Keyin yangi idishga toza oq mato orqali suzilgach mo'yqalam bo‘yoq bilan shimdiriladi. Qog‘ozni qiya holatda ushlab, yuqoridan pastga qarab mo'yqalam bilan rang beriladi. Maboda bo‘yoq idish tagida cho'kib qolsa "eritma"ni ishlatishdan oldin har safar biroz chayqatib (boshqa mo‘yqalam bilan), biroz fursat davomida tindirishga imkon berish kerak.
|
| |