Amaliy Mashg’ulot: Meva va sabzavotlardan iborat bo’lgan natyurmort ishlash




Download 13,26 Mb.
bet15/19
Sana12.01.2024
Hajmi13,26 Mb.
#136026
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs

Amaliy Mashg’ulot: Meva va sabzavotlardan iborat bo’lgan natyurmort ishlash.


Bu mavzumizda bir yoki ikkita emas, balki nabordagi barcha ranglarni qo’llab natyurmort ishlashimiz mumkin. Lekin bu degani barcha bo’yoqlarni ishlatish shart degani emas, ishni bachkanalashtirib yubormaslik uchun kamroq, faqat ushbu ishga aloqador bo’yoqlarni ishlatgan maqul. Yangi ishni boshlashdan avval: o‘z ijodiy usulimni topish yo‘lida rangtasvir ishlashdagi yangi texnikani o‘rganish, kompozitsiyalar tuzish hamda har xil rang va usullarda ishlashni eksperiment qilib ko‘rish bilan birga o‘z ijodiy faoliyatimdan zavqlanamanmi? – degan savolga javobingizni aniqlab olishingiz zarur. Sizning motivingiz ish jarayonidagi sizning badiiy g‘oyangiz bo‘lib, kompozitsiyani tugatganingizdan keyin o‘z maqsadingizga qanchalik erishganingizni aniqlab beradi. Qo‘yilgan natyurmortni har tomondan



  1. rasm

kuzating va o‘zingizga ma’qul kelgan nuqtada o‘tirib, bu nuqtadan qaraganda kompozitsiya yotiq ko‘rinishdami yoki tik holatda bo‘lishligi aniqlab olgandan keyin uni qog‘ozga joylashtirishni boshlang. Atrofidagi narsalar chalg‘itmasligi uchun natyurmortga kuzatish moslamasi orqali qarab undan asosiy ko‘rinishni ajratib oling va uni qog‘oz yuzasida chiroyli joylashishiga e’tibor bering. Eng oddiy kuzatish moslamasi sifatida o‘z qo‘l barmoqlaringizdan foydalanishingiz mumkin.


Bunda ko‘rsatgich va bosh barmoqlaringizni to‘g‘ri burchak holatida ochib, kaftlaringizni ko‘z qarashingizga teskari holatda oldinga cho‘zing. Bu holatda rasmda ko‘rsatilgandek o‘ng qo‘lingizning bosh barmog‘I chap qo‘lingizning bosh barmog‘iga, chap qo‘lingizning ko‘rsatkich barmog‘i o‘ng qo‘lingizning ko‘rsatkich barmog‘iga tik holatda bo‘lib, kuzatayotgan ko‘rinish tomonga qaratganingizda barmoqlaringiz orasi to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishda bo‘ladi. Qo‘llarni kerakli darajada ochib ko‘rinishni xolst o‘lchamiga moslashtirish mumkin. Mana shu ochiq bo‘shliq orqali qarash kamera ob’ektividan to‘rtburchak sahnaga qarash effektini beradi. Ayni vaqtda 35 mm slayd o‘lchamdagi to‘g‘ri burchakli slayd, yoki kartondan qirqilgan burchaklar ham kuzatish moslamasi vazifasini bajaradi.

  1. rasm

Kartondan qirqib tayyorlab olingan bir juft qora burchak yordamida kompozitsiya syujetlarini kuzatish, o’rganish va kompozitsiyaning eng muhim qismlarini tanlab olish uchun juda qulay moslama hisoblanadi. Undan natyurmort, manzara va portret janrlarida rangtasvir ishlashda foydalanish mumkin. Natyurmort qo’yilmasi


«Rangtasvir - tasvirlanayotgan kartinadagi barcha bo‘laklar orasidagi munosabatlarni, ularning yorug‘lik kuchini va har bir bo‘laklarni o‘zaro taqqoslash natijasida… bo‘yoqlar va nozik farqlar kuchini uzoq vaqt kuzatish orqali borliqni to‘laqonli ifodalash mumkin» – deb aytgan edi K.F.Yuon. Rangning kuchi (to‘yinganligi) farqlarini rang nafisligi yoki och–to‘qligi bo‘yicha aniqlashdan mushkulroqdir. Birinchi bosqich: kompozitsiyani joylashtirib, uning qalamda




  1. rasm

umumiy ko’rinishini chizib olamiz. Mashq uchun quruq qog’oz va iliq bo’yoqlarni tanladik. Ikkinchi bosqich: natyurmortdagi mevalar, idishlar hamda fondagi asosiy tuslarni aniqlab, katta yuzalarga ishlov beriladi. Ulardagi ranglar sekin–asta to’qlashtirib boriladi. Kartinadagi boshqa bo’laklarining rangini fon rangi yordamida tayyorlanib borilsa bir–biriga uyg’unlashgan, iliq tusdagi kompozitsiya hosil bo’ladi. Uchinchi bosqich: kartinaning kompozitsion qurilishi. Mevalarning boy rangi hamda grafin va ryumkalarni keng rang surtmalarida berib boring. Shu'la tushib turgan joylar uchun oq qog’ozda joy tashlab ketishni unutmang. Tezda qarama–qarshi ranglar, yorqin tus va oq dog’lar ko’rinishlari sizni qo’shimcha ishlov


berish, soya chetlarini yumshatish, yuvish ishlarini bajarishga undaydi. To’rtinchi bosqich: umumlashtirish yakunlash ishlari. Yuvib tashlash bilan oq joylarini ishlang. Mevalar, savatning rangdorligiga ishlov berib ranglarni yaxlitlashtirib boring. Alohida bo’laklarning qirralari yonidagi jismlardan ajratish uchun to’qlashtiring, kerakli joyini yumshatib aniqlashtirib boring. Ishni tugatishdan oldin uni ko’zdan





  1. rasm

panaroq joyga qo’ying. Ozroq muddat o’tgandan so’ng qaraganingizda undagi kamchiliklarni ko’ra boshlaysiz va uni to’g’irlash mumkin bo’ladi.

  1. Download 13,26 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 13,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy Mashg’ulot: Meva va sabzavotlardan iborat bo’lgan natyurmort ishlash

Download 13,26 Mb.