|
O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus
|
bet | 18/19 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 13,26 Mb. | | #136026 |
Bog'liq Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kursrasm
rasm
rasm
rasm
rasm
Amaliy mashg’ulot: Maishiy buyumlardan iborat bo’lgan natyurmort ishlash.
Naturadan realistik tasvirlash atrofimizdagi voqea-hodisalar yoki narsalarning shakl va bo‘yoqlarini haqqoniyj tasvirlash malakasini o‘z ichiga oladi. Naturani haqqoniy tasvirlash — bu narsalarni konstruktiv va perspektiva qonunlari asosida qurish, ularning fazoviy joylashuvi, materialligi, hajm va nisbatlarni ifodalash, qalamtasvir yoki etyudni yaxlit bir butunlikka keltirish, tasvirlanayotgan obyektlar va narsalarni xarakterli xususiyatlari va nafisgo'zalligini aniqlashdir. Realistik tasvirlash savodini dastlabki ta’lim bosqichlarida o‘quv natyurmortlarini bajarish orq‘ali o‘zlashtirish mumkin. Darxaqiqat, savodli tasvirlash asoslarini o‘rganishda natyurmort qimmatli tasviriy obyekt bo‘lib hisoblanadi. Masalan, N.Tenning
«Natyurmort» asari misol bo‘la oladi. Natyurmortni rangtasvirning kamerli musiqasi deb atashadi. Unda mahoratli bo‘yoq surtmasi, kolorit monandligi va shakl plastikasini kuzatish mumkin. Ular orqali rangtasvirning asosiy qonuniyatlarini tez va qulay o‘zlashtirish mumkin. Ya’ni, perspektiv va konstruktiv qurilish, shaklning soya-yorug‘ligi va rangda tasvirlanishi, tasvirlanayotgan narsalarning fazoviy uzoqlashishdagi holati va materialligi, tus va rang munosabatlari, manzara va interer, inson boshi va qomatini tasvirlashdagi birlik va uyg'unlik hisoblanadi. Badiiy Akademiyaning raisi T.Qo'ziyev, o‘quv jarayonida natyurmortni muhim ekanligini ta’kidlab; "Natyurmort, — shunday zaminki, unda badiiy maktab mustahkam joylashgan bo‘lishi kerak", — deydi. Natyurmortni xona ichiil;i, ochiq havoda, soyada va quyoshda, tabiiy va sun’iy yorug‘likda tasvirlash lqlim. Bu esa o‘z navbatida o'quv va ijodiy vazifalarni samara amalga oshirishga inixta zamin yaratadi. Natyurmortni amaliy tasvirlashning dastlabki bosqichida biroz soddaroq so‘ngra esa narsa va buyumlarning bir guruhini tasvirlash kerak. Narsalarning bir guruh yig‘ilganini tasvirlash uchun natyurm ort kompo- itsiyasini to ‘g‘ri tashkil etish m u h im d ir. U ikki ¡¡hat asosida tuziladi: natura qo‘yilmasini tashkiliy qismi (narsalarni tanlay bilish va ularni kompozitsion chiroyli joylashtirish) naturaga nisbatan ko‘rish nuqtasini aniqlash va qog‘oz yuzasida qo‘yilmani tasvirlash. O‘g‘uv natyurmort qo‘yilm asini tuzishda quyidagi qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Har bir o‘quv natyurmortning mazmuni rangtasvir dasturida ko‘rsatilganidek aniq maqsad va vazifaga ega bo‘lishi kerak. Talabalar natura qo‘yilm asini tasvirlash jarayonida aynan qanday nazariy bilim va amaliy ko‘nikm alarni o‘zlashtirishlarini tasavvur eta olishimiz kerak. O‘quv vazifalardan tashqari, natyurmort estetik talablarga ham javob berishi kerak: buyum va narsalar aynan mavzuga oid bo‘lishi, mazmun jihatdan ma’noli va ta’sirchan bo‘lishi va ma’lum g‘oyani ilgari surishi kerak. O‘quv natyurmorti ijodiy natyurmortdan vazifasi bilan farqlanadi: o‘quv vazifa muvaffaqiyatli yechim topishi uchun narsalar saralanadi, guruhlashtiriladi va shunday yoritiladiki, qo'yilma natijali yakunlanadi. O‘quv natyurmortida biroz boisada shartli olinishiga imkon yaratiladi. Natyurmort kompozitsiyasi ustida odatda narsalardan natura qo‘yilmasini tuzm asdan ilgari fikrlar yurgiziladi. O‘quv yoki
ijodiy vazifalar asosida rassom ongida bo‘lajak natura qo'yilmasining xomaki obrazi haqida tasavvur hosil bo‘ladi. Masalan, N. Mashkov, "Nonlar" natyurm ortini tasvirlash uchun novvoyga non mahsulotlarini tayyorlab berishga buyurtma bergan. Natyurm ortni tuzish mobaynida shakli mayda naqshlar bilan bezatilgan, konstruksiyasi murakkab narsalardan yiroqda bo‘lgan ma’qul. Murakkab buyumlarga burmali gazlamani kiritish mumkin. Natyurmort qo‘yilmasi haddan tashqari murakkab shaklli va rang jihatdan rangbarang bo‘lishi qo‘yilmadagi rang munosabatlar mohiyatini tushunishga qiyinchilik tug‘diradi. Natyurmort qo‘yilmasini ufq chizig‘iga nisbatan pastda joylashgani ma’qul, chunki buyum va narsalarning ostki qismi (ularning asosi) stol ustida aniq ko'rinib turishi kerak. Agar narsalarning asosi bir chiziq bo‘yicha qo‘yilsa, stol yuzining gorizontal tekisligi ko‘rinmay qoladi, bu esa natyurm ortni fazoviy yechimiga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Natyurmort tuzish vaqtida narsalarni balandligi, ularning surat tekisligida joylashuvi, rang bilan shaklini ham hisobga olish kerak. Narsalar guruhi bir tomonga yig'ilib olishi noto‘g‘ri. Yirik buyumlar qisman bo’sada boshqa buyum bilan biroz to‘silgan bolishi mumkin. Qo‘yilmadagi narsalar shunday joylashishi kerakki, ularni bir qarashda bir birini yaqqol ko‘rish mumkin bo’lsin. Natura qo'yilmasidagi narsalarning ranglari ma’lum darajada bir-biriga yaqin va monand bo’lishi kerak. O‘quv qo‘yilmalardagi fon (zamin) muhim ahamiyatga ega. U turli rang va och to‘qligi bo‘yicha, barobar kontrast kuchi bilan narsalarni idrok etishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Narsalarning yarim-soya va soyali tomonlari och fonda sezilarli ko‘rinib turadi. Qoramtir fonda narsalar o‘zining yoruglik sifatlarini ko‘proq namoyish etadi. Fonning tusi och va to‘q narsalar orasida o'rtacha bolishi, rang jihatdan silliq va ko‘zga yaqqol ko‘rinmasligi naturaning muvaffaqlyatli tasvirlanishiga yordam beradi. Masalan, to ‘q-qizil narsalarda fon neytral qizil tanlanadi, agarda narsalar to‘yingan och yashil bo’lsa, fon kam to‘yingan to‘q yashil bolgani ma'qul. Iloji boricha, natyurmortning foni bilan tagligi (stolning gorizontal tekisligi) tabiiy bo’lishi kerak. Xonaning devori, interer kengligi, yog‘och uyning tashqi devorlari yoki uzoqdagi manzara kengligi ham fon o‘rnida qollanilishi mumkin. Nima bo’lganda ham u natura qo‘yilmasida hayotiy haqiqatni aks ettira olishi kerak. O‘quv natyurmortining kompozitsiyasi tuñicha yechimga egadir. Biroq badiiy pedagogika va realistik san’at tabiat bilan bayon etilgan asosiy talablar o‘zgarmay qolmoqda: aniqlik, badiiy ifodalilik, o‘quv metodik vazifalarning mavjudligi. Ijodiy natyurmort tuzish uchun hayotiy voqe'alarga tayanish kerak. Bunday holda chiroyli va qiziqarli kompozitsiya tuzishda narsalar guruhini kundalik turm ushda qollaniladigan narsa va buyumlardan olish maqsadga m uvofiq. Rangtasvirning asosiy vazifasi shundan iboratki, buyum va narsalarning hajmliligi, materiallik va rangdorlik sifatlarini natura qo‘yilmasidek aniq tasvirlash hamda qo'yilm ani yaxlit tusda yakunlash maqsadga muvofiqdir. Natyurmort kompozitsiyasi Rangtasvir mukammal qalamtasvirga asbslanadi. Shuning uchun rangtasvir jarayoniga o‘tishdan oldin natyurmortning qalamtasvir kompozitsiyasini surat tekisligida tasvirlash xususiyatlariga qisqacha to ‘htalib o‘tamiz. Tasvirlovchi narsalar to ‘plamiga
(natyurmort) ma’lum bir ko‘rish nuqtasidan qaraydi va u ko‘z qarashiga qat’iy ravishda kuzatish perspektivasi qonuniyatining o‘zaro bog‘liqligi bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, naturadagi narsalar o‘zaro yoritilganligi va bir-biriga bog‘- langan bo‘lib, ular oralig‘ida reflekslar, yarim soyalar, soyalar va yorug‘liklar taqsimoti ma'lum bir tartibda bo‘ladi. Mabodo ko‘rish nuqtasi o‘zgartirilsa naturaning o'zaro joylashuvi va yoritilganligi yangi ko‘rinishda namoyon bo'ladi. Ko‘rish nuqtasi yorug‘likka qarama-qarshi bo‘lganda tasvirni siluet tarzida ko‘rish mumkin. Natyurmortni tasvirlash jarayonida to‘plamdagi barcha narsalar, ularning o‘zaro joylashuvi, soya-yorug‘ va tus munosabatlarini obrazli ko‘rinishiga bo‘ysundiriladi va idrok qilinadi. Natyurmort kompozitsiyasini shunday tuzish kerakki, uni qaysi nuqtadan kuzatganda ham u yaxlit bir butun ko‘rinishiga erishmoq zarur. Bu ishning muvaffaqiyatli chiqishi rassomning shaxsiy badiiy didi va tajribasiga bog‘liqdir. Naturaga nisbatan qiziqarli ko‘rish nuqtasini tanlab olgach, qog‘oz varog‘i yoki mato qanday o'lchamda bo‘lishligini aniqlash zarur. Qog‘oz varog‘ida ifodalanadigan natyurmort qo‘yilmasini naturadan to‘g‘ri aniqlab tasvirlay olish kerak. Tajribasiz rassomlarning mato yoki qog‘oz varog‘i tekisligida tasvirlashlaridagi asosiy kamchilik shundan iboratki, ularda plastikali tasvirlash, izlanish jarayoni m ukammal emas. Shuning uchun tasvirlash mobaynida aniq metodik ketma-ketlikka qat’iy rioya g‘ilish samarali natija garovidir. Natyurmort kompozitsiyasini qurilishida dastlab qog‘oz yuzasida tasvirlanayotgan narsalarni puxta joylashuvi, qog‘oz o‘lchamiga nisbatan tasvirning katta-kichikligini aniqlashdan iborat. Har bir natura qo‘yilmasi muayyan o'lchamdagi qog‘ozni talab qiladi. Tasvirlanayotgan narsalar ma’lum o‘lcham tekisligida "tiqilinch" yoxud juda ham kichik joylashib qolmasligi zarur. Haddan tashqari kichik joylashgan tasvirlar qog‘oz tekisligida aniq ko‘rinmaydi. Tasvirda asosiy e'tiborni o‘ziga jalb etuvchi buyum — kompozitsiya markazini, qolganlari esa unga tobe bo'lib hizmat qiladi. Tasvirda tom oshabinning nazari ana shu markazga yo‘naltirilgan bo'lishi kerak. O‘lcham ni aniqlab olgach, asosiy ishni boshlashdan oldin kichik o'lchamdagi qog'oz bo‘lagida bo‘lajak natura qo'yilmasini xomaki variantlari tayyorlanadi, shundan so'ng, asosiy ishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. Dastlab oddiy natura qo'yilmalaridan (gipsli geometric shakllardan), keyin esa geometrik shakllarga yaqin boigan maishiy buyumlardan tuzilgan natyurm ortlarni ishlash, so‘ngra, turli rangdagi, materiallikdagi buyumlardan tuzilgan qo‘yilmalarni (plener sharoitida va intererda joylashtirilgan natyurm ortlar) tasvirlash mumkin. Natyurmort qo‘yilmasini tasvirlashda ishni alohida-alohida buyumlardan boshlab so‘ngra boshqalariga o‘tish also mumkin emas. Narsalar guruhini g‘og‘ozga to‘g‘ri joylashtirishda nisbat, oraliq masofalar, fazoviy joylashuvda xatolikka yo’l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun narsalar to‘plamini yengil chiziqlar bilan belgilab chiqish zarur. Tasvirlashda narsa va buyumlarning perspektiv qisqarishlarini puxta bajarish o‘ta muhim. Rangtasvir uchun dastlabki qalamtasvir ishlarini bajarayotganda yosh rassomlar narsa va buyumlarning tekislikdagi fazoviy joylashuvi, nisbatlari, hajmini, buyumlaming konstruktiv qurilish kabi vazifalarni
to‘liq bajarishmaydi. Ularning diqqat e’tibori narsalarni kontur chiziqlarini tasvirlashga qaratilgan bo‘ladi. Ularning fikricha narsaning sirtqi ko‘rinishi chizilsa, shakl ham to‘g‘ri tasvirlanadi deb hisoblaydilar. Buyumning tashqi ko‘rinishini tasvirlayotib, uning konstruktiv qurilishi, nisbat kabi xususiyatlari nazardan qolib ketishi mumkin. Narsalarning o‘zaro joylashuvi, istagan qirrasini yo‘nalishi naturada osongina aniqlanadi va naturaning yo‘naltiruvchi va vertikal (tik), gorizontal (yotig‘) chiziqlari yordamida tasvir qog‘ozda yengil quriladi. Uzun qalam yordamida qurilmaning perspektiv burchaklarini, qirra nisbatlarini, stol tekisligida o‘zaro turgan joylarini tekshirish mumkin. Buning uchun qalamni cho‘zilgan qo'lda vertikal, gorizontal yoki burchak ostida ushlab qirralarning perspektiv yo'nalishini tekshirish mumkin. Quyidagi tasvirda konusning asos qismini kubning yuqori tom onining eniga bo‘lgan nisbatini qalam bilan asosini chekka o‘ng burchak yoniga qo‘yib vertikal bo‘yicha tekshirish mumkin. Naturada bu vertikal kubning qoraytirilgan tom onini o‘rtasidan kesib o‘tadi, qalamtasvirda esa bunday bolmashgi mumkin. Xatosini aniqlab uni darxol tuzatamiz. Agarda konusning chap tom onini davom ettirsak, u silindrning aylana asosiga zo‘rq‘a tegadi. Bu yerda ham qalamtasvir aytarli darajada aniq emas. Vazani yuqori qismi orqali gorizontal chiziq o‘tkazib uning balandligini konus bo'yiga nisbatan aniqlash mumkin. Yana silindrning ikki tomonini davom ettirsak, qayerga borib taqalishini tekshirib ko'rish mumkin. Naturada kubning Geometrik shakllardan tuzilgan natyurmort. oldingi qirrasi konusning markazi bilan ro‘para kelmaydi, qalamtasvirda u aynan markazda bo‘lib ko‘rinishi ham mumkin. Shunday qilib yana bitta xatosini topamiz. Endi gorizontal joylashgan qalamni naturadagi kubning asosiga keltiramiz va qanchalik silindr asosini pastida bu chiziq o‘tishini kuzatamiz. Naturada ikkalasini asosi deyarli bitta gorizontal chiziqda joylashgan. Buni qalamtasvirda tekshirib ko‘ramiz. Narsalarning nisbatlarini aniqlab, ularni perspektiva qonun-qoidalariga amal qilib qurish hamda yengil-yelpi soyalarni berish mumkin. Bu esa narsalarning nisbatlarini ham va ularning o‘zaro joylashganligini ancha aniq yetkazishga imkon beradi. Stol tekisligidagi narsalar to‘plamini joylashtirishda ularning asoslarini qurish juda ham muhim. Har bir narsaning joyini aniqlam asdan ular orasidagi kenglikni yetkazish mumkin emas. Ayrim narsalar havoda "muallaq" bo'lishi yoki biri ikkinchisiga "o‘yib" kirgandek ko‘rinishi mumkin. Tasvirlash jarayonida alohida narsalarni va ularning qismlarini katta-kichikligini har doim bir-biriga taqqoslab borish zarur. Moybo‘yoqh rangtasvir uchun matoda ko‘mir yordamida yorug‘ va soyalar bilan qalamtasvir ishini bajarish mumkin. Narsalarning hajmdor shakli yorug‘ soyalar bilan qurilsa-qalamtasvir aniq ko‘rinadi. Tayyor bo‘lgan tasvirni tashqi ko‘rinishlari tush bilan chizib chiqib, ko‘mirni esa latta bilan qoqib tashlanadi. Shunday qilinsa bo‘yash uchun zarur bo‘lgan natyurmortning aniq ko‘rinishi qoladi. Rang bilan ishlash jarayonida shakllarning xarakteriga aniqlik kiritib borish zarur. Tasvirlash jarayonida ishni boshidan oxirigacha, albatta, metodik ketma-ketlikka rioya qilish muhimdir. Endi o‘quv natyurm ortini amaliy bajarishga o‘tamiz. Dastlab faqat tusli (grizayl texnikasidagi rangtasvir), keyin rangli (akvarel va moyli bo‘yoqlarda)
tasvirlash jarayoni bilan tanishamiz. Tus rangtasviming ajralmas qismi hisoblanib, u rangbilan birgalikda tasvirlanadi. Tajribasiz rassomlar o'zlarining dastlabki ishlarida faqat rang bilaili ovora bo‘lib qo‘yilmadagi tus yaxlitligini yoddan chiqaradilar, natijada ish sifati buziladi. Rangtasvirni puxta o‘rganishda ko‘pgina yetuk rassom va pedagoglar (oq va qora bo‘yoqlarda) naturani tusda tasvirlashga katta aham iyat berganlar. Bu masalada D.N. Kardovskiy shunday degan: "Tusni yorug‘lik orqali yetkazishdan ko‘ra ranglarda berish murakkabdir. Shuning uchun rang tasvirga o‘tishda, yorug’likdagi tusga bo'lgan ko‘nikmaga ega bo’lish kerak...". Demak, rangtasviming boshlang‘ich kursida grizayl texnikasida mashqlar bajarishni tavsiya qilamiz. Tasvir qalamda puxta bajarilgach, har bir narsa va buyumning materialligi, uning hajmi, tus munosabatlari ranglar vositasida hal qihshga o‘tiladi. Realistik qalamtasvirning bunday sifatlariga har bir narsalardagi (shula, yorug‘lik, yarim soya, soya va h.k.) soya-yorug‘lik gradatsiyasi va ularning ranglardagi o‘zaro tusli farqlarini to‘g‘ri hal etish orqali erishish mumkin. Rang jihatidan ba’zi narsalar naturada zich va to‘qroq, boshqalari esa ochroq ko'rinadi. Ayrim narsalarda shaxsiy soya to'qroq va zichroq "og‘ir" (masalan, chinni ko‘zada, cho‘yan qozonda), boshqalarida esa soyalar ancha ochroq "nozik" (gipsli vaza, qog‘oz rulon va h.k.) ko‘rinadi. Bu tusli farqlarni Gipsli geometrik shakllardan va unga o ‘xshash maishiy buyumlardan natyurmort. qalamtasvirda ham teng ravishda mutanosibhkda ifodalash kerak. Bu chog‘da narsalar orqasidagi fonni ham hisobga olish zarur. Natura qo'yilmasidagi barcha narsalarni tusga nisbatan fonning och-to‘qligi munosabatlarining to‘g‘ri olinayotganligi kenglikni ko‘rsatishga imkon tug‘diradi. Tus munosabatlarini eng to‘q narsalardan yoki chui|iir ichki soyalardan boshlab ko‘rsatilishi to‘g‘riroqdir. har bir narsalarning tus kuchini bir-biri bilan solishtilish zarur, narsalarning o‘zaro och joylarini, soyanisoyalar bilan, yarim tusni yarim tuslar bilan taqqoslash zarur. Qandaydir to‘q idishda shaxsiy soya undan tushuvchi soyaga nisbatan to‘qroqdir. Mevalardagi yorug‘lik eng yorug‘ joyiga qaraganda to‘qroq bo’lishi mumkin. Tasvirda va naturadagi narsalarni bir-biri bilan doimiy taqqoslash orqali ular orasidagi farqlarni kamayishiga erishish zarur. Uning to‘q narsalar yoki uning soyasi — bu qora baxmalda va ko‘mir rangida emasligini esda tutish kerak. Qora buyiimlar va ularning soyalarini ancha yumshoqroq, lekin Juda ham to‘q qora tusda ishlash kerak emas. Hattoki qora baxmalni tasvirlashda ham qalam yoki qora bo‘yoqni bor kuchidan foydalanish noto‘g‘ri, aks holda qog‘ozda yoki matoda qora teshik paydo boladi. Shuningdek, naturadagi juda oq narsalarni toza oq bo‘yoqlar bilan tasvirlashning iloji yo‘q, chunki, u oq bo‘yoqqa nisbatan ancha to'qroq bo’ladi. Ishning birinchi bosqichida — asosiy m unosabatlarni aniqlash kerak. Naturadagi asosiy obyektlarning yorug‘- soya munosabatlari: fonning och-to‘qligi, narsalarning sirtidagi och-to‘qligiga va ularning o‘zaro bir-birlariga nisbatan aniqlanadi. Avvalo qo'yilmadagi narsalarning umuiniy tusi bir sidra qoplanadi. Agar umumiy m unosabatlarni noto‘g‘ri olsak qalamtasvirning aniqligi, keyingi alohida narsalarning hajmli shakllaridagi yorug‘-soya ham, tasvir aniqligi va haqqoniyligini, materiallik va kenglikni ko‘rsata olmaymiz. Ishni soyadan yoruglikka qarab yuritish kerak,
buning ustiga soya joylariga imkon boricha bo‘yoq qatlam ini yupqa va nozik berish, yoruglikni esa ularga nisbatan quyuq bo'yoqda ancha to‘qroq qatlamli va aniq surtmalar bilan qoplash zarur. Grizayl texnikasida soya, yarimsoya, reflekslarni birdaniga kerakli tusda mos bo‘yoqlar bilan qoplash, (iloji boricha bo‘yoqni qayta- qayta berishni takrorlamasdan) bo‘yoq surtmalarini shakl yo‘nalishi bo’yicha hafakatlantirish kerak. Masalan, silindrsimon shaklga ega bo'lgan narsaga turli tasodifiy yo‘nalishda surtmalar berilsa, ushbu shaklning aylanaligini ko‘rsatish mushkuldir. Naturadan tasvirlayotib narsalarning munosabatlarini nafaqat tus kuchi bo‘yicha balki uning aniqligini ham, narsalar sirtlarining kontrastli chegaralarini ham kuzatishimiz kerak. Har bir narsaning ko‘rinib turgan tashqi ko'rinishi o‘zining ko‘lamida turlicha: qandaydir narsaning yoritilgan chap tom oni yorug‘lik kuchi bo‘yicha fonga nisbatan yaqinroq bo‘lishi mumkin. Shu narsaning o‘ng tomonidagi chegarasi tus jihatdan fon bilan deyarli qo‘shilib, uning yuqori qirrasi fonda yaqqol ajralib turadi. Asosiy narsalar va ularning sirtlari orasidagi tus munosabatlarini to‘g‘ri ko‘rsatishdan tashqari, har bir narsaning hajmli shaklini soya-yorug‘ bilan ham puxta ishlash kerak. Gipsli narsalarning sharsimon va silindrsimon shakllar (yorug‘likdan soyaga bora turib) yuzasini har bir m illimetri asta-sekin to‘qlashtiriladi, buning ustiga shaxsiy soyasining eng to‘q joyi soya tomonidagi narsa chegarasida emas, aksincha bir oz ichkari tomonida bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishning o ‘ng tom onidagi shahsiy soyasi refleks tufayli yoritiladi. Tekisliklar bilan chegaralangan (prizma, kub va h.k.) narsalarning yorug‘-soyalarini bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o ‘tish izchilligining hususiyati shundan iboratki, har bir tekislik boshqa tekislik tusidan farqlanib o‘zining ma’lum tusiga ega bo‘ladi. Yorug'likka qaratilgan tekisliklardagi yoyilib tushayotgan tekisliklarga nisbatan, yorqinlik ravshan yoritilgan bo‘ladi. Shakllarni turlicha tusli tekisliklar bilan yasashning bunday tartibi katta qismlarga ham, kichik shakllarga ham tegishlidir. Tusli tasvirlash mobaynida tasvirlovchidan narsalarning uzoqligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Agarda bir qatorga bir xil narsalarni turli masofada joylashtirsak, yaqindagi narsalarning mayda bo‘laklari va materiallik fakiLirasi ancha aniqroq ko‘rinadi. Uzoqlashgan sari bu aniqligi yo'qolib xiralasha boradi. Uzoqdagi obyektlar siluetli va tekis (yassi) bo‘lib ko'rinadi. Old ko‘rinishdagi buyumlarning soya-yorug‘ qismlari olisdagidan ravshan va aniqroq ko‘rinadi. Narsalarning hajmli shakliga puxta ishlov berilgandan so‘ng, ularni umumlashtirishga o‘tish zarur. Har bir narsani tasvirlash jarayonida alohida mayda bo’laklarni, ularning yorug‘ soyasini maromiga yetkazib ishlash lozim. Narsalar guruhini yaxlit bir butun tasvirlash uchun, hammasini bir vaqtda kuzatib, har birining yorug‘ va soya joylarini barchasiga nisbatan taqqoslash kerak. Narsalar guruhini yaxlitligini saqlash- haqqoniy tasvirlashning asosiy shartidir. Akvarel bo‘yog‘ida dastlabki mashqlarni bajarish uchun 3—5 ta narsadan iborat, rang va tus munosabatlari birbiridan farq qiladigan, shakli bo‘yicha uncha murakkab bo’lmagan buyumlar boiishi kerak. Sodda qo‘yilmalarni astoydil ishlab ijobiy natijalarga erishmasdan turib, m urakkab
natura qo‘yilmalarini bajarishga o‘tish noto‘g‘ri. Akvarel bo‘yog‘ida mashqlarni muntazam ravishda bajarish va ularni asta-sekin murakkablashtirib borish maqsadga muvofiq. Uzoq vaqtga mo'ljallangan har qanday vazifa oldidan dastlabki qisqa muddath etyudlarni bajarish muhimdir. Shu tariqa bajarilgan ranglavhalar tasvirlanayotgan naturani katta hajmga ega boigan matoda yoki qog‘ozdagi kompozitsiyasini to ‘g‘ri topishga ko'maklashadi va ishlash jarayonida naturadagi dastlabki taassurotlarni aniq yetkazishda va uning rang munosabatlariga xos xususiyatlarini aniq ko‘rsatishda namuna bo'ladi. Natyurmortni akvarel bo‘yoqlari bilan rangda ishlash jarayonini (ko‘rgazmali) amaliy namoyish etish uchun biroz murakkab bo‘lgan meva, sabzavotlar va maishiy narsalardan tuzilgan natura qo‘yilmasini olamiz. Qo‘yilmadagi sopol idish tekis yaltiroq yuzaga ega, shuningdek, ravshan ifodalangan (nur) shu’lasi mavjud. Hamma narsalar stol ustiga joylashtirilgan, orqada yorqin kul rangdagi devor foni va sidirq‘a matolar. Mevalarda aniq belgilangan shaxsiy, tushuvchi va yarimsoyalar aniq ko‘rinib turibdi. Sopol idishda iliq va sovuq reflekslar mavjud. Bunday tuzilgan natyurmortning qalamtasviri qiyinchilik tug‘dirmaydi, ammo ranglarda tasvirlash biroz murakkabroqdir, chunki mevalarning aniq rangini tasvirlash uchun rang munosabatlariga qat’iy amal qilish zarur. Bo‘yoqni dastlabki qatlam ini qo‘yishdan boshlab rang munosabatlaridagi m utanosiblikni saqlab borish kerak. Akvarel bo‘yoqlari qurigach biroz oqaradi, shuning uchun ham ularni rang jihatdan to ‘qroq olish mumkin. Akvarel bo‘yoqlari bilan tasvirlash jarayonida narsa va buyumdagi yorug‘ bo‘lib turgan qismlarini bo‘yamaslikka harakat qilish kerak. Malaka ortib borgan sari kerak bo‘lgan tuslarni tezda hosil qilish mumkin, qog‘oz yuziga qanchalik ortiq‘cha bo‘yoq qatlami surtilsa, narsalarning rangi xira bo‘ladi. Madomiki, ranglarni birdaniga olinib kerakli joyga surtilsa, uning yonidagi tuslarni ham topish yengil ko‘chadi. Birdaniga tanlab qo‘yilgan ranglar naturadan bevosita birinchi taassurotlarni anchagina to‘g‘ri yetkazadi. Tasvirlovchi har bir narsaning hajmdor shaklini soya yorug‘ning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning rang o‘zgarishlarini ham e’tibor bilan kuzatib borishi kerak. Jigarrang idish yarim soyada va yorug‘likda xilma-xil rang turiga ega. Fondan tushayotgan reflekslar jigarrang emas, balki siyoxrangdir. U ndan tashqari mevalar soyasida reflekslar mavjud, ular o‘zaro och-to‘qligi bilan va ranglari bo‘yicha farqlanadi. Eslatib o‘tmoqchimizki, hamma (narsalar) buyumlarII¡ bir vaqtni o‘zida och-to‘qligi, rangdorligi va to‘yinI’lmligini taqqoslagan holda rang bilan bo‘yash kerak. Demak narsalarni yakka kuzatmasdan, aksincha to‘plamni yaxlit ko‘rishga harakat qilish lozim. Yonma-yon turgan ikkita narsaning rang farqlarini taqqoslash qiyin emas. Agarda oldimizda o‘nta narsadan tashkil topgan natyurinort bo‘lsa, har bir narsaning rangini yakka holda, shuningdek hammasi bilan birgalikda yaxlit taqqoslash zarur. Ya’ni xuddi orkestrda bo‘lgani kabi. Orkestr — bu m usiqa asboblaridan tashkil topgan ansambl bo‘lib, faqat dirijyorgina bu ansambldagi barcha musiqa asboblarini bir vaqtda o‘zi eshitadi. Rangtasvirda ham xuddi shunday, faqat yahlit idrok etish natijasida narsalar guruhining rang munosabatlarini to‘g‘ri aniqlashga imkon beradi.
Har bir narsaning hajm dor shakliga ishlov berishda undagi mavjud iliq va sovuq rang turlarini diqqat e’tibor bilan kuzatish lozim. Shu bilan birga eng muhimi um umiy tus va ranglar gammasini (barcha bo‘yoqlarni uyg‘unlik birligi) nazardan chiqarmaslik kerak. Narsalarning shu’lalarini tasvirlash mobaynida ularning jozibali ranglarini unutib faqatgina yorqinligiga erishish bilan chegaralanish kerak emas. Har bir narsaning och-to‘qligi va rangdorligi fon bilan atrofdagi narsalar rangi va och to‘qligiga bog‘liq bo‘lsa, unda narsa rangini atrofdagilari bo‘yalmaguncha to‘g‘ri ifodalash mumkin emas. Agarda bitta narsaning rangi o‘zgartirilsa, bu bilan birga ularning yonidagi bo‘laklarini ham o‘zgartirish kerak. Soyalar to‘qlashtirilsa yorug‘ yanada yorqinlashadi. Ammo fonni qoraytirsak unda narsalardagi yorug‘ aniq ajralib, soyalarning kontrastligi yo‘qoladi. Narsalarning old va orqa ko‘rinishlar orasidagi kenglikni ko‘rsatishga ham e’tiborni qaratish lozim. Natyurmortdagi narsalar bir-biridan turli masofada joylashadi, yaqindagi narsalar yorqinroq ko‘rinadi. Agarda uzoqda turgan narsalarning ranglarini yengilroq va xiraroq olinmasa, oldingi qatorga chiqib ketadi. Natyurmortni tasvirlash vaqtida havoiy perspektivaning ta’sirini har doim ham naturada yengil sezish qiyin; shunga qaramay buni har doim yodda tutib qalam bilan tasvirlashda bitta narsani yaqinroq joylashtirib, boshqasini esa uzoqlashtirib tasvirlash kerak. Agarda bo‘yoq mo'yqalam va suv bilan yaxshilab eritilgan bo‘lsa, qog‘oz yuzasida yorqin tasvir hosil bo‘ladi. Mabodo aksi bo‘lsa u holda qog‘oz sathida mo'yqalam izlari qoladi, ish esa sifatsiz chiqadi. Akvarelda tinmay vazifalar bajarish, turli usul va uslublarda astoydil ishlash orqali ko‘nikma va malaka ortib boradi. "Yorqin" yozish texnikasi narsaning materialligini aniq ko‘rsatishda va chuqur soya joylarini shaffof bo‘lishiga imkoniyat beradi. Agarda ish jarayonida ikkala uslubdan samarali foydalanilsa: barcha soya joylarini va reflekslarni faqat "yorqin" uslubda, yorug‘lik va yarim soyalarni esa — "quruq" usulda ishlash yaxshi natija beradi. "Yorqin" uslubda ishlash "quruq" ishlashdan ustun bo'lishi kerak. Narsalarning yoritilgan joylari aniq tashqi ko'rinishga ega. Soya va uzoq ko‘rinishdagi tus va rang kontrastlari sustroq, shakllari esa yaqqol tashqi ko'rinishga ega emas. Soya va orqa ko‘rinishdagi narsalarning tasviri umumlashtirilgan holda bo‘lishi lozim. Aynan shu joyda namligicha ishlash usulini qo‘llash ma’qul. Ishlashdan oldin qog‘ozni toza suv bilan yumshoq latta yoki katta mo‘yqalam yordamida bir sidra ho‘llanadi. Ikki-uch daqiqadan so'ng qog‘oz suvni shimib olgach akvarel bilan ishni boshlash mumkin. Bo‘yoq surtmalari nam qog‘oz yuzida eyilib, bir-biri bilan qo‘shilib, mayin va nozik o‘tishlar hosil qiladi. Agarda biror bir joyini ajratish lozim bo‘lsa, qog‘ozni quritib kerakli bo‘yoq surtmasi beriladi yoki "quruq m o‘yqalamda aniq rangli chegarani talab etilgan joylari to'qlashtiriladi. Namligicha ishlash usuli tasvirni nihoyatda nozik va jozibali ko‘rsatishga imkon tug‘diradi. Akvarel bo‘yoqlari bilan ishlash jarayonida soyayorugMagi nozik o‘tishlarni silliqlab borish kerak emas. Quruq qog‘ozdagi kuchli namlangan bo‘yoq dog‘i qurigandan so‘ng juda ham yaqqol kontur paydo qiladi. Shuning uchun bunday dog'larni chekka qirralarini qurimasdan yumshatish lozim. Tasvirlanayotgan etyud muvaffaqiyatsiz chiqsa, tuslari xira
bo’lsa ish jarayonini to‘xtatib katta m o‘yqalam yoki paralon yoki momiq paxta yordamida ishni yuvib tashlash kerak. So'ngra ishni qayta akvarel bo‘yog‘ida ishlash maqsadga muvofiqdir. Juda namlangan qog‘oz odatda bo‘rtadi, egiladi, ammo qurigan paytda yana tortilib uning yuzida ishni davom ettirish mumkin. Akvarel bo‘yoqlarida bajariladigan dastlabki o‘quv mashg‘ulotlari har doim ham ko‘ngildagidek bo‘lavermaydi. Ranglar xira, kir va sifatsiz bo‘ladi. Bunday holatda cho‘chish kerak emas, chunki taniqli rassomlar ham dastlabki o ‘rganish jarayonida barcha qiyinchiliklarni boshlaridan kechirganlar. Umuman haqiqiy mahorat tinmay o‘qish, o‘rganish va izlanish jarayonida hamda astoydil amaliy mashqlarni bajarish orqali yuzaga chiqadi. Kartina haqida gapirganda: "Bu qanday dadillik bilan tasvirlangan" deb hayqirishdan ko‘ra "Qanday ajoyib" yoki "Qanday go‘zal tabiat" deyilgani rassom uchun katta baxt. Rangtasvirda eng muhimi shakllarning aniqligi, oddiyligi va mazmunni chuqurligidir.
|
| |