|
Amaliy mashg’ulot: Tabiat manzarasini etyudlarini ishlash
|
bet | 17/19 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 13,26 Mb. | | #136026 |
Bog'liq Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs Amaliy mashg’ulot: Tabiat manzarasini etyudlarini ishlash.
Manzaraning rangtasviri – rangtasvir dasturining kerakli bo’limi bo’lib, rassom va dizaynerlarni tayyorlash jarayonida muhimdir. Tabiat benihoya jozibali va go’zaldir. Quyosh nuri va atrof muhit cheksiz turli ranglarni hosil qiladi. Manzara tasviriy san’atning eng hissiyotli janrlaridan biri hisoblanadi. Go’zal manzara asarlari o’zining nafosatli ta’siri bilan insonni ma’naviy boyitishga erishadi. Ona tabiat qo’ynida bo’lish ijodiy fikrlar tug’ilishi va ruhlanishni o’zgarmas manbai hisoblanadi. Ijodkor biror bir joyni tasvirlashda o’sha muhitni chuqur o’rganmay, taxlil etmay hayolan tasvirlasa bu ish soxta chiqib tomoshabinni o’ziga jalb eta olmaydi. Muntazam ijod etish rassomni nozik sezishga va tabiatni ma’lum holatini rangli va tusli xususiyatlarini to’laqonli yetkazishga o’rgatadi. Dala maydonida ijod qilish xona ichkarisidagi ishlash sharoitidan farqlanadi Kuchli yorug‘likni hosil qiluvchi yorug'likning ko‘pligi, reflekslarni turli-tumanligi, m anzara obyektlarini kuzatuvchidan yiroqligi, yoritilishning tezlik bilan almashuvi, yil fasli va ob- havoning turli holati — buning hammasi yosh rassomga yangi va odatlanmagan sharoitdir. Manzara etyudining muhim afzalligi — tabiatning ma’lum holatini, yoritilganligini, havoiy muhit ta’sirini ma’noli makonni yetkazishdir. Manzara tasvirini bunday sifatlariga rassom havo perspektiva qonuniyatlariga amal qilish, rang munosabatlari bilan ishlash usuli, umumiy tus va rang holatini to ‘g‘ri topish yordamida erishadi; Manzara obyektlari va narsalarni rang, och-to‘qligi va . to‘yinganIigi bo‘yicha taqqoslash, solishtirish, ularning (naturadagi farqlarini belgilash — bular etyudning rangli munosabatlarini to ‘g‘ri ifodalashda asos qilib olinadi. Manzara etyudini mahorath tasvirlash — demak uning rang munosabatlarini naturada ko‘rinayotganday o‘xshatib bajarishdir. Bunday talablar natyurm ortning rangli tasvirida ham asos bo'lgan. Manzara etyudining birinchi mashqlaridanoq n aturani xaqqoniy tasvirlash uchun rangning och-to‘qligi va to ‘yinganligi, rang m unosabatlarini aniq topish muhimligini tushunish kerak. Manzarani kuchli quyosh nuri bilan yoritilganlik darajasini rassom teng ravishda palitraning bo‘yoqlar doirasiga o‘tkazadi, so‘ngra tom oshabin etyuddagi ko‘rinishni absolyut yorqinlikda emas, balki naturaga teng ravishda etyuddagi rang m unosabatlarini o ‘rnatilganligi
tufayli qabul qiladi. Manzarada yoritilish darajasi kuch jihatdan ham, rang jihatdan ham juda tez o‘zgaruvchandir. U yil fasllariga qarab, bulutli havo, yorug‘lik nurlarini tushish burchagiga (ertalab, kunduzi, kechqurun) qarab o‘zgaradi. Kunning qoq peshindagi yoritilishni ertalabki va kechkiga qaraganda yuz barobar kuchlidir. Shuning uchun etyuddagi tus munosabatlari m a’lum tusli va rangdorlik darajasida saqlanib turishi kerak. Ayrim holatda rang munosabatlarini ifodalashda palitraning och va yorqin bo ‘yoqlari (quyoshli kun), boshqasida esa kam to‘yingan quyuq, qoramtir bo‘yoqlar qo‘llaniladi (bulutli kun). Shunday qilib etyud tasvirlashda yoritilish kuchi va umumiy tusni hisobga olish kerak. Bunga, avvalambor barcha narsalarni yorqinligi, ranglarni to‘yinganligi bo‘ysunishi zarur. Shuning uchun etyudni tasvirlashga kirishishdan oldin quyidagi masalani yechish zarur: naturaning etyudida ko‘proq yorqin, to‘q va to‘yingan dog‘lar rang va yorug‘lik kuchi jixatdanm qanday bo‘ladi. Shular atrofida etyudning barcha narsalari va obyektlari rang munosabatlarida qurilgan bo‘hshi kerak. K o‘zning m oslashuvi deb ataluvchi (yorug‘likka ko‘zning sezuvchanligining ko‘tarilishi va pasayishi) natura (tabiat) har xil yoritilishda turli taassurotlarni yuzaga kelirishi mumkin. Masalan, quyosh nurlarida kuzatilgan tabiat to'satdan bulutlar bilan qoplanganda barcha ranglar o‘zgarib to'qroq bo‘lib ko‘rinadi. Manzara etyudlarini bajarish jarayonida taqqoslash va munosabatlar bilan ishlayotganda naturani yaxlit ko‘rish kerak, aks holda naturaning tus va rang m unosabatlarini to‘g‘ri aniqlash va etyudning jozibador ko‘rinishiga erishish mum kin emas. Rangtasvir ishlash jarayonida manzara obyektlari va narsalarni yaxlit ko'rib turish muhim. Amaliy ishlash vag‘tida birinchi ko'rinishni yorq‘in ranglarda, keying ko‘rinishlarni esa xiraroq ishlash kerak. Faqat yaxht ko'rish orqali m anzaraning perspektiv o‘lcham larini, ularning turli ko‘rinishdagi rang m unosabatlarini to ‘g‘ri aniqlash hamda tasvirlashga erishish mumkin. Naturaning rang m unosabatlarini ifodalayotganda ranglar birdamligini ham nazarda tutish kerak, u esa yoritilish spektr tizim ini yaratadi. Ertalab naturada oltinsimon pushti bo‘yoqlar, kechqurun esa sariq zarg‘aldoq, bulutli kunda esa neytral kumushsimon ranglar ustun keladi. 0 ‘rmonda yashil issiq ranglar doim ustun turadi. Oydin kechada kulrang-xavorang va yashil ranglar kuzatiladi. Naturadan
ishlash jarayonida rassom rang munosabatlarini mutanosibligi, umumiy rang va tus holatining vazminligini kuzatib qolmay, rang koloriti va ranglar garmoniyasini yaxlitligiga erishishi kerak. Kolorit hissiyotining tomoshabinga ta’sir kuchi shunda nam oyon bo‘ladiki, kartinadagi narsalar, obyekt yoki voqea ma’lum yoritilish sharoitlarida kolorit holatini haqqoniy ifodalay olsa. "Kim men uchun haqiqiy kolorist hisoblanadi?" — deb D.Didro o ‘zi javob beradi: "Tabiat ranglarini to‘g‘ri yoritilganligini tasvirlay olib kartinada uyg‘unlikka erisha oigan rassomgina". Plener sharoitida munosabatlar bilan ishlash uslubi ko‘pchilik metodik adabiyotlarda muallif tom onidan yoki e’tiborga olinm aydi yoki aniq tushuncha berilm aydi, ko‘pincha umuman noto‘g‘ri "munosabatlar" tushunchasi deyilganda rang turlarini mutanosibsizligi, etyud va natura tomoshabin obrazida rang munosabatlarini farqlanishi aniq emasligi nazarda tutiladi. Rassomlar ko‘p asrlar oldin narsalarning ranglari muhit bilan, yoritilish sharoitlari bilan o ‘zgarishlarini bilishgan. Uyg‘onish davridan boshlab rassomlar rangtasvir haqida turli risolalar yozib, chiziqli va havoiy perspektiva qoidalari, naturaning ranglardagi ko'rinishida muxitni o‘rni (Leonardo da Vinchi, A. Dyurer, D. Konstebl, D. Reynolds) to ‘laqonli bayon etilgan. Shunday bo‘lsa ham bu rassomlar plenerli manzarani kashf etmaganlar. M a’lum bo‘lishicha plener rangtasviri XIX asrning ikkinchi yarmida rassomlar tasvirni tusli va rangli ko‘lamini saqlagan holda m unosabatlar usuli bilan ishlashni boshlagan vaqtda paydo bo‘lgan (V.D. Polenov, LI. Levitan, K.A. Korovin va boshqalar). Manzara rangtasviri bo‘yicha birinchi mashg‘ulotlar manzaraning asosiy obyektlari orasidagi ranglar farqini tasvirlashga qaratilgan qisqa vaqtli etyudlar bo‘lishi kerak (bino silueti, osmonning umumiy dog‘i, yer yuzining umumiy tekisligi, daryoning oynali yuzining bir xildagi rang dog‘i va hokazolar). "Etyudni tasvirlashda osmonga nisbatan suv va yer tusining munosabatlarini birdaniga inobatga olib tasvirlash kerak", — deb yozgan K.A. Korovin. LI. Levitan yosh rassomlarga maslahat beradi: "Biz hali manzaradagi yer, suv, osmonni umumlashtirish, bir-birini bog'lash ko‘nikmalarini to ‘laqonli egallamaganmiz: hammasi alohida, barobar esa yaxlit bo‘lib jaranglamaydi. Axir eng muhimi va murakkabligi — manzarada suv, yer va osmonning to ‘g‘ri rangli munosabatlariga
erishishdir". Misol tariqasida N .N . Ge "Bulutlar", "Dengizda quyosh botishi" va
A.E. Arxipovning "Shimoliy manzara" asarlarini ko‘rishimiz mumkin. Rassom N.N.Ge osmon, Suv va yer munosabatlarini, old ko‘rinishdan ichkari tomongacha ranglarning perspektiv o‘zgarishlarini nozik ifodalagan. A.E. Arxipovning etyudi esa betartib to ‘q rang surtmalari bilan osmon, yerning asosiy munosabatlari ko‘l bo'yidagi katta bo‘lmagan omborxona tasvirlangan. Bunday dastlabki bir seansli etyudlarda naturaning yirik rang munosabatlarini astoydil tasvirlashi talabani manzara etyudidagi rang tuzilishi, uning materiallik va fazoviy sifatlarini ham da tabiatdagi turli yoritilish holatlarini mahoratli yaratish malakalarini rivojlantiradi. Yoritilish holatini hisobga olib, umumiy ranglar m unosabatini qisqa vaqtli etyudda bajarish bo'yicha biroz tajribaga ega bo‘lgach ikki-uch seansga m o‘ljallangan mashqlarga o ‘tish mumkin. Uzoq vaqtli etyudlarni ishlash jarayonida ham dastlab asosiy rang munosabatlarida (asosiy dog‘lar), yaxlit surtmalarni qo‘llash, so‘ng old, o‘rta ko‘rinishdagi m ayda-bo‘laklarni bajarishga o ‘tiladi va hokazo. Tajribasiz rassom uzoqda joylashgan (100—300 m) ko‘katlar rangini xuddi oldida turgandek ko‘radi. Vaholanki, yiroqdagi rang mutlaqo boshqacha ko‘rinadi; yashilning nozik ranglari va uning to ‘yinganligi uzoqlashish ta’sirida albatta o‘zgaradi. Tajribasiz rassomlarning asosiy kamchiligi: ishni yaxlit ko‘rmaslik, mayda shakllarni tasvirlash bilan chalg‘ib ishni samarali yakunlay olmaydilar. Tabiatdagi narsalarning ranglari yoritilish kuchi va spektr birikmalariga bog‘liq (kunduzi, kechqurun, quyoshli kunda, bulutli ob-havoda) holda o ‘zgaradi. M asalan, kechqurun quyosh botish vaqtida qayin tanasi zarg‘aldoq qizil tusda ko‘rinadi. Shunday bo‘lsa ham tajribasiz rassom qayin tanasini oq rangda tasavvur etadi. Manzarani rangli tasvirlash jarayonida narsalarning predmetlik ranglarini yoddan chiqarish ko‘nikmasiga erishish (shaxsiy rangini), yorug‘lik ta'siri va uzoqlashgandagi ranglarni sezish m ahoratini rivojlantirish zarur. Ayniqsa, ta’lim ning boshlang‘ich davridla plenerdagi rangtasvir bo‘yicha vazifa va mashqlar huddi shunga
bag‘ishlangan bolishi kerak. Manzara rangtasvirini boshlang‘ich davr dasturini juda yahshi o‘zlashtirish uchun quyidagi mavzulardagi vazifalarni bajarish kerak;
plener ochiq havo sharoitida naturani yaxlit idrok etish va rangdorlik munosabatlari bilan ishlash usuli;
asosiy rangdorlik munosabatlarini qabul qilish va tasvirlash;
umumiy tus va rangdorlik holati;
manzara obyektlarini kolorit yaxlitligi va yoritilishrangi;
manzaraning mayda bo‘laklarini tasviri;
manzarada kenglik.
Xaqqoniy tasvirlash etyudning rangdorlik qatorining qurilishiga, naturaning rang munosabatlari mutanosibligiga asoslanadi. Rang m unosabatlarini aniqlanishi bir vaqtning o‘zida manzara obyektlarini yaxlit taqqoslashda amalga oshiriladi. Shuning uchun plenerda ishlashdan oldin yetiborni mavjud ko‘rinishning hammasini yaxlit idrok etishga yo‘naltirish muhim. Faqat shunday yaxlit ko‘rish manzaraning asosiy obyektlari (osmon, yer, suv, old va uzoqdagi ko'rinishlari) orasidagi ranglar farqini aniqlashga imkoniyat tug'diradi. Manzaraning (osmon, yer, daryo va h.k) barcha obyektlarini ishlash vaqtida birdaniga yahlit ko‘rish qiyin. M anzaraning barcha obyektlarini yaxlit idrok qilish uchun ancha kengroq ko‘rish maydonini talab qiladi. Naturani yaxlit qabul qilishda yordam beradigan mashqlarga intererdagi natyurm ortni bajarish, keyin esa, ayvonda yoki ochiq deraza tokchasida turgan gular dastasini tasvirlashni maslahat beramiz. M ashqlarni bajarishda natyurm ort, interer, gullar dastasi, deraza pardasi, deraza orqasidagi shahar ko'rinishlarini ham birdaniga idrok qilib ko‘rish juda muhim. Har qanday tasvir mayda qismlardan emas, yahlitlikdan boshlanadi. Dastlab katta umumiy shakl topiladi, keyin esa mayda bo‘laklari ishlanadi. Shu munosabat bilan tasvirlash jarayoni qoidasi mavjud: umumiydan-mayda bo'laklarga va yana umumlashtirishga. Manzara etyudini ishlash yahlit asosiy m unosabatlarni qurishdan manzaraning asosiy obyektlari (osmon, yer, suv, old, o‘rta va olisdagi ko‘rinishlari bilan) orasidagi rang farqlaridan boshlanadi. Manzaraning obyektlaridagi asosiy munosabatlarning to‘g‘ri olinishi keyingi rang qurilishi, mayda bo‘laklarni tasvirlashda ishni osonlashtiradi. Agarda asosiy rang
munosabatlari noto‘g‘ri topilgan bo'lsa, reflekslar va ranglardagi nozik farqlar, mayda qismlarni qanchalik sinchiklab (astoydil) bajarilmasin, mazmunli tasvir hosil bo‘lmaydi. Plenerda boshlang‘ich ishlar jarayonida kichik etyudlar (15 x l0 sm ) bajarish zarur. Qo‘yilmadagi keskin kon trastlar (tusli va rangdorlik) ko‘rish taassurotlari bo‘yicha taqqoslanadi. Birinchi navbatda old ko‘rinish munosabatlari olisdagiga nisbatan aniqlashtirUadi. Qoida bo‘yicha kichik o'lchamdagi etyudlarda maydalangan qismlarni idrok etish mumkin emas. Yosh rassom naturani aynan "ko‘chirmasdan", balki yaxlit rang munosabatlarida tasvirlaydi. Tus va rang munosabatlari metodi bilan etyudni bajarish aslida naturadagi och-to‘qlik, intensive va to‘q rang dog‘larni aniqlashdan boshlanadi. Ular oraliqdagi tus va rang dog‘larini kuchi jihatdan taqqoslanadi. Manzarada, masalan, quyosh nuri bilan yoritilgan yashil yalanglik eng yorug‘ va rang bo‘yicha yorqin bo‘lishi, to‘q tusda esa old ko‘rinish. Manzaraning umum iy rang m unosabatlarini toppish maqsadida talaba vazifani yetarli darajada savodli uddalay olmasa qisqa vaqtli etyudlarni ko‘p marta takrorlash zarur. Dastlab tasvirlash uchun uncha murakkab bolm agan yopiq kenglikli syujetlar (masalan, qisman hovlili uyni va h.k.), obyektlar bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Keyin vazifani biroz murakkablashtirib, bir nechta ko‘rinishga (old, o‘rta va uzoq) ega bo‘lgan ochiq kenglikdagi m anzarani tanlash zarur. Bu etyudlarda esa e’tiborni havoyi perspektivaga, osmon rangi, manzaraning barcha obyektlarini nozik farqlari bo‘yicha och-to‘qligi va to ‘yingan ranglarining o‘zgarishlafiga qaratish kerak. U larni baravar idrok qilishda m anzarani barcha ko‘rinishlarini taqqoslash yo‘li bilan sezish mumkin. Masalan, old ko‘rinishdagi daryo qirg‘og‘ini ikkinchi va yiroqdagi ko‘rinishlari bilan bir vaqt o‘zida osmonning suvdagi aksi bilan ham qiyoslanadi. Etyudning rangdor m unosabatlari yaxlit belgilanmaguncha uning bir qismini tugatish mumkin emas. Har bir etyud 30 daqiqadan 1 soatgacha davom etadi. Yoritilishning umumiy va rangli holati Manzara etyudida yechiladigan m uhim vazifa — turli ob-havoda, kunning istagan vaqtini, yoritilgan holatini tasvirlashdir. Professional tilda buni umumiy tus va rang holatini ko‘rsatishga aytiladi. Xoxlagan etyudning rang qatori faqat narsalarning ranglaridagi tus va rang m unosabatlariga mos bolm asligi kerak. Etyudning rang farqlari, albatta,
naturaning yoritilgan holatini hisobga olib qurilishi zarur. Bulutli kunda ko'katlar rangi ancha quyuq (qoramtir) va kam to'yingan bo'Iadi. Qosh qorayganda hamma narsalar to‘qlashadi, qizil, zarg‘aldoq va sariq ranglar to ‘yinganligi jihatidan xiralashadi, yashil bilan zangori rang esa faollashadi. Shuning uchun bunday holatlarni hisobga olmasdan manzarani tasvirlab bo‘lmaydi. Kunning istalgan vaqtida yoki turli ob-havo sharoitida tasvirlangan etyudlar, umumiy tus va rang jixatdan bir-biridan farq qilishi lozim. "Manzarada — deydi R. Falk, — asosiysi havoyi muhitning rangli holatidir". Manzara ko‘rinishlarini yuqori yoki past darajada yoritilgan holatini tasvirlash uchun to'liq diapazonli ochto ‘q, yorqin va qoram tir bo‘yoqlardan rassom har doim ham foydalana olmaydi. Ishni boshlashdan oldin rassom etyudda naturaning eng yorqin va intensiv qismlarini qanchalik yorug‘ va rang kuchlariga ega ekanligini aniqlaydi. Quyoshli kunda etyud bajarishda palitradagi yorqin va jozibali diapazonini to‘liq ishlatadi. Kechqurin yoki bulutli kunda etyuddagi rang munosabatlari to‘qroq va kam to‘yingan bo‘yoqlar bilan ifodalanadi. Rangtasvirchi shunday qilib tus va rang ko‘lamini saqlab qoladi. M asalan, I. Repinning "Kursk guberniyasida cherkov namoyishi" kartinasida ranglar nihoyatda jozibali. U asarda quyosh nurini sezdira oigan, lining "Targ‘ibotchining hibsga olinishi" kartinasi qoram tir va quyuq bo‘yoqlar bilan tasvirlangan. Manzara etyudining yoritilishi holatini puxta o‘rganish uchun bulutli, quyoshli kunda, yoz va qishda aynan bir mavzuni tasvirlash juda foydali. Qator bajarilgan etyudlarni solishtirib, manzaraning turli holatini jozibali xususiyatlarini sezish mumkin: barcha etyudlarda eng yorqin va ravshan dog‘lar palitraning yorqin to ‘yingan b o ‘yoqlarida tasvirlangan.
Etyud bajarish vaqtida rassom yorqin ranglarda kiyingan b o‘lsa palitra va kartina tekisligiga kuchli reflekslar tushishi aniq. Kuchli quyoshli yoritilishda bu ranglar, reflekslar palitradagi b o ‘yoqlarni to ‘g‘ri qabul qilishni qiyinlashtiradi va etyudning rangli gammasini o‘zgartirib yuboradi. Bunday holatda etyud kiyim rangiga qo‘shimcha umumiy rangni orttiradi va albatta, naturani haqqoniy tasvirlashga xalaqit beradi. Shu sababli etyudlarni daraxt soyasi yoki devor yonida tasvirlash mumkin emas, chunki palitraga, qog‘oz yoki matoga osmonning ko‘kimtir yoki
daraxt yaproqlaridan yashil ranglar tushib ishni o‘zgartirib yuboradi. Quyoshli kunda etyudni soyabon tagida bajarish lozim . Mato va palitraga quyosh nurlari tushmasligi kerak.
Oq nur bilan yoritilgan qizil buyum quyosh nurining qisqa to'lqinli qismini o ‘ziga yutadi, o ‘zi aks ettirgan qizil rangga tegishli to ‘lqinlar bundan mustasno. Qizil yorug‘lik bilan yoritilgan qizil buyum, intensiv qizil bo‘lib qabul qilinadi. Bu narsa qizildan tashqari,boshg‘a rang bilan yoritilsa, xira-zarg‘aldoq, jigarrang yoki qoramtir bo‘lib qabul q ilinadi. Kumushsimon rangdagi manzarani (ayniqsa zangori rangdagini) sovuq tusdagi yoritilishda nam oyish qilish mumkin. Impressionistlarning nozik-zangori ranglari bunday yoritilishda ancha to ‘qroq va neytral b o‘lib ko'rinadi.
Etyudda rang va tus munosabatlari masalasini aniqlashdatayanch bo‘lib xizmat g‘iluvchi dastlabki m oybo‘yoq variantlari yoki akvarel bo'yoqlari aralashmasi yordam berishi mumkin. Manzaraning asosiy obyektlariga ma’lum tus va rang munosabatlariga mos bo‘yoqlar aralashmasini palitrada tayyorlab olinadi. Bu esa o‘z navbatida etyudda umumiy yaxlit koloritning oson topilishiga zamin hozirlaydi. N
.N.Volkov naturadan katta o‘lchamdagi qog'ozga etyudni akvarel bo‘yoqlari bilan bajarish tajribasini quyidagicha yozadi: "Men tutunsimon sariq uzuq-yuluq osm onni va quyuq to‘q yashil suvni tasvirladim. Asosiy masala uchta rangni tanlab olish: suv, narsalar va osmon. Tanlov kuchli uchlikni yaratsa-yutuq. Tanlangan uchlikka bo‘yoqlarni kosachalarda g‘amlash kerak. Bo'yoqni biroz ko‘proq‘ tayyorlash zarar qilmaydi. Chunki qayta tayyorlangan bo‘yoq xuddi o‘ziday bo‘lmaydi". LE.Repinning o ‘quvchisi M.N.Toidze ustozini libossiz qiyofasi etyudini ishlashi haqida o ‘zining hotiralarida shunday yozadi: "U birdaniga asosiy to ‘q tusda ishni boshlardi: "Bo‘yoq bilan emas, balki gavdani "dog‘chalar" bilan tasvirlash zarur deb uqtirardi". Uning palitrasida o'rtacha quyuqlikdagi asosiy qorishma yarim tus bo‘lardi. Zaruriyat tug‘ilishi bilan unga goh qizilni, goh boshqa b o‘yoqlarni aralashtirib ishni davom ettirar edi". K.A.Korovin ham asosiy ranglarni palitrada oldindan aralashtirib so‘ng ularni matoga o‘tkazardi. "Ishni eng toza to‘q Joylaridan boshlashni yahshi ko‘raman", — derdi u. Bu esa ishchda oq rangni ko‘p ishlatishga
yo‘l qo'ymaydi. Korovin ustaxonasida o'quvchilari baxmal matoda yalang‘och modelni tasvirlash mashg‘ulotlarida qatnashgan B.V.loganson shunday eslaydi: palitrada qora bahmal tusini qoraroq qilib tayyorlagan: toza holatda berlin lazuri, to‘q kraplak va hind sariq bo‘yog‘iga o‘xshash tiniq bo‘yoq lok ular tarkibiga kiradi. Keyin esa palitrani o‘zida u qora barxatni atrofidagi barcha tuslarni topayotib turh materialni soyadagi qismlarini va sochning soya bo‘lagini topganki u kamerton kabi rang palitrasida jamlangan…”
|
| |